calendar 24 Nov 11:31
eye 21
comments 0
comments Manba: qalampir

Mirziyoyev 5 mamlakat elchisidan Ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi

image
image

Bugun, 24 noyabr kuni xorijiy davlatlarning O'zbekistonga yangi tayinlangan elchilari tomonidan Prezident Shavkat Mirziyoyevga ishonch yorliqlarini topshirish tantanali marosimi bo'lib o'tdi. 

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi elchisi Kim Xi Sang, Qirg'iz Respublikasi elchisi Musa Jamanbayev, Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi elchisi Bumediyen Gennad, Qozog'iston Respublikasi elchisi Beybut Atamkulov, Amerika Qo'shma Shtatlari elchisi Jonatan Xenikdan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi.

Prezident yangi tayinlangan elchilarni samimiy qutlab, O'zbekistonda diplomatik missiyasini boshlagani bilan tabrikladi.

Tadbirda jahonda kechayotgan murakkab geosiyosiy vaziyatda O'zbekiston o'zaro ishonch va hurmat, manfaatli hamkorlikka asoslangan vazmin tashqi siyosat yuritib, barcha davlatlar bilan ikki va ko'p tomonlama sheriklikni mustahkamlab kelayotgani, Markaziy va Janubiy Osiyo, Evropa va Amerika davlatlari, arab-musulmon mamlakatlari bilan aloqalar yangi bosqichga chiqqani aytilgan.

"Biz kelgusi 10 yilda mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti hajmini ikki barobarga oshirishni maqsad qilib qo'yganmiz. Buning uchun bizda xohish-iroda ham, intilish va imkoniyatlar ham yetarli. Bunday ulug'vor marralarga erishish uchun sarmoyalar hajmini kelgusi 5 yilda 120 milliard dollarga yetkazish, jumladan, kamida 70 milliard dollar xorijiy investitsiyalar jalb etishni hisob-kitob qilganmiz. Mamlakatimiz eshiklari jahon uchun, dunyo bozorlari esa yurtimiz uchun ochiq bo'lishi kerak", deydi Prezident Mirziyoyev.

Davlat rahbari yangi elchilar vakillari bo'lgan davlatlar bilan har tomonlama va uzoq muddatli hamkorlikning istiqbollariga alohida to'xtalib o'tgan.

Marosim yakunida O'zbekiston Prezidenti elchilarning masʻuliyatli va sharafli faoliyatiga katta muvaffaqiyatlar tilagan. O'zbekiston bilan hamkorlikni mustahkamlash, hali ishga solinmagan salohiyatni ro'yobga chiqarish, yangi "o'sish nuqtalari"ni topish borasida faol va tashabbuskor bo'lishga chaqirgan. 

Elchilar samimiy qabul va samarali faoliyatiga yaratilgan sharoitlar uchun minnatdorlik bildirib, ikki tomonlama aloqalarni yanada rivojlantirishga bor bilim va kuch-g'ayratini yo'naltirishini qayd etgan. 


Doʻstlaringiz bilan ulashing

07 Mar 22:43
 
44
0
qalampir.uz

Rasman: bugundan Shvetsiya NATOga a’zo bo‘ldi

Shvetsiya 7 mart kuni rasman NATOga qo‘shildi va alyansning 32-a’zosiga aylandi. Bu haqda Oq uy bergan bayonotda ma’lum qilindi. 5 mart, seshanba kuni ertalab Vengriya Prezidenti Tamash Shuyok Shvetsiyaning NATOga a’zoligini ratifikatsiya qilish bo‘yicha hujjatni imzoladi. Shunday qilib, Vengriya Shvetsiyaning ittifoqqa qo‘shilishiga to‘sqinlik qilib, nihoyat rozi bo‘lgan NATOning so‘nggi a’zo davlati bo‘ldi. Oq uy Shvetsiyaning alyansga kirishi AQSH va uning ittifoqc

11 Apr 13:56
 
31
0
qalampir.uz

Isroil hujumida HAMAS yetakchisining uch o‘g‘li halok bo‘ldi

HAMAS harakatining siyosiy qanoti yetakchisi Ismoil Xoniyaning uch o‘g‘li Isroilning G‘azo sektoriga bergan zarbasi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda “Al Jazeera” xabar berdi.   Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, zarba G‘azo yaqinidagi Ash-Shati qochoqlar lageriga berilgan. Zarba Isroil harbiylari tomonidan amalga oshirilgan. SAXAL bu ma’lumotga izoh bermadi. Xoniya Ramazon hayiti bayramida qochqinlar lageriga qarindoshlarinikiga borishi chog‘ida uning uch

11 Apr 13:56
 
28
0
qalampir.uz

Germaniya Isroilga qurol sotgani uchun genotsidda ayblanmoqda 

Nikaragua BMTning oliy sudidan Germaniyada ishlab chiqarilgan qurollarni Isroilga sotishni to‘xtatishni so‘radi. Ish qonuniy pretsedentga aylanishi mumkin. Bu haqda BBC xabar berdi. Berlin Isroilga harbiy texnika jo‘natib, genotsidning oldini olish bo‘yicha BMT konvensiyalarini buzganlikda va BMT yordam agentligiga ajratiladigan mablag‘ni to‘xtatganlikda ayblanmoqda. 2023 yilda Isroil uchun umumiy qiymati 300 million yevroga teng harbiy texnika xaridining 30 foizi Germaniyadan

07 Mar 20:08
 
33
0
qalampir.uz

Gaitida vaziyat jiddiy. Jinoiy to‘dalar politsiya akademiyasiga hujum qildi

Kecha, 5 mart kuni Gaiti Bosh vaziri Ariel Anriga qarshi urush e’lon qilgan jinoiy to‘dalar mamlakat politsiya akademiyasi va asosiy aeroportiga hujum qildi. Anrining chet el safaridan qaytayotgan samolyoti qo‘shni Puerto-Riko oroliga qo‘ndi. Bu haqda BBC xabar berdi. 9 ta jinoiy guruh konglomerati rahbari, “Barbekyu” laqabli sobiq politsiyachi Jimmi Sherize agar Bosh vazir hokimiyatdan ketmasa, mamlakatda urush boshlanishini aytdi. 5 mart kuni erta tongda to‘dalar Ga