calendar 25 Nov 09:31
eye 22
comments 0
comments Manba: qalampir

Gulistonda maktabdan qaytayotgan 2-sinf o'quvchisini tok urdi

image
image

Sirdaryoda viloyati Guliston tumanida maktabdan qaytayotgan 2-sinf o'quvchisini transformatorda tok urdi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar tarqaldi. 

Qayd etilishicha, tumanning 14-sonli umumiy o'rta taʻlim maktabi 2-sinf o'quvchisi Husan Abdurahmonov tok urishi oqibatida tan jarohatlari olgan va tuman tibbiyot birlashmasiga yetkazilgan. 

Guliston tumani Xalq taʻlimi bo'limining maʻlum qilishicha, holat joriy yilning 23 noyabr kuni sodir bo'lgan. 

"Guliston tumani 14-umumiy o'rta taʻlim maktabining 2-"B" sinf o'quvchilariga reja bo'yicha 5 soat dars o'tilishi kerak bo'lgan. Jismoniy tarbiya fani o'qituvchilari uchun bo'lib o'tayotgan malaka (amaliy) sinovlarda ishtirok etayotganligi sababli ushbu kungi darslar ixchamlashtirilib, sinf rahbar Sohiba Imomova tomonidan darslar o'tib bo'lingach, o'quvchilarga uylariga ketishi uchun javob berilgan. 

Darsi tugagandan so'ng 2-"B" sinfning barcha o'quvchilari kabi Hasan va Husan Abdurahmonov uyga yo'l olishgan. Yo'lda Hasan va Husan Abdurahmonovlar maktab hududining tashqarisida joylashgan elektr transformator ostiga kirib qolgan kuchukni ko'rib qolishgan. Transformator poydevor qismining ochiq joyidan Husan Abdurahmanov qo'lini kirgazib, kuchukni olmoqchi bo'lgan vaqtda elektr toki urishi oqibatida bosh, qorin, qo'l va oyoq qismidan tan jarohati olgan", deyiladi Xalq taʻlimi bo'limi xabarida.

Taʻkidlanishicha, voqea joyiga maktab o'qituvchisi Furqat Abilov va hamshira Muhabbat Rahimova yetib borib, bolaga birinchi tibbiy yordam ko'rsatilgan. O'sha zahotiyoq oilasiga xabar berilib, o'quvchi tuman tibbiyot birlashmasiga olib borilgan. 

"Hozirgi vaqtda tuman tibbiyot birlashmasi shifokorlari tomonidan muolajalar olib borilmoqda", deyiladi XTB maʻlumotida


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Mar 02:05
 
37
0
xs.uz

Mahallasida birorta ishsiz qolmagan rais Qashqadaryoning “Eng namunali mahalla raisi” boʻldi

Jahongir Boymurodov/'Xalq soʻzi'. Qashqadaryo viloyat musiqali-drama teatrida 'Eng namunali mahalla raisi' tanlovining viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi.Maʼlumki, mamlakatimizda bu yil ilk marotaba 'Eng namunali mahalla raisi' tanlovi oʻtkazilmoqda. Uning Qashqadaryo viloyati bosqichida 16 nafar nomzod gʻoliblik uchun bellashdi. Bu bosqichda ishtirokchilar uchta shart ' amalga oshirilgan ishlar taqdimoti, sohaga oid qonun hujjatlari boʻyicha savol-javoblar hamda muammoli vaziyatlarga yechim t

07 Mar 20:11
 
41
0
qalampir.uz

Toshkent metrosining yangi ikkita bekati ishga tushadi

Toshkent metrosining yangi ikkita bekati – “Turon” va “Qipchoq” yo‘lovchilar uchun xizmat ko‘rsatishni boshlaydi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK axborot xizmati xabar berdi.  Qayd etilishicha, Toshkent metrosining Yerusti halqa yo‘lining II bosqichi doirasidagi Quruvchilar dahasidan Sergeli mavzesiga qadar qurilayotgan ikkita yangi metro bekatlarida (“Turon” va “Qipchoq”) qurilish ishlari o‘z yakuniga yetkaz

14 Mar 07:22
 
30
0
xs.uz

Har bir maktabda vatanparvarlik sinflari tashkil etiladi

Maktablarda 'Yosh gvardiyachilar' vatanparvarlik sinflari tashkil etiladi. Shu kunga qadar Milliy gvardiya tasarrufida har bir viloyatda 4 tadan maktablarda jami 56 ta maktablarda 265 ta 'Yosh gvardiyachilar' vatanparvarlik sinflari mavjud edi.Endilikda har bir maktabda bittadan 'Yosh gvardiyachilar' vatanparvarlik sinflari tashkil etiladi. Bu ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda ' 2024-2025-oʻquv yilida 2 530 ta, ikkinchi bosqichda ' 2025-2026-oʻquv yilida 2 536 ta maktabda ha

11 Apr 13:59
 
19
0
qalampir.uz

Prezident O‘zbekiston xalqini Ramazon hayiti bilan tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqina Ramazon hayiti bilan tabrikladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.  “Avvalo, muqaddas dinimiz buyurgan ibodat va amallarni muborak Ramazon oyida chin dildan, ixlos bilan ado etib, bugun hayit ayyomini katta shodu xurramlik bilan kutib olayotgan siz, azizlarni, yurtimizdagi jamiki mo‘min-musulmonlar, butun xalqimizni samimiy tabriklab, barchangizga o‘zimning yuksak ehtiromim va eng ezgu tilaklarimni izhor et