calendar 25 Nov 10:32
eye 14
comments 0
comments Manba: qalampir

Navoiy mamlakatning namunaviy hududiga aylantiriladi

image
image

Bugun, 25 noyabr kuni Xalq deputatlari Navoiy viloyat kengashi sessiyasida ishtirok etayotgan Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatini respublikaning namunaviy hududiga aylantirish bo'yicha yangi tashabbuslarni ilgari surdi.

Birinchi tashabbus – viloyat elektr energiyasini tejash bo'yicha namuna bo'ladi.

Buning uchun barcha tashkilotlarga 100 foiz quyosh panellari o'rnatiladi. Barcha suv nasoslarini samarali ishlatish tizimi yo'lga qo'yiladi.

Ikkinchi tashabbus – "Yashil makon" loyihasini amalga oshirishda viloyat namunaviy hududga aylantiriladi. Buning uchun:

•    barcha fermerlar tomonidan dala chetlariga tut va uzum ekish tizimi yo'lga qo'yiladi;

•    viloyatning 330 mahallasi va xonadonlarda rayhon va yalpiz ekish, qayta ishlash va sotish namunaviy tizimi yaratiladi.

Ushbu tashabbusni amalga oshirish uchun barcha sharoitlar yaratilib, alohida imtiyoz va preferentsiyalar joriy qilinadi.

Uchinchi tashabbus – yaylovlarni ishga solish orqali echkichilik va qo'ychilikni keskin rivojlantirish.

Viloyatga 200-300 ming bosh echki va qo'y olib kelinadi va alohida dastur ishlab chiqiladi.

To'rtinchi tashabbus – viloyatda infratuzilma obʻyektlari qurilishida resurslarni 30 foizgacha tejash namunasi.

Ushbu tashabbusni amalga oshirishga, korruptsiyasiz shaffof tizim yaratishga  viloyat prokurori masʻul bo'ladi. Sektor rahbarlari bu tizimni ishlatadi.

Yangi hokim va barcha sektor rahbarlariga ushbu tashabbuslarni amalga oshirish orqali bir yil davomida viloyatni ishsizlik va kambag'allik to'liq bartaraf etilgan hududga aylantirish yuzasidan topshiriqlar berdi.

Yig'ilish yakunida davlat rahbari Navoiy ahliga ezgu tilaklarini bildirib, barchaga yangi muvaffaqiyatlar tiladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

30 Jan 05:01
 
40
0
xs.uz

Joylarda ekologik vaziyatni yaxshilash boʻyicha har bir tuman va shaharning “master-reja”si ishlab chiqiladi

Atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologiya va iqlim oʻzgarishi vazirligiga hokimlar va tarmoq rahbarlari bilan birga:' joylarda ekologik vaziyatni yaxshilash boʻyicha har bir tuman va shaharning 'master-reja'sini ishlab chiqish;' yil yakunida hudud va tarmoqlarning ekologik reytingi va ekologik pasportini eʼlon qilib borish topshirildi. Natijalari boʻyicha hokimlar aholiga murojaat qilishi belgilandi.

30 Jan 18:01
 
47
0
xs.uz

Fargʻona viloyati delegatsiyasi Xitoyda 2,6 milliard dollarlik investitsiyaviy kelishuvga erishdi

Uchrashuvlar doirasida Xubey provinsiyasi markazi ' Uxan shahrida Fargʻona-Uxan savdo-iqtisodiy forumi ham tashkil etildi. Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Fargʻona viloyat hududiy boshqarmasi va Xitoy Xalqaro savdoni rivojlantirish qoʻmitasi Uxan filiali koʻmagida oʻtkazilgan forumda ikki hudud rasmiylari hamda tadbirkorlik subyektlari rahbarlari qatnashdi.Forumning ochilish marosimida Fargʻona viloyati hokimi oʻrinbosari Nuriddin Mamajonov Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ha

02 Feb 21:04
 
42
0
qalampir.uz

Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari o‘zgardi 

north_east O‘zbekistonda Rossiya propagandasiga xizmat qiladigan kanallarni cheklash taklif qilindi Minhojiddin Mirzajanovich Hojimatov Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari lavozimidan ozod qilindi. U 2019 yilda O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazining rahbari etib tayinlangandi.  Ma’lumot uchun, shoir va jurnalist Minhojiddin Hojimatov 1965 yilda tug‘ilgan, 1990 yilda Toshkent

13 Feb 22:02
 
23
0
xs.uz

Vatanni sev tuprogʻini oʻp, har qarichi muqaddas bizga!

Respublika harbiy prokuraturasi, Janubi-Gʻarbiy maxsus harbiy okrug qoʻmondonligi, tuman hokimligi hamda boshqa mutasaddi idoralar hamkorligida tashkil etilgan tadbir harbiy texnikalar, qurol-yarogʻlar koʻrgazmasi bilan boshlandi. Ishtirokchilar mamlakatimiz Qurolli Kuchlarida foydalanilayotgan zamonaviy texnologiyalar, qurol-aslahalar, ularning imkoniyatlari bilan tanishishdi.Shundan soʻng sportsevar yoshlar ishtirokida sportning koʻplab turlari boʻyicha musobaqalar tashkil etildi. Qizg