Muxtor Ashrafiy tavalludining 110-yilligiga bagʻishlab tanlov eʼlon qilinadi

Madaniy meros agentligi, Kompozitorlar va bastakorlar uyushmasi hamda Muxtor Ashrafiy uy-muzeyi tomonidan Xalq artisti, Davlat va Xalqaro mukofotlar sovrindori, kompozitor va dirijyor, pedagog va jamoat arbobi Muxtor Ashrafiy tavalludiga 110-yil toʻlishi munosabati bilan yosh kompozitorlar kamer cholgʻu asarlari Respublika tanlovi eʼlon qilinadi.