calendar 10 Sep 16:51
eye 25
comments 0
comments Manba: zarnews

Malayziyadagi biznes-forumda samarqandlik tadbirkorlar ham bir qator kelishuvlarga erishdi

image

O'zbekiston elchixonasi Samarqand viloyati tadbirkorlar delegatsiyasi, Kuala-Lumpur shahar meri Mahadi bin Che Ngax va Malayziyaning 20 nafarga yaqin yirik ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes-forum tashkil etgan edi.

Forumda Malayziyaning ko'chmas mulk, mehmonxona biznesi bilan shug'ullanuvchi, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi, tibbiyot muassasalarini qurish va meditsina jihozlarini yetkazib berishga va boshqa yo'nalishlarga ixtisolashgan kompaniyalari O'zbekistonlik biznes doira vakillari ishtirok etdi.

Anjuman doirasida mamlakatimiz ishbilarmonlari "KK Group" kompaniyasi bilan hamkorlikda qo'shma korxona tashkil etish va o'zbek mahsulotlarini ushbu kompaniyaning savdo tarmoqlari orqali Malayziyada sotish, shuningdek, "KK Supermart" savdo do'konlari tarmog'i filialini va Malayziya milliy taomlari restoranini Samarqand shahrida ochish bo'yicha muzokaralar olib bordi.

"Sяrikat Jasa" fabrikasi vakillari bilan to'qimachilik sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Shuningdek, Kuala-Lumpur shahar meriga joriy yil 18-19 oktyabr kunlari bo'lib o'tadigan Samarqand kunlariga bag'ishlangan tadbirga taklifnoma taqdim etildi, deya xabar bermoqda Dunyo axborot agentligi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

07 Mar 20:07
 
48
0
postda.uz

IZZAT-IKROM BILAN

KuzatuvUzoq yillar davomida yurtimiz tinchlik-osoyishtaligi yo'lida xizmat qilib, yorug' yuz bilan pensiyaga chiqish har bir ona Vatan posbonining bir umrlik orzusidir. Bugun IIV Tibbiyot boshqarmasi tibbiy nazorat va tekshiruv guruhi yetakchi mutaxassis-shifokor-farmasevti, podpolkovnik Rasuljon Abdullayev ham ana shunday izzat-ikrom bilan nafaqaga kuzatildi.Tadbirda vazirlik tibbiyot boshqarmasi boshlig'i, podpolkovnik Shuhrat Nishanov so'zga chiqib, R. Abdullayevning g'ayrat-shijoat bila

11 Apr 13:55
 
21
0
postda.uz

Foydali o‘quv mashg‘uloti

Qashqadaryo viloyati IIBda o‘quv-amaliy mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Unda boshqarma EKM va shahar-tuman IIB ekspertlari qatnashdi. Ikki kunlik o‘quv mashg‘ulotida IIV Ekspert-kriminalistika bosh markazi va vazirlik Akademiyasi Kriminalistik ekspertizalar kafedrasi xodimlari tomonidan tezkor-qidiruv tadbirlari va tergov harakatlarida ekspert xulosalari orqali isbotlash bazasini mustahkamlash, ekspertlar tomonidan yo‘l qo‘yiladigan odatiy xatoliklarning tanqidiy muhokamasini o‘

11 Apr 13:55
 
21
0
postda.uz

HAMYОN EGASI TOPILDI

Joriy yilning 22-mart kuni viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan Xiva shahridagi “Ichan qal'a” davlat muzey qo‘riqxonasi hududida unutib qoldirilgan hamyon topib olindi.Xodimlar ushbu hamyonning egasini aniqlash va unga bu shaxsiy mulkini qaytarish maqsadida hududdagi kuzatuv kameralari videoyozuvlari orqali o‘rganish ishlarini olib borishdi. Natijada ushbu hamyon Bangladesh davlatidan tashrif buyurgan sayyohga tegishli ekanligi aniqlanib, egasiga topshi

11 Apr 13:55
 
17
0
postda.uz

AYОLNING HAYОTINI SAQLAB QOLDI

Jizzax viloyati IIB JXX YHXB 2-safarbarlik guruhi inspektori, safdor Yunusbek Umarov Sharof Rashidov tumani hududidan o‘tgan M-39 «Toshkent – Termiz» avtomobil yo‘lining 982-kilometrida xizmat olib borayotgandi. Shu payt uning qarshisida «Isuzi» yuk mashinasi to‘xtadi va avtoulovdan tushgan haydovchi bu yerdan 2-3 kilometr narida «Laсetti» katta tezlikda zovurga tushib ketganligini bildirdi. Xodim zudlik bilan haydovchi ko‘rsatgan joyga xizmat avtomashinasida yetib bordi. Y