calendar 14 Sep 12:51
eye 15
comments 0
comments Manba: zarnews

Xitoy yirik hamkorlarimizdan biri: Samarqandda Xitoy kompaniyalari kapitali ishtirokida 71 ta qo'shma hamda 28 ta xorijiy korxona faoliyat ko'rsatmoqda

image

O'zbekistonning davlat mustaqilligini Xitoy Xalq Respublikasi birinchilardan bo'lib eʻtirof etib, diplomatik munosabatlar o'rnatgan mamlakat hisoblanadi. Qolaversa, xalqlarimiz o'rtasidagi munosabatlar tarixi ming yilliklarga borib taqaladi. Jumladan, qadimgi "Buyuk ipak yo'li" asrlar davomida mintaqa xalqlarining o'zaro savdo-iqtisodiy va madaniy aloqalarida muhim rol o'ynagani barchamizga maʻlum.

Davlat rahbarlarining saʻy-harakatlari tufayli ikki mamlakat o'rtasidagi munosabatlar izchil mustahkamlanib bormoqda. O'zbekiston – Xitoy hamkorligini rivojlantirish doirasida turli sohalarda ko'plab yirik loyihalar amalga oshirilyapti.

Xususan, Samarqand viloyati va Xitoy ishbilarmon doiralari o'rtasida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalar salmog'i yil sayin ortib bormoqda. Viloyat hokimligidan maʻlum qilishlaricha, bugungi kunda Samarqandda Xitoy kompaniyalari kapitali ishtirokida 71 ta qo'shma hamda 28 ta xorijiy korxona faoliyat ko'rsatmoqda.

Jumladan, masʻuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi "Xitoy beш barmoq quriliш materiallari" Bulung'ur tumanida qurilish materiallari ishlab chiqarish, "Sam eco root" qo'shma korxonasi Past Darg'om tumanida qizilmiya ekstraktini qayta ishlash bilan shug'ullanmoqda.

Bundan tashqari, faqat 2021 yilning o'zida 83 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida Xitoydan 69,5 million dollarlik xorijiy investitsiya mablag'lari o'zlashtirilgan. Natijada, 7,2 million dollar mablag' evaziga Samarqand shahrida "Saxari" MChJ tomonidan maishiy texnika, 15 million dollar investitsiya hisobiga "Aziya Metall Prof" korxonasida temir mahsulotlari ishlab chiqarish yo'lga qo'yilgan.

Joriy yil davlat investitsiya dasturiga muvofiq viloyatda xitoylik hamkorlar bilan 21 ta yangi investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda. Bu borada o'tgan 8 oy davomida 76,3 million dollar mablag' o'zlashtirilgan.

Pirovardida Kattaqo'rg'on tumanida "Hengюan Sement" qo'shma korxonasi negizida tsement, Urgut tumanidagi "Innovation med total" MChJda bolalar tagliklari, tish pastasi va akril yelimlar ishlab chiqarish, Ishtixon tumanida "Samarkand Stone Trade Corparation" qo'shma korxonasi tomonidan tabiiy tog' toshini qayta ishlash tashkil etilgan.

Maʻlumotlarga ko'ra, viloyatimiz hamda Chin o'lkasi o'rtasida o'zaro savdo-iqtisodiy aloqalar hajmi 2021 yilda 285,9 million dollarni tashkil etgan. Bunda 57,4 million dollarlik eksport va 228,5 million dollarlik import amalga oshirilgan. Xitoy Xalq Respublikasiga asosan, ip-kalava, meva-sabzavot, qishloq xo'jaligi, to'qimachilik va boshqa mahsulotlar eksport qilingan.

Joriy yilning 8 oyida esa 178,6 million dollar import hamda 23,6 million dollar eksport amalga oshirildi. Ahamiyatlisi, joriy yilda 473,6 ming dollarlik farmatsevtika mahsulotlari, 582,6 ming dollarlik jun, mo'yna, teri va ulardan yasalgan buyumlar sotilgan.

Qayd etish lozim, Samarqand va Sian shaharlari o'rtasida birodarlik aloqalari o'rnatilgan. Bu borada turizm, taʻlim va madaniyat sohasida o'zaro hamkorlikka jiddiy eʻtibor qaratilmoqda.

O'zbekiston-Xitoy munosabatlarida Shanxay hamkorlik tashkiloti, shuningdek, boshqa xalqaro tashkilotlar doirasida ham ko'p tomonlama hamkorlik aloqalari jadal rivojlanmoqda. Bu borada Xitoy raisi Si Tszinpinning 14-16 sentyabr kunlari davlat tashrifi bilan O'zbekistonda bo'lishi va tashrif dasturiga muvofiq Samarqand shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar bo'lib o'tishi ikki mamlakat o'rtasidagi do'stlik va har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, ko'p qirrali hamkorlikni kengaytirishga xizmat qilishi, shubhasiz.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

07 Mar 20:08
 
33
0
qalampir.uz

Ochlikdan o‘layotgan G‘azo bolalari (fotoreportaj)

BMT rasmiylari G‘azo sektorining shimolida bolalarning to‘yib ovqatlanmaslik darajasi ayniqsa yuqoriligi va anklav janubidagidan qariyb uch baravar ko‘pligini bildirdi.  Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining G‘azo va G‘arbiy Sohil bo‘yicha vakili Richard Piperkornning aytishicha, anklav shimolida ikki yoshgacha bo‘lgan har olti boladan biri o‘tkir to‘yib ovqatlanmaslikdan aziyat chekmoqda. “Bu yanvar oyida qayd etilgan. Bugun vaziyat bundan ham bat

07 Mar 20:08
 
40
0
qalampir.uz

Britaniya Rossiyadan voz kechgan milliarderni “qora ro‘yxat”idan o‘chirdi

Rossiya fuqaroligidan voz kechgan milliarder Igor Makarov Britaniyaning sanksiyalar ro‘yxatidan o‘chirildi. Bu haqda Buyuk Britaniya g‘aznachiligi e’lon qilgan hujjatga tayanib, TASS xabar berdi. Qayd etilishicha, Britaniya Moliya vazirligining bunday qarorga kelish sabablari oshkor qilinmagan. Bungacha qirollik rossiyalik tadbirkor Oleg Tinkov va “Otkritiye” banki boshqaruvi a’zolaridan biri sifatida qora ro‘yxatga kiritilgan Sergey Stogniyenkoga nisbatan ilgari joriy

07 Mar 20:08
 
33
0
qalampir.uz

Ikki davlatda hukumat iste’foga chiqdi

Senegal va Bolgariyada hukumat iste’foga chiqdi. Bu haqda ikkala davlatning ham mahalliy nashrlari xabar berdi. “6 mart kuni Senegal Prezidenti Makki Sal chorshanba kuni hukumatni tarqatib yubordi va Ichki ishlar vaziri Sidiki Kabani mamlakatning yangi Bosh vaziri etib tayinladi”, deyiladi xabarda. Fransuz manbalarining qayd etishicha, Senegal Konstitutsiyaviy sudi mamlakatda prezidentlik saylovlari mamlakatning amaldagi rahbari Makki Salning vakolat muddat

07 Mar 20:08
 
36
0
qalampir.uz

AQSH Kongressi TikTok'ni taqiqlamoqchi

AQSH Kongressining Vakillar palatasi TikTok'ni taqiqlovchi qonun loyihasini ishlab chiqdi. Loyiha kuchga kirgandan so‘ng kompaniyaga ijtimoiy tarmoqni sotish uchun 5 oy vaqt beriladi. Bu haqda “RBK” nashri xabar berdi. Qayd etilishicha, mazkur qonun loyihasi “amerikaliklarni xorijiy dushmanlar tomonidan boshqariladigan ilovalardan himoya qilish uchun” ishlab chiqilgan. Qonun kuchga kirganidan so‘ng, kompaniyaga besh oy vaqt beriladi yoki ilova taqiqlanadi: TikT