Putin talabalar uchun safarbarlik chaqiruvini kechiktirdi

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin taʻlimning kunduzgi va sirtqi bo'limlarida o'qiyotgan talabalarni safarbarlikka chaqirishni kechiktirish to'g'risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.

Hujjatga ko'ra, o'rta maxsus yoki oliy maʻlumotni davlat taʻlim va ilmiy tashkilotlarida birinchi marta olayotgan shaxslarga kechiktirish beriladi. Kechikish faqat birinchi marta oliy maʻlumot oladiganlar uchun amal qiladi.

Avvalroq, qisman safarbarlik bo'yicha ishonch telefonida faqat kunduzgi taʻlim bo'yicha o'qiyotgan talabalarga kechiktirish berilishi, qolgan talabalarning bunga haqli emasligi aytilgan edi.

Maʻlumot o'rnida, harbiy ro'yxatga olish va ro'yxatga olish bo'limlariga, birinchi navbatda, harbiy harakatlarda qatnashish tajribasiga ega, xizmat qilgan va harbiy mutaxassislikka ega bo'lganlar chaqiriladi.

Kechikish mudofaa komplekslari xodimlari, aloqa va media operatorlari, shuningdek, IT-mutaxassislariga beriladi.

Eslatib o'tamiz, 21 sentyabr kuni Prezident Vladimir Putin Rossiyada qisman safarbarlik to'g'risidagi farmonni imzoladi, unga ko'ra birinchi bosqichda 300 ming Rossiya fuqarosi frontga yuboriladi. Shuningdek, Rossiya oxirgi 10 yilda fuqarolikka qabul qilingan markaziy osiyoliklarni ham harbiy xizmatga jalb qilmoqchi ekani haqida xabar bergan edik.

Farangiz Salimova