Sardor Umrzoqov hokimlar, soha va tarmoqlar rahbarlari ishtirokida yigʻilish oʻtkazdi

Foto: Arxiv surat

Prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umrzoqov hokimlar, soha va tarmoqlar rahbarlari ishtirokida yigʻilish oʻtkazdi. Manbalarga koʻra, tanqidiy ruhda oʻtgan yigʻilishda Prezident tomonidan agrosanoat majmui boʻyicha qoʻyilgan vazifalar hal qilinmayotgani, ijro intizomini taʼminlash masalalari koʻrib chiqilgan.

Hokimlar va boshqa rahbarlar klasterlar ishiga aralashmasligi, maʼmuriy bosim oʻtkazmasligi, balki birlamchi eʼtiborini majburiy mehnatga yoʻl qoʻymaslik, kambagʻallikni qisqartirish, mahallalarda turmush sharoitlarini va infratuzilmani yaxshilash, tadbirkorlik, ayniqsa kichik va oilaviy biznesni qoʻllab-quvvatlashga, odamlarni qiynayotgan masalalarni hal qilishga qaratishi shartligi haqida qatʼiy ogohlantirilgan.