calendar 16 Aug 10:31
eye 26
comments 0
comments Manba: qalampir

Rossiya Ukrainada niyatiga yetish uchun yadro qurolini ishlatadimi? Shoygu javob berdi

image
image

Rossiya Ukrainada boshlagan urushida maqsadlariga yetishi uchun yadro qurollarini qo'llashiga zarurat yo'q. Bu haqda Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu Xalqaro xavfsizlik bo'yicha Moskva konferentsiyasida aytib o'tdi.

"Harbiy nuqtai nazardan, belgilangan maqsadlarga erishish uchun Ukrainada yadro qurolidan foydalanishga hojat yo'q", deydi Shoygu.

Vazirning so'zlariga ko'ra, Rossiya yadro kuchlarining asosiy maqsadi yadroviy hujumning oldini olishdir.

"Uning qo'llanilishi Rossiyaning jamoatchilikka ochiq bo'lgan ko'rsatmalarida belgilangan favqulodda holatlar bilan cheklangan", deya qo'shimcha qilgan u.

Rossiya-Ukraina urushi

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o'zini mustaqil deb eʻlon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to'g'risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegarasida tan olganini taʻkidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSh, EI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanktsiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini eʻlon qildi va rus qo'shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so'rov yuborgani bilan oqladi.

Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga "na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas"ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko'p o'tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat eʻlon qildi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik eʻlon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.

Rus qo'shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og'ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aktsiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o'tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo'qotishlarga uchradi.

Hujum boshlangach, Evropa davlatlari va AQSh Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanktsiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, "Rossiya" banki, "Otkritiya", "Novikombank", "Promsvyazbank", "Sovkombank" va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSh va Evropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.

Evropa davlatlari, AQSh, Kanada Rossiya uchun o'z havo hududini yopdi. Bu sanktsiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveytsariya ham qo'shildi. Urush fonida Ukrainani Evropa Ittifoqi aʻzoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.

Evropa mamlakatlari allaqachon Rossiya neftini yetkazib berishni almashtirishni boshlagan. Misol uchun, may oyining oxirida Birlashgan Arab Amirliklari ikki yillik tanaffusdan so'ng Evropaga neft yetkazib berishni tikladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

29 Jan 21:37
 
33
0
qalampir.uz

Fermerlar namoyishi: Fransiya hukumati xavfsizlik choralarini kuchaytirdi

Fransiyalik fermerlar bugun, 29 yanvar kuni tushdan keyin Parij va poytaxt chekkasida sakkiz yo‘nalishda harakatlanishni to‘sib qo‘yishga va’da berdi. Butun mamlakat bo‘ylab norozilik namoyishlari davom etmoqda. Norozilik harakati ishtirokchilari hukumat tomonidan qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha e’lon qilingan chora-tadbirlardan norozi. Bu haqda “Euronews” xabar berdi. Fransiyaning eng yirik qishloq xo‘jaligi uyushmasi FNSEA  va “Yosh

08 Feb 09:37
 
47
0
qalampir.uz

Samarqandda Milliy Gvardiya xodimi va advokat pora bilan qo‘lga tushdi

Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda bir necha shaxslar pora bilan ushlandi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi. Birinchi holatda 1990 yilda tug‘ilgan Milliy Gvardiya Samarqand viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi Ishtixon tumanlararo qo‘riqlash bo‘limi xodimi F.O. mansab vakolatidan foydalangan holda mahalliy fuqaroga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini mansabdor tanishlari orqali ijobiy hal qilib berishni va’da

02 Feb 16:29
 
36
0
xs.uz

“Cactus ransomware” guruhi “Schneider Electric” kompaniyasiga hujum qildi

Xakerlar katta miqdordagi maxfiy maʼlumotlarga kirish huquqiga ega boʻlishgan va kompaniyadan toʻlov talab qilgan, biroq, uning hajmi aniqlanmagan. Kompaniya tovlamachilarning talablarini bajarishi yoki boʻlmasligi hozircha maʼlum emas.Xakerlar kirishi mumkin boʻlgan maʼlumotlar orasida 'Clorox', 'DHL', 'DuPont', 'Hilton', 'PepsiCo' va 'Walmart' kabi gigantlar ham bor.Kompaniya hozirda shikastlangan tizimlarni tiklayotganini aytdi. Ular bir necha kundan soʻng toʻliq ish faoliyatini davo

07 Feb 10:29
 
33
0
qalampir.uz

To‘qayev bosh qo‘riqchisini vazir etib tayinladi 

2022 yildan beri Qozog‘iston Prezidentining xavfsizlik xizmatiga rahbarlik qilib kelayotgan Chingiz Arinov mamlakatda hukumat iste’foga chiqishi va yangi hukumat shakillantira boshlangani fonida Favqulodda vaziyatlar vaziri etib tayinlandi. Bu haqda Oqorda matbuot xizmati xabar berdi. “Chingiz Sayranovich Arinov Qozog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri etib tayinlansin”, deyiladi davlat rahbari farmonida. Bungacha Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbari l