calendar 13 Sep 06:52
eye 31
comments 0
comments Manba: zarnews

"Ko'zni qamashtiradigan madrasa": Buyuk Britaniyada Registondagi Tillakori madrasasi haqida maqola chop etildi

image

Britaniyadagi «Dorling Kindersley» xalqaro nashriyoti sayyohlar uchun mo'ljallangan "Yaxshisi bu yoqqa keling" sayyohlik qo'llanmasini chop etdi.

Ushbu qo'llanmada O'zbekiston sayyohlik brendining Buyuk Britaniyadagi elchisi Sofi Ibbotsonning mashhur Registon maydonida joylashgan va YuNESKOning Butunjahon merosi ro'yxatidan joy olgan Samarqandning uchta ramziy diniy va meʻmoriy yodgorliklaridan biri -  Tillakori madrasasi haqidagi maqolasi ham o'rin olgan.

Muallif Tillakori madrasasini Vatikandagi Avliyo Pyotr soboriga muqobil bo'lgan tarixiy yodgorlik sifatida taʻriflagan. Shu bilan birga, u "agar gap mutlaq hashamat haqida ketar ekan, ko'zni qamashtiradigan bu madrasa sobordan ustunlikka egadir", deb yozadi.

Maqolada 17 asrning o'rtalarida harbiy qo'mondon Alchin Yalangtush Bahodir tomonidan bunyod etilgan Tillakori madrasasining tarixi va o'ziga xosligi haqidagi batafsil maʻlumotlar o'quvchilarning eʻtiboriga havola qilingan. Ushbu betakror meʻmoriy obida nega bunday nomlanishi, u nega barcha sayohatchilar eʻtiborini tortishi, uning noyob dizayni va boshqa barcha muhim tarixiy maʻlumotlar ushbu maqolada o'z ifodasini topgan, deya xabar  deradi "Dunyo" axborot agentligi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

23 Apr 03:36
 
18
0
xs.uz

«Yoshlar ovozi» tanlovining gʻoliblari Boʻzatov festivalida qatnashadi

Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Аyni kunlarda mamlakatimizning barcha hududlarida isteʼdodli yigit-qizlarni aniqlashga qaratilgan 'Yoshlar ovozi' tanlovining hududiy bosqichlari boʻlib oʻtmoqda.Vazirlar Mahkamasining joriy yilning 16-fevraldagi majlisi bayoniga koʻra, yangi avlodning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish maqsadida 15-30-aprel kunlari yurtimiz boʻylab 'Besh tashabbus olimpiadasi' doirasida 'Yoshlar ovozi' tanlovi oʻtkazilyapti. Tanlovda ishtirokchilar maqom, baxshichilik, anʼ

11 Apr 13:55
 
20
0
postda.uz

Iskandarning bo‘sh ketgan qo‘li

Hamma iqlimlarni qo‘lga kiritgan shoh Iskandar jahon mamlakatining taxtiga ega bo‘ldi. U borib olmagan biron yer qolmadi. Biron yer qolmadiki, u bormagan bo‘lsin. Dunyodagi hamma yer va suv uning hukmiga o‘tib, xo‘lu quruq buyrug‘ining qavzasiga tushdi.Osmonning ko‘k gumbazi ustida xutba o‘qib, adolat tamg‘alarini (oltin, kumushga emas), yulduzlarga urdi. Shohlar o‘z ixtiyorlari bilan unga qul bo‘lishdi; unga qul bo‘lish bilan ular faxrlandilar.U ham shoh edi, ham valiy.

07 Mar 20:07
 
28
0
postda.uz

MILLAT TAQDIRIGA BAG‘ISНLANGAN ASAR

Bugun IIV markaziy apparati xodimlari madaniy hordiq chiqarish hamda ma'naviyati va ma'rifiy bilimlarini boyitish maqsadida poytaxtimizda joylashgan Abror Hidoyatov nomidagi O‘zbek davlat drama teatriga borishdi.Xalqimiz iborasi bilan aytganda, mazkur ibratxonada osoyishtaligimiz posbonlari uchun teatr ijodiy jamoasi tomonidan sahnalashtirilgan spektakl' namoyish etildi.Jadid bobolarimiz hayotidan hikoya qiluvchi “Turkiston bolalari” nomli sahna asari zamirida yotgan o‘sha davrdagi ijtim

07 Mar 20:09
 
24
0
qalampir.uz

Yulduz Rajabova va Burak O‘zchivit bitta serialda rol o‘ynadi

“Boyvachcha kuyov”, “Mendirman Jaloliddin”, “Oyqiz” kabi ko‘plab filmlardagi roli bilan tanilgan o‘zbek aktrisasi Yulduz Rajabova turkiyalik mashhur aktyor Burak O‘zchivit bilan bitta serialda suratga tushdi. Buni Burakning Instagram'dagi sahifasiga joylangan anonsda ham ko‘rish mumkin. Qayd etilishicha, Yulduz Rajabova turkiyalik rejissyor Mehmet Bozdag‘ rejissyorligida suratga olingan "Hukmdor Usmon" tarixiy serialining yangi