calendar 21 Sep 05:32
eye 44
comments 0
comments Manba: qalampir

Ruslan Nuriddinov va Akbar Jo'rayev Osiyo chempionatidan quruq qoladi

image
image

Olimpiada chempionlari Ruslan Nuriddinov va Akbar Jo'rayev og'ir atletika bo'yicha Osiyo chempionatini o'tkazib yuboradi. Bu haqda MOQ Matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning 8-16 oktyabr kunlari Bahraynda og'ir atletika bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionati bo'lib o'tadi. Unda O'zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi. Biroq Bahraynga yo'l oladigan tarkibga Ruslan Nuriddinov va Akbar Jo'rayev kiritilmagan.

Og'ir atletika federatsiyasining maʻlum qilishicha, har ikki sportchi dekabr oyida Kolumbiyada o'tadigan jahon chempionatiga yakka tartibda tayyorlanadi.

Terma jamoa 6 oktyabr kuni quyidagi tarkibda Manamaga yo'l oladi:

•  67 kg: Doston Yoqubov
•  73 kg: Adham Ergashev
•  81 kg: Og'abek To'xtayev
•  81 kg: Muhammadqodir Toshtemirov
•  89 kg: Sarvarbek Zafarjonov
•  89 kg: Hojiakbar Olimov
•  96 kg: Sunnatulla O'sarov
•  96 kg: Qurbonmurod Namozov
•  102 kg: Sharofiddin Amriddinov
•  49 kg: Jamila Panfilova
•  59 kg: Nigora Abdullayeva
•  76 kg: Nigora Suvonova
•  81 kg: Rigina Adashboyeva
•  87 kg: Tursunoy Jabborova.

Maʻlumot uchun, Ruslan Nuriddinov Rio-2016, Akbar Jo'rayev esa Tokio-2020 chempioni hisoblanadi.

Bilol Norqobilov


Doʻstlaringiz bilan ulashing

07 Mar 20:10
 
38
0
qalampir.uz

Italiyada 3 qilichboz o‘zbekistonlik sportchi qizni zo‘rlaganlikda ayblanmoqda

Italiyalik uch qilichboz o‘zbekistonlik 17 yoshli sportchi qizni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar berdi.  Qayd etilishicha, mazkur voqea o‘tgan yilning avgust oyida sodir bo‘lgan. Biroq Siyena politsiyasi ish bo‘yicha tergovni boshlaganidan keyingina u haqdagi ba’zi ma’lumotlar ommaga ochiqlandi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Toskana viloyatidagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida uch italiyalik o‘zbekistonlik qizni zo‘rlagan. Ayblan

11 Apr 13:58
 
27
0
qalampir.uz

“Real”ga qarshi o‘yinda “Man Siti” darvozasini kim qo‘riqlaydi?

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Yevropa Chempionlar ligasi chorak finalidan o‘rin olgan ”Real Madrid”ga qarshi bahsda darvozada kim turishi haqida jurnalistlar savoliga javob berdi. “Men bu haqda o‘ylashim kerak, chunki Ederson jarohatdan qaytdi va o‘zini yaxshi his qilmoqda, ammo Shtefan ham ajoyib posbon, juda yaxshi o‘yin namoyish qilmoqda”, deydi ispaniyalik mutaxasis. Qayd etish joiz, “shaharliklar” 

11 Apr 14:02
 
23
0
xs.uz

Oʻzbekiston MOQning 2023-yilgi faoliyati va Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik mavzusiga bagʻishlangan matbuot anjumani

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi '2024-yil Parij shahrida (Fransiya) boʻlib oʻtadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash toʻgʻrisida'gi PQ-5281-sonli qaroriga muvofiq, Sport vazirligi, sport federatsiya (uyushma)lari, vazirlik va idoralar hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan hamkorlikda har bir Olimpiya sport turlari boʻyicha s

11 Apr 13:58
 
40
0
qalampir.uz

ISHID YeCHL o‘yinlarida teraktlar uyushtirmoqchi – OAV 

ISHID shu hafta Yevropa Chempionlar ligasi (YeCHL) chorak finali o‘yinlarida teraktlar uyushtirish bilan tahdid qilmoqda. Bu haqda “Marca” xabar berdi.  Manbaga ko‘ra, hozirda YeCHL o‘yinlarini o‘tkazish rejalari o‘z kuchida qolmoqda. Bugun, 9 aprel kuni Ispaniya hukumat komissiyasining rasmiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi va yig‘ilishda qo‘shimcha xavfsizlik choralari masalasi hal qilinadi. Terrorchilik tashkiloti shu hafta YeCHL o‘yinlarini o‘zida qabu