Rossiyada bolasi bilan qiyin ahvolda qolgan ayol Oʻzbekistonga olib kelindi

Foto: Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi

Joriy yil 15-sentyabr kuni Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Sankt-Peterburg shahridagi vakilligi hamda Bosh konsulxonaga yurtdoshimiz N.K. tomonidan uning ogʻir vaziyatda qolganligi sababli Vatanga qaytarishda amaliy yordam soʻrab murojaati kelib tushdi.

Fuqaroning murojaati vakillik tomonidan oʻrganib chiqildi va uning ogʻir ahvolda ekanligi aniqlandi. Shundan soʻng, fuqaroga Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan aviachipta olib berildi va “Uzbekistan airways” kompaniyasi hamkorligida Sankt-Peterburg—Urganch yoʻnalishidagi aviareys orqali Oʻzbekistonga qaytarildi.