Oʻzbekiston va Yaponiya madaniy merosni saqlash loyihasini amalga oshirmoqda

Joriy yilning 15-noyabr kuni Yaponiya hukumati bilan qiymati 400 ming dollarga yaqin boʻlgan “Oʻzbekiston Respublikasida Buyuk Ipak Yoʻli madaniy merosi arxivlarini saqlash va raqamlashtirish” loyihasi boʻyicha Almashuv notasi va Grant bitimini imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.