calendar 03 Jul 15:20
eye 20
comments 0
comments Manba: xs

Konstitutsiyaga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha muhokamalar jarayoni davom etmoqda — Shavkat Mirziyoyev

image

Foto: president.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesida deputatlar, faxriy va faollar bilan uchrashuv oʻtkazmoqda. Davlatimiz rahbari vatandoshlarimiz va Joʻqorgʻi Kenges deputatlariga murojaat qildi.

“Mamlakatimiz Konstitutsiyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasining «Favqulodda holat toʻgʻrisida”gi qonuniga muvofiq, fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash, ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish, qonuniylik va huquq-tartibotni tiklash maqsadida men 2022-yil 3-iyuldan 2-avgustga qadar “Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida favqulodda holat joriy etish haqida”gi Farmonni imzoladim.

Ishonchim komil, ushbu farmon ijrosini taʼminlash davomida koʻpmillatli Qoraqalpogʻiston xalqi mamlakatimiz ravnaqi va farovonligining poydevori boʻlgan tinchlik va barqarorlik, fuqarolar oʻrtasida hamjihatlikni taʼminlash uchun birlashib, barcha kuch va imkoniyatlarini safarbar etadi.

Yana bir bor taʼkidlab aytmoqchiman: “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi eʼlon qilindi va umumxalq muhokamasidan oʻtmoqda. U faqat Oʻzbekiston xalqining taklif va fikrlari asosida oʻzgartiriladi va takomilga yetkaziladi.

Shundan soʻng mazkur loyiha Oʻzbekiston Respublikasi referendumiga qoʻyiladi va fuqarolarimiz erkin ovoz berish yoʻli bilan oʻz xohish-irodasini ifoda etadilar. Faqat shundan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritiladigan oʻzgartish va qoʻshimchalar qonuniy kuchga ega boʻladi.

Bunday yondashuv “Xalq – Konstitutsiyaning birdan-bir manbai va muallifi”, degan prinsipga toʻla mos keladi. Faqat shundagina har bir vatandoshimiz “Yangi Oʻzbekiston Konstitutsiyasi – bu mening Konstitutsiyam”, deb gʻurur bilan ayta oladi.

Konstitutsiyaga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha muhokamalar jarayoni davom etmoqda. Qoraqalpogʻiston aholisi tomonidan bildirilayotgan fikrlarni oʻrganish asosida Joʻqorgʻi Kenges deputatlari, muhtaram nuroniylarimiz hamda Qoraqalpogʻiston faollari bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda men Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasining huquqiy maqomiga oid 70, 71, 72, 74, 75-moddalarini amaldagi tahrirda, oʻzgartirmasdan qoldirishni taklif etdim.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yaqin kunlarda bu masalani koʻrib chiqadi».


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Mar 00:38
 
50
0
xs.uz

Oilaviy tadbirkorlik uchun 14 foizdan kredit beriladi

' oilaviy tadbirkorlik, daromad topish va faoliyatini kengaytirish uchun aholi va tadbirkorlarga ' 3 oydan 6 oygacha imtiyozli davr bilan 3-yilgacha;' chorvachilik, baliqchilik, quyonchilik, asalarichilik, kurkachilik va parrandachilik, biogumus ishlab chiqarish, 'dala doʻkonlari' qurish va koʻchma muzlatkichlarni oʻrnatish uchun ' 1-yilgacha imtiyozli davr bilan 3-yilga;' bogʻdorchilik, uzumchilik va limonchilik, issiqxona qurish, qishloq xoʻjaligi texnikasi va asbob-uskunalarini xarid qil

07 Mar 20:12
 
46
0
xs.uz

Yaqinda Zulfiya mukofoti bilan taqdirlangan Meruyert Omonboyeva masʼul lavozimga tayinlandi

Nurota tumanidagi 'Qosemqaji Meruyert' MCHJning direktori Meruyert Omonboyeva Prezidentimizning 2024-yil 4-martdagi 'Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash toʻgʻrisida'gi qaroriga koʻra ushbu mukofot bilan taqdirlangandi.Kuni kecha u Savdo sanoat palatasining Navoiy viloyati boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.M. Omonboyeva palata boshqarmasi boshligʻi etib tayinlangan ilk ayol hisoblanadi.

07 Mar 20:13
 
40
0
xs.uz

BMT prinsiplari milliy statistika tizimiga joriy etiladi

Qarorga koʻra, Birlashgan Millatlar Tashkilotining rasmiy statistika sifatini taʼminlash boʻyicha bazaviy prinsiplari milliy statistika tizimiga joriy etilishini taʼminlash maqsadida 2024-yil yakuniga qadar:' rasmiy statistikani tayyorlovchilar tomonidan tarqatiladigan statistika maʼlumotlari Statistika maʼlumotlarini ishlab chiqishning namunaviy modeli (GSBPM) asosida shakllantiriladi;' BMT tomonidan tavsiya etilgan sifatni boshqarish boʻyicha qoʻllanmalarni toʻliq joriy etish doirasid

11 Apr 20:33
 
55
0
qalampir.uz

3 oy ichida tez yordam xizmatiga eng ko‘p chaqiriq vodiy viloyatlaridan kelgan – SSV 

O‘zbekistonda 2024 yilning yanvar-mart oylarida tez yordam xizmatiga jami 3 million 111 ming 148 ta murojaat kelib tushgan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi. Qayd etilishicha, chaqiruvlarning aksariyatini, ya’ni 2 million 205 ming 296 tasini shoshilinch ko‘rsatma tashkil qilgan. Shuningdek, 812 ming 247 ta surunkali kasalliklar va 19 ming 114 ta tug‘uruq chaqiriqlari bo‘lgan. Eng ko‘p murojaatlar: Toshkent shahri – 330 919 ta; Farg‘ona viloy