Toshkent viloyatidagi 6 ta shaharda elektropoyezd qatnovi yo'lga qo'yiladi

image

Toshkent viloyatidagi Bekobod, Olmaliq, Chirchiq, Angren, Yangiyo'l va Ohangaron shaharlarida zamonaviy elektropoyezd qatnovi yo'lga qo'yiladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 22 sentyabr kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi sessiyasida aytib o'tdi.

Yig'ilishda davlat rahbari 840 ta mahallada ichki yo'llar, 579 tasida ichimlik va oqova suv, 589 tasida elektr va gaz taʻminoti, 396 tasida maktab, bog'cha va poliklinika taʻmirlash bo'yicha ikki haftada dastur qabul qilib, bu boradagi ishlarni jadal boshlash vazifasini qo'ydi. Jumladan:

•    Tashabbusli byudjyet doirasida eng ko'p ovoz olgan loyihalar uchun 150 milliard so'm ajratish;

•    Osiyo taraqqiyot bankining Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv loyihasining 185 million dollarlik 3-bosqichini boshlash;

•    ichki yo'llarni taʻmirlashga davlat byudjyetidan 155 milliard so'm, qo'shimcha mahalliy byudjyetdan 70 milliard so'm ajratish topshirildi.

Prezident Bekobod, Olmaliq, Chirchiq, Angren, Yangiyo'l va Ohangaron shaharlariga zamonaviy elektropoyezd qatnovini yo'lga qo'yish vaqti kelganini taʻkidlab, transport vaziriga tegishli qaror loyihasini kiritishga ko'rsatma berdi.