Shaxmat. O'zbekiston JChning yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi

image

Ayni kunlarda Isroilning Quddus shahrida shaxmat bo'yicha FIDE jamoalari o'rtasida Jahon chempionati bahslari bo'lib o'tmoqda. Musobaqada chorak final o'yinlari ortda qoldi.

Jahonning eng sara 12 ta jamoasi ishtirok etayotgan turnirda O'zbekiston jamoasi o'z guruhida 12 ochko jamg'arib, yetakchi bo'lgandi. 5-turda Polsha vakillaridan ustun kelgan o'zbekistonlik shaxmat ustalari, pley-offda ukrainalik raqiblaridan ustun keldi.

Birinchi davrada o'zbekistonlik shaxmatchilar Ukraina jamoasini 3:1, ikkinchi davrada 2½:1½ hisobida mag'lub etdi.

Eslatib o'tamiz, Jahon chempionati 26 noyabrga qadar davom etadi.