calendar 22 Sep 12:20
eye 23
comments 0
comments Manba: xs

Vladimir Norov Amerika Qoʻshma Shtatlari Davlat Departamentining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Tomas Vestbilan uchrashuv oʻtkazdi

image

Foto: Tashqi ishlar vazirligi

2022-yil 21-sentyabr kuni Nyu-York shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norovning Amerika Qoʻshma Shtatlari Davlat Departamentining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Tomas Vest hamda AQSHning Afgʻon ayollari, qizlari va inson huquqlari boʻyicha Maxsus vakili Rina Ameri bilan muzokaralari boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv davomida Afgʻonistonda uzoq muddatli tinchlikka erishish, uning iqtisodiyotini tiklash, ushbu mamlakatda murakkab ijtimoiy-gumanitar vaziyatni hal etishga koʻmaklashish boʻyicha Oʻzbekiston-Amerika hamkorligini yanada kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

AQSH Maxsus vakillarining taʼkidlashicha, joriy yilning iyul oyida Toshkentda boʻlib oʻtgan Afgʻoniston boʻyicha xalqaro konferensiya mazkur davlatdagi vaziyatni yoʻlga solish borasida jahon hamjamiyatining izchil yondashuvlarini ishlab chiqish uchun samarali platforma yaratdi.

Afgʻoniston xalqini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha xalqaro saʼy-harakatlarni jadallashtirish va tizimlashtirish zarurligiga alohida eʼtibor qaratildi. Shu nuqtayi nazardan, Termiz shahrida tashkil etilgan Afgʻonistonga gumanitar yordam yetkazib berish uchun Koʻp funksiyali transport-logistika xabining imkoniyatlaridan foydalanish muhimligi eʼtirof etildi.

 


Doʻstlaringiz bilan ulashing

07 Mar 20:11
 
60
0
qalampir.uz

Mirziyoyev O‘zbekiston ayollarini bayram bilan tabrikladi

Bugun, 7 mart kuni Toshkent shahrida Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. “Biz har yili bu kunni intiqlik, qalbimizda ajib iliqlik bilan kutamiz. Ushbu shukuhli ayyomda hammamiz bizni dunyoga keltirgan, oq sut berib, mehr va tarbiya berib voyaga yetkazgan buyuk ona siymosiga, mo‘’tabar ayol zotiga ta’zim qilamiz. Zero,

08 Mar 12:15
 
39
0
qalampir.uz

Farg‘onadagi YTHda halok bo‘lganlar soni 4 nafarga yetdi

Dang‘ara tumanida Cobalt haydovchisi yo‘l chetida ketayotgan piyodalarni urib yuborishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 4 nafarga yetdi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB ma’lum qildi.  Viloyat IIBga ko‘ra, 2024 yil 20 fevral kuni fuqaro Sh.V. Cobalt mashinasini “Qo‘qon-Mulkobod-Gulbog‘-Pungan” avtomobil yo‘lining Dang‘ara tumanidan o‘tgan qismida boshqarib ketayotib, boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l chetida harakatlanib ketayotgan 5 nafar piyodani urib yu

23 Apr 03:35
 
11
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga tarixiy tashrifi ikkinchi kunidan fotoreportaj

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga tashrifi ikkinchi kuni ham muhim tadbirlarga boy boʻldi.Tashrif doirasida 19-aprel kuni Prezident Tojikiston Oliy Majlisi Namoyandagon majlisi Raisi Mahmadtoir Zokirzoda bilan uchrashuv oʻtkazdi. Keyingi uchrashuv Tojikiston Bosh vaziri Qohir Rasulzoda bilan boʻldi.Tashrifning asosiy voqealaridan biri Oʻzbekistonning Dushanbe shahridagi elchixonasi yangi binosining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Davlat rahbarlari ramziy

11 Apr 14:00
 
29
0
xs.uz

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-yilligi nishonlandi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev yigʻilganlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31-yilligi munosabati bilan tabrikladi.Taʼkidlanganidek, Konstitutsiya ' bu milliy huquq tizimining asosini tashkil etish bilan birga, insonlarning huquq va erkinliklarining kafolati hamdir. Yurtimizning mustaqil rivojlanish yoʻlida ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy hayotimizda yuz berayotgan oʻzgarishlar va yangilanishlar hamda erishi