Luvrdagi Oʻzbekiston koʻrgazmasini tomosha qilish uchun turnaqator navbat yuzaga keldi

Parijdagi Luvr muzeyida Oʻzbekiston va Fransiya prezidentlari ochib bergan “Oʻzbekiston vohalarining moʻjizalari. Karvon yoʻllari chorrahasida” koʻrgazmasi Yevropa jamoatchiligi orasida katta qiziqish uygʻotdi. Shu kunlarda Oʻzbekiston tarixi va madaniy hayoti aks etgan eksponatlarni koʻrish uchun muzeyda katta navbat hosil boʻlgan.