Neymar va Mbappe o'rtasidagi shov-shuvli mojaro hal qilindi

image

Frantsiyaning PSJ klubi rahbariyati Kilian Mbappe va braziliyalik Neymar Junior o'rtasidagi shov-shuvli mojaroni hal qilishga muvaffaq bo'ldi. Bu haqda  "Le Parisien" nashri jurnalisti Adrian Grenye Twitter’dagi sahifasida xabar berdi.

Qayd etilishicha, Neymar va Mbappe o'rtasidagi mojaroga PSJ sport direktori Lukas Kampos shaxsan aralashishiga to'g'ri kelgan. Kampos o'yinchilarga ularning xatti-harakati jamoaning umumiy ko'rsatkichlariga zarar keltirmasligini va futbolchilar o'rtasidagi kelishmovchiliklarni birgalikda hal qilish kerakligini tushuntirgan. Futbolchilar bilan bo'lib o'tgan so'nggi uchrashuv natijasida tomonlar mojaro bartaraf etilganini tan olishgan.

Avvalroq, Kilian Mbappe PSJ rahbariyatini Neymarni sotib yuborishga ko'ndirmoqchi ekanligi to'g'risida xabarlar tarqalgandi.

Maʻlumot uchun, bosh murabbiy Kristof Galtye boshchiligida PSJ Frantsiya chempionatini juda muvaffaqiyatli boshladi. Yaʻni, "Klermon" (5:0) va "Monpelye" (5:2) ustidan yirk hisobdagi g'alabalarga erishildi. Neymar bu uchrashuvlarda 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi. Mbappe esa faqat 1 ta gol kiritdi.