calendar 16 Aug 13:32
eye 19
comments 0
comments Manba: qalampir

Putin Stalinning qarorini tikladi

image
image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin 10 va undan ortiq bola tug'ib, voyaga yetkazganlarga "Qahramon ona" unvonini taʻsis etib, ular uchun 1 million rubl miqdorida bir martalik to'lov belgiladi. Farmon kecha, 15 avgust kuni huquqiy axborotning rasmiy portalida eʻlon qilindi.

"Rossiya Federatsiyasi fuqarosi bo'lgan 10 va undan ortiq bolani tug'gan va tarbiyalagan onaga "Qahramon ona" unvoni belgilansin", deyiladi hujjatda.

Qayd etilishicha, unvonni berishda 1 million rubl miqdorida pul mukofotidan tashqari diplom va "Qahramon ona" ordeni ham beriladi.

"Alohida ajralib turadigan ko'krak nishoni olmos va emalli tilladan yasalgan "Qahramon ona" ordeni hisoblanadi. Bu oltin va rodiy shtral shaklida nurlarga ega bo'lgan besh qirrali yulduzdir. Yulduzning markazida Rossiya Federatsiyasi Davlat gerbining uch o'lchamli tasviri bo'lgan, qizil emal bilan qoplangan va "Qahramon Ona"qavariq yozuvi bo'lgan dumaloq medalon joylashgan", deyiladi hujjatda.

Xuddi shu farmon bilan Prezident "Ota-ona shon-sharafi" ordeni bilan taqdirlanganda, taqdirlangan ota-onalardan biriga 500 000 rubl miqdorida bir martalik rag'batlantirish, "Ota-ona shon-sharafi" medali bilan taqdirlashda esa 200 000 rubl miqdorida bir martalik rag'batlantirish to'lanishini belgiladi.

Iyun oyi o'rtalarida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin SSSR davrida mavjud bo'lgan "Qahramon ona" faxriy unvonini qayta tiklashni nazarda tutuvchi farmon loyihasini tayyorlashga buyruq bergani xabar qilingandi. 

"Qahramon ona" medali Iosif Stalin davrida SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944 yil 8 iyuldagi qarori bilan taʻsis etilgan. "Qahramon ona" unvoni to'g'risidagi nizomga ko'ra, orden 10 va undan ortiq bola tug'gan va tarbiyalagan onalarga berilgan. 

"Qahramon ona" unvoni Sovet Ittifoqining eng yuqori darajasi bo'lib, bolalar tug'ilishi va tarbiyasidagi xizmatlari uchun ayollarga berilar edi. Eʻtiborlisi, bu unvon millionlab insonlarning hayotiga zomin bo'lgan Ikkinchi jahon urushi yillarida taʻsis etilgan. Frontlarda halok bo'lgan erkaklarning aksariyati yoshlar va o'rta yoshlilar edi. Mamlakat aholisi sezilarli darajada kamaydi. "Qahramon ona" unvoni va shu nomdagi ordenning kiritilishi mamlakatga o'sha davrda yoshlar, kommunizm quruvchilarining yangi avlodi naqadar zarur ekanligini ko'rsatdi. 

"Qahramon ona" faxriy unvoni birinchi marta SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944 yil 27 oktyabrdagi Farmoni bilan berilgan. Mazkur Farmon bilan "Qahramon ona" unvoni bilan taqdirlangan o'n to'rt nafar ayol orasida 1-sonli "Qahramon ona" ordeni va SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1-sonli diplomi 12 bolani tarbiyalagan Moskva viloyati, Mamontovka qishlog'idan rezident Aleksaxina Anna Savelyevna taqdirlandi. Mukofot unga 1944 yil 1 noyabrda Kremlda topshirilgan. 

SSSR tarixida oxirgi marta "Qahramon ona" unvonini berish SSSR Prezidentining 1991 yil 14 noyabrdagi farmoniga muvofiq amalga oshirildi. 

1995 yil 1 yanvar holatiga ko'ra, 431 mingga yaqin ayol "Qahramon ona" ordeni bilan taqdirlangan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

07 Feb 05:01
 
45
0
xs.uz

Rossiyalik kosmonavt orbitada uzoq vaqt qolish boʻyicha jahon rekordini yangiladi

Bu haqda Rossiya kosmik korporatsiyasi xabar bermoqda. Kononenko koinotda 1000 kun, yaʼni 5-iyungacha qolishi kutilmoqda va sentyabr oxiriga kelib, u kosmosda 1110 kunini oʻtkazadi.

07 Feb 05:01
 
54
0
xs.uz

Ispaniyada norozilik bildirgan fermerlar oʻnlab yoʻllarni toʻsib qoʻyishdi

Yevropa qishloq xoʻjaligi sektoridagi inqiroz sharoitida norozilik bildirgan ispan fermerlari traktorlar bilan butun mamlakat boʻylab yoʻllarni toʻsib qoʻydi.RTVE telekanali maʼlumotlariga koʻra, mehnat sharoitlarini yaxshilash va ushbu sohadagi siyosatni oʻzgartirishni talab qilgan fermerlar Barselona, Tarragona, Kastiliya-La-Mancha, Valenciya, Aragon, La-Rioxa, Murciya va boshqa viloyatlardagi avtomagistrallarda harakatlanishni toʻsib qoʻygan.Oʻtgan hafta Ispaniyaning uchta asosiy q

07 Mar 20:08
 
20
0
qalampir.uz

AQSH husiylarning Yamandagi dronlariga zarba berdi

Amerika Qo‘shma Shtatlari Yamanning husiylar nazorati ostidagi hududida ikkita dronga zarba berdi. Bu haqda AQSH Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) xabar berdi. Qo‘mondonlikning bildirishicha, dronlar mintaqadagi savdo va AQSH harbiy-dengiz kuchlari kemalariga bevosita xavf tug‘diradi. Tafsilotlari oshkor etilmagan hujum kecha, 6 mart kuni kechqurun tashkillashtirilgan. "Ushbu harakatlar navigatsiya erkinligini himoya qilish va AQSH dengiz floti va savdo kemalari uchun xalqaro

03 Feb 12:46
 
50
0
qalampir.uz

AQSH Eronga aloqador 85 dan ortiq nishonga zarba berdi

AQSH kuchlari Iordaniyadagi amerikalik askarlarga qarshi hujumga javoban Iroq va Suriyadagi 85 dan ortiq nishonga zarba berdi. Bu haqda AQSH Markaziy qo‘mondonligi xabar berdi. “2 fevral kuni 04:00 da Markaziy qo‘mondonlik kuchlari Iroq va Suriyada Eron inqilobi qo‘riqchilari korpusiga tegishli “Al-Quds” maxsus kuchlari va unga aloqador guruhlarga qarshi havo hujumlarini boshladi. AQSH Qurolli kuchlari 85 dan ortiq nishonga zarba berdi", deyiladi bayonotda.