calendar 22 Sep 15:31
eye 25
comments 0
comments Manba: qalampir

Rossiya Kanadadan alamini oldi

image
image

Rossiya javob chorasi sifatida Kanadaning 87 fuqarosi, jumladan ushbu mamlakatning bir qancha viloyatlari rahbarlari, milliy mudofaa vazirlari o'rinbosarlari va Kiyevga qurol yetkazib beruvchi kompaniyalar rahbariyati uchun mamlakatga kirishini taqiqladi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligining bugun, 22 sentyabr kuni tarqatgan bayonotida aytiladi. 

"Kanadada hukmron (Bosh vazir) Jastin Tryudo rejimi tomonidan vaqti-vaqti bilan joriy etilgan Rossiyaga qarshi sanktsiyalarga javoban, bu sanktsiyalar barcha darajadagi hukumat amaldorlariga, jumladan, mintaqaviy, jurnalistlar, madaniyat arboblari va rasmiy Ottavaga mos kelmaydigan oddiy ruslarga taʻsir ko'rsatganidan kelib chiqib, Rossiya Federatsiyasiga kirish 87 Kanada fuqarosi uchun yopiladi", deyiladi xabarda. 

Diplomatik vakolatxona veb-saytida eʻlon qilingan bayonot matnida sanktsiyalar ro'yxatiga kiritilgan shaxslarning ism-sharifi ham keltirilgan. 

"Kanada sanktsiyalari ro'yxati kengayishini hisobga olsak, Rossiya tomonidan Kanada fuqarolarini "ro'yxatga olish" to'g'risida yangi eʻlonlar keladi. Biz o'zaro tamoyildan kelib chiqamiz", deyiladi Rossiya diplomatik departamenti hujjatida.

Eslatib o'tamiz, joriy yilning iyul oyida Kanada hukumati Rossiya Federatsiyasining 29 nafar jismoniy va 15 nafar yuridik shaxsiga nisbatan sanktsiyalar joriy qilgandi. 

Rossiya-Ukraina urushi

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o'zini mustaqil deb eʻlon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to'g'risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegarasida tan olganini taʻkidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSh, EI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanktsiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini eʻlon qildi va rus qo'shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so'rov yuborgani bilan oqladi.

Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga "na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas"ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko'p o'tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat eʻlon qildi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik eʻlon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.

Rus qo'shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og'ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aktsiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o'tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo'qotishlarga uchradi.

Hujum boshlangach, Evropa davlatlari va AQSh Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanktsiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, "Rossiya" banki, "Otkritiya", "Novikombank", "Promsvyazbank", "Sovkombank" va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSh va Evropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.

Evropa davlatlari, AQSh, Kanada Rossiya uchun o'z havo hududini yopdi. Bu sanktsiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveytsariya ham qo'shildi. 


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Feb 12:31
 
28
0
qalampir.uz

Urush boshlanganidan beri yettinchi milliarder Rossiya fuqaroligidan voz kechdi

Alisher Usmonovning sobiq sherigi milliarder Vasiliy Anisimov Rossiya fuqaroligidan voz kechdi. Bu haqda DW nashri xabar berdi. Qayd etilishicha, biznesmen Vasiliy Anisimov Ukrainada urush boshlanganidan keyin Rossiyadan "surgan" yettinchi milliarder hisoblanadi. "Forbes" biznesmenning umumiy boyligini 1,6 mlrd dollarga baholagan.  Xorvatiya fuqaroligiga ham ega bo‘lgan Anisimov Rossiya iqtisodiyotiga 11 million dollar sarmoya kiritgan. Shuningdek, u Qozog‘isto

02 Feb 16:29
 
30
0
xs.uz

JSST prognozi: 26-yildan soʻng saratonga chalinish holatlari 77 foizga koʻpayadi

Oʻsish dinamikasiga taʼsir koʻrsatuvchi qator omillar mavjud. Ular orasida tamaki isteʼmoli, spirtli ichimliklar, semirish va havo ifloslanishi asosiy oʻrinni egallaydi.Xususan, hisobotda inson taraqqiyoti indeksi juda yuqori boʻlgan mamlakatlarda har 12 ayoldan biri koʻkrak bezi saratoniga chalinishi prognoz qilingan. Shuningdek, har 71 nafar bemor ayoldan biri bu xastalik oqibatida vafot etadi.Inson taraqqiyoti indeksi past davlatlarda esa vaziyat boshqacharoq tus olishi mumkin. Yaʼni

29 Jan 14:25
 
46
0
qalampir.uz

Kim Chen In yangi raketasini sinovdan o‘tkazdi (foto)

north_east Janubiy va Shimoliy Koreya o‘rtasida to‘qnashuvlar boshlanish arafasida – NYT Kecha, 28 yanvar kuni Shimoliy Koreya suvosti kemasidan ikkita yangi “Pulxvasal-3-31” qanotli raketalarini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda Koreya markaziy axborot agentligi xabar berdi.  Sinovlarni mamlakat yetakchisi Kim Chen In boshqargan. Qayd etilishicha, raketalar taxminan ikki soat parvoz qilgan va shar

07 Feb 18:17
 
71
0
qalampir.uz

Qozog‘istonda yangi hukumat tarkibi tasdiqlandi (ro‘yxat)

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev tomonidan tuzilgan hukumatning yangi ro‘yxati e’lon qilindi. Bu haqda “Tengrinews” ma’lum qildi. Unga ko‘ra: Oljas Bektenov – Bosh vazir; Galimjan Qo‘yshibayev – Bosh vazir o‘rinbosari, ma’muriyat rahbari; Oybek Dadeboyev – Qozog‘iston Prezidenti Administratsiyasi rahbari; Azamat Esqarayev – Adliya vaziri (qayta); Madi Takiyev – Moliya vaziri; Almasadam Satkaliyev – En