calendar 19 Sep 08:52
eye 12
comments 0
comments Manba: zarnews

Boy bo'lish uchun qo'l-oyoq qatori aqlni ham ishlatish kerak

image

Mamlakatimiz aholisi orasida "bu yerda ish yo'q, pul yo'q", deb xorijda ishlab yurganlari ham bor. Bundaylar bir tomondan "yaxshi" - ish kuchini eksport qilish bilan birga anchagina mablag'ni mamlakatimizga olib kelyapti. Ikkinchi tomondan, ko'plarining oilasi, bolalari ota-ona mehridan yiroqda ulg'oymoqda. Shuning uchun bu bolalarning kelajakda yaxshi insonlar bo'lib yetishishiga kafolat yo'q. Chunki mehr va yetarli darajada tarbiya ko'rmaganlardan biror ijobiy narsani kutish qiyin. Koshki edi, yurtdoshlarimiz chetga borib, o'zini ijobiy tomondan ko'rsatib, ilg'orlar safida bo'lib yursa.

Guvohi bo'lganlarim misolida aytish joizki, faqat qo'l-oyoq bilan birga tafakkurni ishga solgan holda faoliyat ko'rsatish kerak ekan. Yo'qdan bor qilish uchun birorta kasbni sevib, undan samarali foydalanish zarur.

Bir tanishimning farzandi talaba edi. Oila yetishmovchilik bilan kun ko'rar, ammo farzand juda intizomli edi, biror kun ham dars qoldirmasdi. Bir kuni shu talabadan so'radim:

- Kamchiliklaring bo'lsa ayt, balki yordam berib turarman. Hozir talabasan, tortinma!

- Yo'q, domla, ehtiyojimga yetib turibdi, - dedi.

Otasidan so'rasam, oilasidan pul olmasligini taʻkidladi.

Do'stlaridan surishtirsam, bola darsdan keyin bozorda arava haydab pul topar ekan. "Arava haydaguncha savdogarlik qilsang yaxshi emasmi", desam, "Biznes uchun menda mablag' yo'q. Shu tufayli shu ishni afzal ko'rdim", deydi...

Talaba shu tariqa institutni bitirdi. Lekin ahvoli biroz o'nglangani uning kiyinishi, yurish-turishidan bilinib turardi. O'z kasbi bo'yicha hisobchi bo'lib ishga joylashdi. Bir joyda asosiy shtatda buxgalter, boshqa bir nechta xususiy firmalarning hisobchiligini ham olib boradigan bo'ldi. Oyligi professornikidan ko'p.

Maʻlum vaqt o'tgach, to'plagan puliga bitta do'konni sotib olib, uni ijaraga berib, qo'shimcha pul topadigan bo'ldi. Ahvolini so'rasam, "Domla, o'zingizning ishlaganingizdan mulkni ishlatib topgan pulingiz ham barakali bo'lar ekan. O'zim topganni ro'zg'orga ishlataman, mulkdan kelganlarini jamg'arma qilib borayapman. Yana bitta do'kon sotib olib, uni ham ijaraga topshirib qo'ydim", deydi.

Ikkita do'konning ijarasini to'plab kichikroq oshxona ochishga muvaffaq bo'ldi. To'rt-besh kishini ish bilan taʻminlab, haqiqiy tadbirkorga aylandi. Hozir nima qilaman desa, zaxirasi ham, puli ham bor. Ammo hamon hisobchilik qiladi. "Ishni qo'yib, biznesni boshqarib, pulni sanab yursangiz bo'lmaydimi", deyishar ekan tengdoshlari. "Buxgalterlik sevgan kasbim, yoqtirgan ishimni tashlab xor bo'lishni istamayman", deb kasbini tashlamaydi. Hozir buxgalteriya hisobining xalqaro standartlarini ham to'liq o'zlashtirib olgan.

Aytishlaricha, unga rahbarlik lavozimlarini ham tavsiya qilishgan. Ammo u buxgalterlikni afzal biladi. Chunki ushbu kasb uni shu darajaga yetkazdi. Kasbingizga sadoqat bilan xizmat qilsangiz, u sizga baraka, muvaffaqiyat olib kelar ekan.

Birodarlar, "ishim yo'q, mablag'im yo'q" deb nolimang. Harakat qilsangiz, o'zingizning, bolalaringizning ham qorni to'yadi. Hozir o'zini o'zi band qilishning yuzlab imkoniyati yaratilgan. Pulingiz, ishingiz bo'lmasa ham 170 dan ziyod kasbdan birini tanlab, o'z faoliyatingizni boshlashingiz mumkin.

Faqat biror kasbni sevib, uni sidqidildan bajarsangiz boyligingiz noldan milliardgacha yetishi hyech gap emas. Boshqa yurtlarga borib, sarson bo'lib yurishga majbur ham emassiz.

Mamayunus PARDAEV,

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti professori, iqtisodiyot fanlari doktori.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Mar 10:25
 
38
0
qalampir.uz

Hindiston Xitoy chegarasiga o‘n ming askar jo‘natdi

Hindiston Xitoy bilan chegarani qo‘riqlash uchun o‘n ming askardan iborat qo‘shimcha kuch ajratdi va shu bilan bu hududda xizmat qilayotgan qo‘shinlari sonini ikki barobarga ko‘paytirdi. Bu haqda Bloomberg agentligi hindistonlik amaldorlarga tayanib, xabar berdi. Unga ko‘ra, avvallari mamlakatning g‘arbiy chegarasida xizmat qilgan 10 ming askardan iborat kuch endi Xitoy bilan bahsli chegaraning bir qismini mustahkamlash uchun safarbar etilgan. Bundan tashqari, Hindistonning X

11 Apr 13:56
 
24
0
qalampir.uz

Britaniyada banknotlarga Charlz III ning portreti tushirildi (Foto)

Buyuk Britaniya Qiroli Charlz III ga sovg‘a sifatida uning portreti tushirilgan banknotlar taqdim qilindi. Bu haqda Angliya banki xabar berdi. Bildirilishicha, Qirol portreti tushirilgan banknotalar ilk bor 5 iyunda muomalaga kiritiladi. Angliya banki direktori Endryu Beyli va bosh hisobchi Sara Jon Bukingem saroyida Qirolga uning surati tushirilgan birinchi banknotlarni sovg‘a qilgan. Bundan buyon yangi monarx muomaladagi barcha nominallarda – 5, 10, 20 va 50 funtlik banknotlar pay

07 Mar 20:08
 
31
0
qalampir.uz

Ochlikdan o‘layotgan G‘azo bolalari (fotoreportaj)

BMT rasmiylari G‘azo sektorining shimolida bolalarning to‘yib ovqatlanmaslik darajasi ayniqsa yuqoriligi va anklav janubidagidan qariyb uch baravar ko‘pligini bildirdi.  Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining G‘azo va G‘arbiy Sohil bo‘yicha vakili Richard Piperkornning aytishicha, anklav shimolida ikki yoshgacha bo‘lgan har olti boladan biri o‘tkir to‘yib ovqatlanmaslikdan aziyat chekmoqda. “Bu yanvar oyida qayd etilgan. Bugun vaziyat bundan ham bat

11 Apr 14:01
 
23
0
xs.uz

Orenburgda 10 327 ta, Orskda esa 6995 ta turar-joy binosi suv ostida qoldi

'Orenburg viloyatida toshqin bilan bogʻliq keskin vaziyat saqlanib qolmoqda. 9-aprel kuni Moskva vaqti bilan soat 6:00 holatiga koʻra, 27 ta munitsipalitet hududidagi 73 ta aholi punkti va 29 ta bogʻ nodavlat shirkatidagi 10 327 ta turar-joy binolari va 12 821 ta xoʻjalik uchastkalari suv ostida qolgan', ' deyiladi xabarda.Rasmiylarga koʻra, yaqin kunlarda Ural va Samara daryolarida suv sathining yana besh santimetrdan qirq santimetrga koʻtarilishi kutilmoqda. Orenburgning bir qancha tuman