calendar 22 Sep 14:31
eye 24
comments 0
comments Manba: qalampir

"Men buni boshqa darajada hal qilaman". Peskovning o'g'li armiyaga qo'shilishdan bosh tortdi

image
image

Rossiya Prezidenti Dmitriy Peskovning o'g'li Nikolay Ukrainadagi urushga ko'ngilli sifatida borish niyatida emas. Bu haqda u o'ziga Mudofaa bo'limi xodimi sifatida qo'ng'iroq qilgan Rossiyaning "Ommaviy siyosat" ko'rsatuvi boshlovchisi Dmitriy Nizovtsevga jonli efir vaqtida maʻlum qildi.

Boshlovchi Dmitriy Nizovtsev rossiyalik deputatlar, amaldorlar va ishbilarmonlarning farzandlariga qo'ng'iroq qilib, ularni chaqiruv komissiyasiga kelishga taklif qilgan.

Nizovtsev harbiy komissar rolida Peskovning o'g'li Nikolayga qo'ng'iroq qilgan. Boshlovchi unga chaqiruv qog'ozi jo'natilganini aytib, ertaga ertalab soat 10:00 da Moskva harbiy komissiyasiga tibbiy ko'rikdan o'tish uchun kelishni taklif qilgan.

"Ertalab soat 10:00 da, albatta, ertaga bormayman. Agar men janob Peskov ekanligimni bilsangiz, u yerda bo'lishim qanchalik to'g'ri emasligini tushunishingiz kerak. Qisqasi, men buni boshqa darajada hal qilaman", deydi Peskovning o'g'li.

Undan qaysi daraja haqida gapirayotganiga oydinlik kiritish so'ralganda, u nima bo'layotganini va uning qanday huquqlari borligini tushunishi kerakligini aytgan.

Shuningdek, Nikolay Peskov harbiy komissiyaga kelishdan oldin maslahatlashishini va unga nima deyishsa, shunday yo'l tutishini aytgan. Siyosatchining o'g'li uni ko'ngilli sifatida qayd etmaslikni so'ragan.

Peskov o'g'lining chaqiruv komissiyasiga kelishdan bosh tortishini uning so'zlari kontekstdan yulib olingani bilan izohlagan.

Maʻlumot o'rnida, Nikolay Dmitriy Peskovning birinchi turmushidan o'g'li. U 32 yoshda. 2010-2012 yillarda u raketa qo'shinlarida xizmat qilgan. Armiyada xizmat qilganidan so'ng, u bir muncha vaqt "Russia Today"ning muxbiri bo'lib ishladi.

Eslatib o'tamiz, 21 sentyabr kuni Vladimir Putin Rossiyada qisman safarbarlik to'g'risidagi farmonni imzoladi, unga ko'ra birinchi bosqichda 300 ming Rossiya fuqarosi frontga boradi. Safarbarlik haqidagi qarordan keyin Rossiya bo'ylab norozilik namoyishlari avj oldi. Hozirgacha 1000 dan ortiq odam hibsga olingan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Apr 13:56
 
22
0
qalampir.uz

Ispaniya Bosh vaziri dunyo hamjamiyatini Falastinni tan olishga chaqirdi

Ispaniya Falastin davlatini tan olishga tayyor, ammo xalqaro hamjamiyat Falastinning mavjudligini tan olmay turib, unga yordam bera olmaydi. Bu haqda Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanches parlament yig‘ilishida aytib o‘tdi. Sanches Madrid yozgacha Falastinni tan olishini aytdi va bunday qadam zarurligini ta’kidladi. Ispaniya Vazirlar Mahkamasi rahbari G‘azo sektorida “asrning eng ayanchli insonparvarlik fojialaridan biri” ro‘y berayotganiga e’tibor qaratdi. &ldquo

11 Apr 13:56
 
48
0
qalampir.uz

Turkiya Isroilga 54 turdagi tovarlarni eksport qilishni to‘xtatdi

Turkiya Sanoat va savdo vazirligi G‘azo sektorida harbiy harakatlar to‘xtatilib, anklav aholisining gumanitar yordamdan foydalanishini ta’minlagunga qadar Isroilga 54 toifadagi tovarlar eksportiga cheklovlar joriy qildi. Eksport cheklovlari bugun, 9 aprel kunidan kuchga kirdi. Bu haqda Turkiyaning “Hurriyet” gazetasi xabar berdi. Cheklovlar turli po‘lat va alyuminiy mahsulotlari, elektr kabellari, bo‘yoqlar, laklar, aviatsiya yoqilg‘isi, moylar, ayrim turdagi o‘g‘i

23 Apr 03:36
 
14
0
xs.uz

AQSH Ukrainaga kelasi hafta harbiy yuk yetkazib berishni qayta tiklashi mumkin

AQSH kelasi hafta oxirigacha Ukrainaga ATACMS operativ-taktik raketalarini oʻz ichiga olgan harbiy yuklarni yetkazib berishni tiklashi mumkin. Bu fikrlarni AQSH Senati razvedka qoʻmitasi raisi Mark Uorner CBS telekanaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi.Uning taʼkidlashicha, 23-24-aprel kunlari senatorlar Kiyev rasmiylariga qariyb 61 milliard dollar ajratish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini maʼqullab, Oq uy rahbari Jo Baydenga imzolash uchun taqdim etadi.'Umid qilamanki, prezident imzolagan

07 Mar 23:05
 
35
0
qalampir.uz

“Gazprom” gazini O‘zbekistonga qanchaga pullagani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston har 1000 kub metr gazni taxminan 160 AQSH dollaridan sotib olmoqda. Bu haqda “Kommersant’” nashri xabar berdi.  Nashrning yozishicha, O‘tgan yili O‘zbekiston jami 1,22 mlrd kub metr rus gazini import qilgan. Bu esa Ukrainadagi urush sabab Yevropaga gaz yetkazib berishning to‘xtashi fonida Markaziy Osiyo davlatlari “Gazprom” uchun yagona yo‘nalish bo‘lib qolayotganini bildiradi. Jumladan, kompaniya 2023 yilda