Shaxmatchilar sharafiga vaucherlar ishlab chiqildi

image

Ijtimoiy tarmoqlarda shaxmat bo'yicha Jahon Olimpiadasi g'oliblari Nodirbek Abdusattorov, Nodirbek Yoqubboyev, Jahongir Vohidov va Islombek Sindorovning surati aks etgan vaucherlarning surati tarqaldi. 

Maʻlum bo'lishicha, ushbu vaucherlar Navoiyda ishlab chiqarilgan. Bu shahardagi xususiy maktablardan birida o'quvchilarni fanga qiziqtirish uchun tatbiq qilingan. Darslarda faol bo'lgan o'quvchilarga ushbu vaucherlar taqdim qilinadi.

Eslatib o'tamiz, hozirgi vaqtda yuqorida nomi keltitrilgan shaxmatchilar Isroilning Quddus shahrida FIDE jamoalari o'rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etmoqda.