calendar 21 Sep 09:32
eye 20
comments 0
comments Manba: qalampir

O'zPFL Vadim Abramov va "Dinamo"ga shart qo'ydi

image
image

Samarqandning "Dinamo" klubi bosh murabbiyi Vadim Abramov yangilangan murabbiylik litsenziyasiga ega emas. Shu sababli O'zbekiston professional futbol ligasi klub va Abramov oldiga litsenziya masalasini FIFA kunlari yakunlangunga qadar hal qilish shartini qo'ydi. Bu haqda O'zPFL matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Abramov yangilangan murabbiylik litsenziyasini olmaydigan bo'lsa, u 20-tur uchrashuvlaridan boshlab texnik zonaga kiritilmaydi.

"Superliga ishtirokchisi bo'lgan "Dinamo" futbol klubiga 20-turga qadar bosh murabbiy Vadim Abramovning yangilangan litsenziyasini taqdim etish uchun vaqt berildi. Vadim Abramov hamda "Dinamo" futbol klubi o'rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi jamoa holatidan kelib chiqib, vaqtincha ro'yxatdan o'tkazilgandi. O'tgan vaqt davomida O'FA Futbol mutaxassislarini tayyorlash markazi O'zPFL so'roviga asoslantirilgan javob qaytarmadi. Shuningdek, klubning ham mutaxassis litsenziyasini taqdim etish masalasini ortga surdi. Maʻlumki, "Dinamo" futbol klubi mazkur talabni bajarmasa OFK litsenziyasini ham qo'lga kirita olmaydi.FIFA kunlari yakuniga qadar "Dinamo" futbol klubi mazkur holatni tartibga solmasa, Vadim Abramov 20-turdan boshlab uchrashuvlar davomida texnik zonaga kiritilmaydi", deyilgan O'zPFL bayonotida.

Maʻlumot uchun, O'zbekiston Superliasining ortda qolgan 19 ta turidan so'ng 38 tadan ochko jamg'argan "Nasaf" va "Paxtakor" peshqadamlik qilmoqda. "Dinamo" esa bor yo'gi 8 ochko to'plagan holda yaqqol autsayder bo'lib turibdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

07 Mar 20:10
 
42
0
qalampir.uz

YeCHLda haftaning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga da’vogarlar ma’lum bo‘ldi

Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) rasmiy sayti Yevropa Chempionlar ligasida (YeCHL) haftaning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga nomzod bo‘lgan 4 nafar futbolchi nomini e’lon qildi. Sovringa fransiyalik PSJ hujumchisi Kilian Mbappe, “Bavariya” hujumchisi Harri Keyn, shveysariyalik “Manchester Siti” himoyachisi Manuel Akanji va vengriyalik “RB Leypsig” futbolchisi Villi Orban da’vogarlik qilmoqda. Mbappe “Rea

11 Apr 13:58
 
46
0
qalampir.uz

Provokatsiya “qurboni” bo‘lgan Ronaldu yana qizil “ishlab oldi” (video)

Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni Superkubogi yarim final o‘yinida qizil kartochka olib, maydondan chetlatildi. “Al-Nasr”ning “Al-Hilol”ga qarshi bahsining 86-daqiqada bosh hakam Krishtianu Ronalduga qizil kartochka ko‘rsatdi. Portugaliyalik futbolchi sportchiga xos bo‘lmagan xatti-harakatlari uchun jazolandi. Epizod “Al-Hilol” futbolchisi Ali Al-Bulayhining aut chizig‘ida to‘pni tepishi bilan boshlandi. Shundan so‘ng u darhol to

11 Apr 13:58
 
35
0
qalampir.uz

MYU bugungidek o‘ynasa, “Arsenal” g‘alaba qozonadi – Yurgen Klopp

“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp Angliya Premer ligasi 32-turidan o‘rin olgan “Manchester Yunayted”ga qarshi bahsdan so‘ng jurnalistlar savoliga javob berdi. “Agar biz o‘sha paytda ham chempionlik kurashida bo‘lsak, 11 may kuni MYUni qo‘llab-quvvatlayman. “Arsenal” juda ajoyib jamoa, MYU “Liverpul” bilan bahsdagidek o‘ynasa, “Arsenal” g‘alaba qozonadi, bunga 100 foiz ishonchim komil”, deydi Klopp.

07 Mar 20:14
 
42
0
xs.uz

Nodirbek Abdusattorov “Prague Masters” turnirida muddatidan oldin chempion boʻldi

Hamyurtimiz'Nodirbek Abdusattorov Chexiyada oʻtayotgan 'Prague Masters' turnirida muddatidan oldin chempionlikni qoʻlga kiritdi.U musobaqa yakuniga bir tur qolganida asosiy taʼqibchisi eronlik Parxam Maxsudluni magʻlub etdi va oradagi farqni 1,5 ochkoga oshirib oldi.Ayni paytda Nodirbekda 8 imkoniyatdan 6 ochko bor. Uning eng yaqin taʼqibchilari esa 4,5 ochko jamgʻargan. Shu bois oxirgi turda qanday natija boʻlishidan qatʼi nazar hamyurtimizdan biror shaxmatchi oʻtib keta olmaydi.Ushbu