Oʻzbekiston 10 oyda 45,6 ming tonna xurmo eksport qilgan

Illustrativ foto

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-oktyabr oylarida Oʻzbekiston qiymati 27,3 mln. AQSH dollariga teng 45,6 ming tonna xurmo eksport qilgan.

Xurmo eksporti 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 7,5 ming tonnaga oshgan.

2022-yilning 10 oyida Oʻzbekiston eng koʻp xurmo eksport qilgan davlatlar:

Rossiya – 26,2 ming tonna;

Qozogʻiston – 15,3 ming tonna;

Qirgʻiz R. – 2 ming tonna;

Turkmaniston – 1,3 ming tonna;

Belarus R. – 776 tonna;

Polsha – 43 tonna.