calendar 13 Sep 07:51
eye 20
comments 0
comments Manba: zarnews

Gulnora Karimova va uning boshchiligidagi uyushgan jinoiy guruhning 131 mln AQSh dollari miqdoridagi aktivlari O'zbekistonga qaytishi hal bo'ldi — Adliya vazirligi

image

O'zbekiston Respublikasi va Shveytsariya Konfederatsiyasi huquqni muhofaza qiluvchi organlarining tergov doirasidagi hamkorligi va birgalikdagi keng ko'lamli saʻy-harakatlari natijasida Gulnora Karimova va uning boshchiligidagi uyushgan jinoiy guruh aʻzolarining aktivlarini musodara qilish bo'yicha ishlar Shveytsariya sud organlariga oshirilgan.

Undirilishi lozim bo'lgan jami summa davom etayotgan jinoiy ish jarayoniga bog'liq bo'ladi, lekin taxminan 686 million AQSh dollarga teng.

Ushbu ishlar Shveytsariya sudlarida ko'rib chiqilib, taxminan 336 million AQSh dollar uzil-kesil musodara qilingan. Shundan 131 mln AQSh dollari O'zbekistonga qaytishi hal bo'ldi, 205 mln AQSh dollari bo'yicha esa yakuniga yetmoqda, deya xabar berdi Adliya vazirligi.

Hozirgi kunda, qo'shimcha taxminan 350 million AQSh dollari miqdoridagi mablag'larni musodara qilish masalasi Shveytsariya sudlarida ko'rib chiqilmoqda.

Xabaringiz bor, joriy yilning 16 avgust kuni O'zbekiston Respublikasi va Shveytsariya Konfederatsiyasi o'rtasida "Shveytsariya Konfederatsiyasi hududida konfiskatsiya qilingan noqonuniy orttirilgan aktivlarni O'zbekiston Respublikasi aholisining manfaatlarida qaytarish yo'llari to'g'risida"gi bitim imzolandi.

Ushbu bitimning tuzilishiga 2 yil davomida O'zbekiston Respublikasining Adliya vazirligi va vakolatli idoralari hamda Shveytsariyaning Tashqi ishlar vazirligi va manfaatdor vazirliklari bilan BMT ishtirokidagi samarali hamkorlik, shuningdek, puxta amalga oshirilgan ishlar va bir necha davralardan iborat muzokaralar bo'lib o'tdi.

Mazkur bitim noqonuniy orttirilgan 131 mln AQSh dollariga teng aktivlarni O'zbekistonga qaytarishni, qaytarishning asosiy printsiplari, mexanizm va maqsadlarini belgilaydi.

Xususan, mablag'larni qaytarish Birlashgan millatlar Tashkilotining "Uzbekistan Vision 2030 Fondi" deb nomlangan ko'p sheriklik trast jamg'armasi orqali amalga oshiriladi.

Qaytarilayotgan mablag'lar ijtimoiy sohaga yo'naltirilishi, asosan sog'liqni saqlash va taʻlim sohalarini rivojlantirishga ishlatilishi rejalashtirilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Feb 17:49
 
58
0
postda.uz

Ishga kirishda yangi tartib: NOMZODLARGA QO‘YILGAN TALABLAR QANDAY?

Ishga kirishda yangi tartib: nomzodlarGA QO‘YILGAN TALABLAR QANDAY?Ichki ishlar organlariga ishga kirish talablariga ko‘pchilikda qiziqish yuqori. Bu borada zamon bilan hamohang tarzda yangi tartib ham joriy etildi. Ayni shu mavzuda IIV Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti boshqarma boshlig‘i, podpolkovnik Farid AbdIyevga bir nechta savol bilan yuzlandik.– Ichki ishlar organlarida xizmatga nomzodlarni tanlab olish tartibi xususida to‘xtalib o‘tsangi

29 Jan 10:03
 
28
0
postda.uz

SAYOQ YEGAN TAYOQ

O‘sha kuni ham allamahalda mehmonga kelgan akasi Nodirning mashinasida sayr qilgisi kelib qoldi. Kamiga, qo‘shnisi Bahromni ham sherik qildi. Ikkovlon, o‘zlari­ning tili bilan aytganda, «toychoqning uchishiga mast bo‘lib», yarim tunda ko‘cha kezdi. Bu xurmacha qiliq ortidan «tayoq» nafaqat unga, balki ukasining aybini yashirishga uringan Nodirga ham tegdi.– 2024-yil 7-yanvar kuni soat taxminan 22 larda xizmat hududim bo‘lgan «Rajabamin» MFYning «Chumchuqli» mahal

14 Mar 07:23
 
18
0
xs.uz

UzAuto Motors Damas, Labo va Chevrolet Cobalt avtomobillarining narxi oshayotganini tasdiqlamadi

UzAuto Motors dilerlar bilan hamkorlikning yangi tizimiga bosqichma-bosqich oʻtmoqda.Oʻzbekistonda avtomobil bozorining toʻyinganligi avtomobillarni chakana savdosiga yangicha yondashuvlarni talab qilmoqda. Ishlab chiqarish hajmini oshirish boʻyicha uzluksiz ishlar kompaniyaga 'vositachilar'ni chetlab oʻtib, yakuniy mijozlar uchun avtomobillar mavjudligini oshirishga imkon berdi. Natijada ikkilamchi bozorda avtomobillar narxi sezilarli darajada pasaydi.UzAuto Motors bozorda talab ortib bora

12 Feb 17:12
 
32
0
xs.uz

Eng koʻp kartoshka Samarqand viloyatida yetishtiriladi

Kartoshka yetishtirishda umumiy hajmda eng yuqori ulush Samarqand viloyati (20,3 foiz) hissasiga toʻgʻri kelgan.Shuningdek, Andijon (12,2 %), Toshkent (10,8 %) va Fargʻona (10,4 %) viloyatlarida ham kartoshka yetishtirishning yuqori koʻrsatgichlari qayd etilgan.