Sardor Umurzoqov hokimlarni qatʻiy ogohlantirdi

image

Bugun, 24 sentyabr kuni Prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov hokimlar, soha va tarmoqlar rahbarlari ishtirokida yig'ilish o'tkazdi. Bu haqda bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev Hukumatdagi manbalarga tayanib yozmoqda.

O'ta tanqidiy ruhda o'tayotgan yig'ilishda Prezident tomonidan agrosanoat majmui bo'yicha qo'yilgan vazifalar hal qilinmayotgani, mutasaddilarning bu boradagi masʻuliyatini yanada oshirish, ijro intizomini so'zsiz taʻminlash masalalari ko'rib chiqilgan.

Bundan tashqari, hokimlar va boshqa rahbarlar klasterlar ishiga aralashmasligi, maʻmuriy bosim o'tkazmasligi, balki birlamchi eʻtiborini majburiy mehnatga yo'l qo'ymaslik, kambag'allikni qisqartirish, mahallalarda turmush sharoitlarini va infratuzilmani yaxshilash, tadbirkorlik, ayniqsa kichik va oilaviy biznesni qo'llab-quvvatlashga, odamlarni qiynayotgan masalalarni hal qilishga qaratishi shartligi haqida qatʻiy ogohlantirilgan.