calendar 24 Sep 14:31
eye 15
comments 0
comments Manba: qalampir

O'zbekistonga kuyov bo'lgan Lord Muhammad Iltaf Shayx vafot etdi

image
image

Joriy yilning, 22 sentyabr kuni angliyalik Lord Muhammad Iltaf Shayx 81 yoshida vafot etdi. Bu haqda Lordning o'zbekistonlik turmush o'rtog'i Guli Murodova-Shayx o'zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali xabar bergan.

Asli kelib chiqishi panjoblik bo'lgan Lord Muhammad Iltaf Shayx 1941 yilning 13 iyun kuni Keniyada dunyoga kelgan, Ugandada ulg'aygan. U 1962 yilda Buyuk Britaniyaga ko'chib o'tgan va Londondagi Xolborn kollejida taʻlim olgan. U tadbirkorlik, sug'urta va ko'chmas mulk yo'nalishlarida faoliyat olib borgan.

Jamoat va xayriya ishlarida faol bo'lgan Shayx Muhammad 2006 yilda Lordlar palatasining teng huquqli aʻzosiga aylanadi. 

2018 yil oxirida 77 yashar lord o'zidan 45 yosh kichik o'zbek qizi – samarqandlik Guli Murodovaga uylangan. 

Lord Muhammad Iltaf Shayx so'nggi yillarda bir necha bor O'zbekistonga kelgan va mamlakat tarixi va buguni haqida hamisha iliq fikrlar bildirgan.

QALAMPIR.UZ tahririyati marhumning oila aʻzolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Mar 12:36
 
28
0
qalampir.uz

AQSH elchixonasi Moskvada ehtimoliy teraktlardan ogohlantirdi

AQSHning Rossiyadagi elchixonasi Moskvadagi ehtimoliy teraktlardan ogohlantirdi. Bu haqda kecha, 7 mart kuni elchixonaning rasmiy veb-saytida tegishli bayonot e’lon qilindi. “Elchixona ekstremistlar Moskvadagi yirik tadbirlar, jumladan, konsertlarga hujum qilishni rejalashtirayotgani haqidagi xabarlarni kuzatmoqda”, deyiladi xabarda.  Diplomatik missiya mamlakatdagi fuqarolarini keyingi 48 soat davomida "katta yig‘ilishlarga" bormaslikka chaqirdi. Elchixo

07 Mar 20:08
 
16
0
qalampir.uz

Zelenskiy va Mitsotakisning tashrifi chog‘ida Odessa raketa hujumiga uchradi

Odessa Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy va Gretsiya Bosh vaziri Kiriakos Mitsotakisning shaharga tashrifi chog‘ida Rossiya tomonidan raketa hujumiga uchradi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi. Raketa delegatsiyadan 500-800 metr uzoqlikda qulagan. Ukraina Harbiy-dengiz kuchlari matbuot kotibi Dmitriy Pletenchuk hujum port infratuzilmasini nishonga olganini aytdi. Raketa zarbasi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi. 2022 yil fevralida Rossiya bosqinidan keyin birinchi marta ma

04 Feb 17:43
 
43
0
qalampir.uz

Turkiyada vertolyot qulashi oqibatida ikki uchuvchi halok bo‘ldi

Kecha, 3 fevral kuni Turkiyada vertolyot halokatga uchrashi oqibatida ikki nafar uchuvchi halok bo‘ldi. Bu haqda Turkiya Ichki ishlar vaziri Ali Yerliqoya X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi. Unga ko‘ra, kecha kechqurun Hatay aeroportidan G‘oziantep aeroportiga uchayotgan EM 708 rusumli vertolyot Nurdag‘i tumani Qartal qishlog‘iga qulagan. “Qahramon uchuvchilarimizni Alloh o‘z rahmatiga olgan bo‘lsin, ularning oila a’zolariga, aziz xa

07 Mar 20:13
 
20
0
xs.uz

AQSH Oliy sudi Trampning prezidentlik saylovlarida ishtirok etishiga ruxsat berdi

AQSH Oliy sudi Donald Trampning prezidentlikka nomzod boʻlish huquqiga ega ekanligi haqida qaror chiqardi. Avvalroq, Kolorado sudyalari Trampga Kapitoliyga bostirib kirish ishi boʻyicha qoʻyilgan ayblovlar tufayli uni saylov byulleteniga kiritishni taqiqlagan edi.AQSH Oliy sudi AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp Kolorado shtatidagi Respublikachilar partiyasining praymeriz saylovlarida saylov byulleteniga kiritilish huquqiga ega boʻldi. Bu haqda CNN telekanali xabar bermoqda.Oʻtgan yilni