calendar 15 Sep 08:52
eye 20
comments 0
comments Manba: zarnews

Ibrohim Xalil az Zavadi: Alloh Taʻolo Shavkat Mirziyoyevni yaxshilik bilan mukofotlasin!

image

Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqanda sammitida ishtirok etish uchun Samarqandga tashrif buyurgan Arab davlatlari uyushmasi bosh kotibi o'rinbosari Ibrohim Xalil az Zavadi va uyushma qoshidagi Osiyo davlatlari bilan hamkorlik bo'limi boshlig'i Muhammad bin Siddiq Hadis ilmi maktabida bo'ldi.

Mehmonlar mazkur o'quv dargohi va uning faoliyati, bu yerda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Hadis ilmi maktabi rektori Olimxon Yusupov Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan yurtimizda Imom Buxoriy va boshqa buyuk muhaddislar merosini o'rganish va tadqiq etishga alohida eʻtibor qaratilayotgani, ushbu taʻlim dargohi ham ana shu eʻtibor tufayli tashkil etilgani haqida gapirib berdi. Maktab tinlovchilarining o'quv mashg'ulotlarida qatnashishlari, darsdan bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishlari, sport bilan shug'ullanishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirdi.

Yuksak martabali mehmonlar mamlakatimizda islom dini ravnaqi yo'lida olib borilayotgan ishlarga yuqori baho berib, buning natijasi diniy taʻlim-tarbiya va boshqa sohalarda o'z ifodasini topayotganini taʻkidladi.

Tashrif yakunida mehmonlar Hadis ilmi maktabi faxriy mehmonlar kitobiga o'zlarining samimiy tilaklarini yozdi.

"Men bugungi muborak kunda Hadis ilmi maktabini ziyorat qilib xursand bo'ldim. Prezident janobi oliylarining muborak tavsiyalari, Qurʻon va hadis ilmlariga bo'lgan eʻtiborlarini va talabalar uchun ilm olish mashaqqatlarini yengillatib, barcha imkoniyatlarini yaratib berganlarini eshitdim. Alloh Taʻolo u zotni yaxshilik bilan mukofotlasin va janobi oliylarni qadrli kuch va saʻy-harakatlariga baraka bersin" deb o'z dil so'zlarini yozib qoldirdi Arab davlatlari uyushmasi bosh kotibi o'rinbosari Ibrohim Xalil az Zavadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Apr 13:55
 
24
0
postda.uz

MUHAMMAD YUSUF – VATAN KUYCHISI

Sen Xo‘jandsan, Chingizlarga Darvozasin ochmagan,Temur Malik orqasidanSirdaryoga sakragan,Muqannasan qorachig‘iOlovlarga sachraganShiroqlarni ko‘rgan cho‘ponCho‘lig‘imsan, Vatanim!«Vatanim» she’rida shoir ona yurtiga cheksiz muhabbatni ifoda qilib, Temurmalik, Shiroq jasoratini, Balxda dorga osilgan Mashrab kimligini ko‘rsatib beradi. Husayn Boyqaro yonida turib faqirlarga ko‘mak bergan Navoiy bobomizning ezgu ishlaridan ruhlanadi. Kurdistonda Jaloliddin, Hindistonda Bob

11 Apr 13:58
 
22
0
qalampir.uz

Kulgi ustasi Yevgeniy Petrosyan 78 yoshida ota bo‘ldi

78 yoshli rossiyalik qiziqchi Yevgeniy Petrosyan uchinchi marta ota bo‘ldi. Uning 35 yoshli rafiqasi Tatyana Bruxunova ijtimoiy tarmoqlarda oila a’zolari soni  yana bittaga ko‘payganini ma’lum qildi. Bruxunova oilaviy suratni o‘z sahifasida e’lon qildi va unga “Mening baxtli 35 yoshim” deb izoh qoldirdi. Suratda Petrosyan va Bruxunova chaqaloqni qo‘llarida ushlagan holda, yonida esa 4 yoshli o‘g‘li Vagan o‘tirgani tasvirlangan. Er-xotin chaqaloqning ismini

07 Mar 20:07
 
31
0
postda.uz

Xalqobodlik yoshlar “Oqsaroy”da

Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik Farrux Toirov Shahrisabz tumanidagi 3-sektorga qarashli “Xalqobod” mahallasidagi otaliqqa olingan yoshlar bilan uchrashdi. Tadbirda mahalladagi 74-maktabning yuqori sinf o‘quvchilariga tushunchalar berilib, kelgusidagi orzulari, rejalari haqida suhbatlashildi. So‘ngra o‘quvchilar Shahrisabz shahridagi “Oqsaroy” majmuasi, Temuriylar tarixi muzeyi va boshqa madaniy meros ob'ektlari bilan yaqindan tanishdilar. Yak

07 Mar 20:09
 
40
0
qalampir.uz

“Alovuddin” va “Qirol sher” kabi multfilmlarning animatori vafot etdi

“Alovuddin”, “Qirol sher”, “Mulan”, “Super oila” va “Koralina” kabi film qahramonlari uchun loydan maketlar yasagan animatsion haykaltarosh Kent Melton 68 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda “The Hollywood reporter” nashri xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, Melton 22 fevral kuni Amerikaning Missuri shtatida joylashgan uyida vafot etgan.  Ma’lumot uchun, Melton Missuri shtatining Springfild shahrida