Davron Fayziyev JCh–2022da qaysi jamoa chempion bo'lishini taxmin qildi

image

Taniqli futbol sharhlovchisi Davron Fayziyev Qatar mezbonlik qilayotgan futbol bo'yicha Jahon chempionatida qaysi termaning imkoniyatini yuqoriroq baholashini aytib o'tdi.

"Bir qancha o'yinlarni ko'rishga ulgurdik va bu holat ham taxminlarga taʻsir qilishi mumkin. Angliya va Ispaniya zo'r o'yin ko'rsatdi, lekin avval ham bir qancha resurslarda aytgandim: Braziliya kuchliroq ko'rinyapti", deydi Fayziyev.

Maʻlumot uchun, sharhlovchi 2018 yilda Rossiya mezbonligida o'tgan mundialda Frantsiya termasining chempion bo'lishini aytgandi va yakunda frantsuzlar jahon kubogiga ega chiqishdi.

Eslatib o'tamiz, kecha besh karra jahon chempionlari Qatar mundialida ilk o'yinini o'tkazib, Serbiyani ishonchli hisobda mag'lub etdi.