Akbar Joʻrayev Islom Birdamlik Oʻyinlari rekordini oʻrnatdi va 3 karra oltin medal sohibi boʻldi

Foto: Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Turkiyaning Konya shahrida V Islom birdamligi oʻyinlari davom etmoqda.

+109kg vazn toifasida yurtimiz sharafini Akbar Joʻrayev himoya qildi va dast koʻtarishda 200kg bilan Islom Birdamlik Oʻyinlar rekordini oʻrnatdi va oltin medal sohibi boʻldi.

Siltab koʻtarish mashqida ham Akbar raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Uchala urinishidan unumli foydalandi (23, 242, 246). Yangi rekord va ikkinchi oltin medalini yutdi.

Ikkikurash natijasi (446kg) bilan yurtdoshimiz mutlaq chempionlikni qoʻlga kiritish barobarida delegatsiyamiz uchun muhim 3 ta oltin medalni taqdim qildi.