calendar 16 Aug 09:32
eye 39
comments 0
comments Manba: qalampir

Islom birdamligi o'yinlari: O'zbekiston medallar soni bo'yicha Eronni quvib o'tdi

image
image

Turkiyaning Konya shahrida bo'lib o'tayotgan V Islom birdamligi o'yinlari davom etmoqda. Kecha, 15 avgust kungi bellashuvlar o'zbekistonlik sportchilar uchun juda omadli keldi.

Ayollar o'rtasida -52 kg vazn toifasida ishtirok etgan ikki nafar o'zbekistonlik dzyudochi shohsupaga ko'tarildi. Diyora Keldiyorova Islom birdamligi o'yinlarida ham o'z vaznida tengsiz ekanini ko'rsatgan bo'lsa, Sita Qadamboyeva bronza medaliga sazovor bo'ldi. Shuningdek, -63 kg vazn toifasida bahs olib borgan Sevinch Isoqova O'zbekiston delegatsiyasi hisobiga navbatdagi bronza medalini qo'shib qo'ydi.

Dzyudo bo'yicha O'zbekiston erkaklar terma jamoasi ham o'yinlarda muvaffaqiyatli ishtirok etganini qayd etish kerak. -73 kg vazn toifasining final bahsida Shahram Ahadov ozarbayjonlik Narimon Mirzayevni mag'lubiyatga uchratib, Islom birdamligi o'yinlarining chempioniga aylandi.

Shuningdek, O'zbekiston Paraolimpiya terma jamoasi ham Islom birdamligi o'yinlarida omadli ishtirok etdi. O'zbekistonlik paraolimpiyachilar 4 ta para sport turidan jami 7 nafar ishtirokchi bilan Turkiyaga yo'l olgan edi. Yakunda o'zbekistonlik paraolimpiyachilar 3 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza, jami 8 ta medalga sazovor bo'lgan holda, o'yinlardagi ishtirokini yakunladi.

O'yinlarning 15 avgust kuniga belgilangan bahslari qilichbozlik va suzish bo'yicha O'zbekiston terma jamoali uchun ham omadli keldi. Qilichbozlik bo'yicha Zaynab Dayibekova, Paola Pliyego, Aysulu Usnatdinova va Sevinch Ismoilovadan iborat terma jamoa final bahsida Ozarbayjonga imkoniyatni boy berib, kumush medal bilan taqdirlandi. Suzish bo'yicha terma O'zbekiston jamoasi aʻzolari Aleksey Tarasenko, Olimjon Odilov, Egor Petryakov va Xurshidjon Tursunov ham kumush medali bilan mukofotlandi.

Avvalroq, og'ir atletika bo'yicha musobaqalarda -109 kg vazn toifasida ishtirok etgan Ruslan Nuriddinov Islom birdamligi o'yinlarining rekordini o'rnatib, mutloq chempionlikni qo'lga kiritgan edi. Nuriddinovning ortidan, +109 kg vazn toifasida Akbar Jo'rayev ham shohsupaga ko'tarildi.


Maʻlumot uchun, Islom birdamligi o'yinlari 18 avgustga qadar davom etadi. Hozircha, O'zbekiston delegatsiyasi 40 ta oltin, 28 ta kumush va 44 ta bronza, umumiy hisobda 112 ta medal jamg'ardi. Bu ko'rsatkich borasida faqatgina mezbon Turkiya O'zbekistondan oldinda bormoqda, xolos.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

07 Mar 20:10
 
56
0
qalampir.uz

Otabek Xolmatov jarohat bilan jang qildi – Top Rank

Kecha, 3 mart tongida o‘zbekistonlik professional bokschi Otabek Xolmatov Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) kamari uchun jang qilib, amerikalik Raymon Fordga qarshi bahsning oxirgi 12-raundida texnik nokautga uchrab, imkoniyatni boy berdi. Jangni tashkil qilgan proumouterlik kompaniyasi Top Rank'ning ma’lum qilishicha to‘qnashuvdan oldin o‘zbekistonlik bokschining jarohati bo‘lgan. 25 yoshli Xolmatov tizzasidan olgan jarohati bilan jang qilgan. “Xolmatov tizzadagi

07 Mar 20:10
 
47
0
qalampir.uz

Odiljon Aslonov profboksda yana bir g‘alaba qayd etdi

O‘zbekistonlik professional bokschi Odiljon Aslonov kecha, 3 mart kuni Rossiyaning Sochi shahrida o‘tkzailgan “IBA chempionlar oqshomi” musobaqasida ishtirok etib, g‘alaba qozondi. Yarimog‘ir vazn toifasida faoliyat yuritayotgan Aslonov gruziyalik Pele Sadoyaga qarshi ringga ko‘tarilib, zafar quchdi. Olti raundga mo‘ljallangan jang to‘liq davom etdi va yakunda hakamlarning yakdil qarori bilan O‘zbekiston vakilining g‘alabasi qayd etildi. Ma’lumot uchun, bu A

14 Mar 07:23
 
78
0
xs.uz

Vitaliy Denisov, Fozil Musayev, Jasur Hasanov “Buxoro” sharafini himoya qiladi

Istam Ibrohimov/'Xalq soʻzi'. Oʻtgan yil superligada muvaffaqiyatsiz qatnashib kuchlilar safini tark etgan 'Buxoro' futbol jamoasi joriy mavsumda oʻz muxlislari kutgan oʻyinni namoyish qiladiganga oʻxshab turibdi.Gap shundaki, jamoa Pro-ligadagi uchrashuvlarni yulduzli tarkibda boshlamoqda. Vitaliy Denisov, Artyom Filiposyan, Davronbek Hoshimov, Fozil Musayev, Jasur Hasanov singari tajribali futbolchilar endi 'Buxoro' sharafini himoya qilishadi. Yaqinda klub tomonidan oʻtkazilgan yangi fut

11 Apr 14:02
 
29
0
xs.uz

Isroil Madrimovga prezident sovgʻasi – “Chevrolet Tahoe” avtomobil topshirildi

Professional boksda oʻz faoliyatini olib borayotgan bokschimiz Isroil Madrimov oʻtgan hafta super yarim oʻrta vaznda WBA chempionlik kamarini qoʻlga kiritgan edi.Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida tashkil etilgan boks oqshomida vakilimizga rossiyalik yengilmas bokschi Magomed Qurbonov (25 jang, 25 gʻalaba)ni 5-raundda nokautga uchratgandi.Bugun, bokschimiz Oʻzbekistonga qaytib keldi. Uni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Oʻzbekiston Sport vazirligi, Milliy Olimpiya