calendar 03 Jul 14:31
eye 26
comments 0
comments Manba: qalampir

Nukus tinch, ammo vaziyat tarang – "The Economist" muxbiri

image
image

Bugun, 3 iyul kuni "The Economist" jurnalining O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan jurnalisti Joanna Lillis bugun Nukusga yetib keldi. Bu haqda u o'zining Twitter sahifasida yozib qoldirgan. 

"Nukus tinch, ammo vaziyat tarang. Men bugun namoyishlar bo'lganini ko'rganim yo'q. Juda qattiq xavfsizlik choralari ko'rilgan. Hukumat va parlament binolari xavfsizlik kuchlari tomonidan qurshab olingan, transport vositalarining harakatlanishi cheklangan", deb yozgan jurnalist. 

Eslatib o'tamiz, joriy yilning 1 iyul kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi Nukus shahrida ayrim fuqarolar O'zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlarni noto'g'ri talqin qilib, kutilmaganda namoyishlar uyushtirdi. 

Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi holatni Nukusda davlat boshqaruvi organlarini egallashga urinish deb baholadi.

Shundan so'ng, kecha, 2 iyul kuni O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog'istonga yetib bordi va qoraqalpoq xalqi bilan muloqot qildi. 

Shuningdek, Prezident Konstitutsiyaga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish muhokamasi hali davom etayotganini inobatga olib hamda Qoraqalpog'iston aholisi bildirayotgan fikr va mulohazalarni o'rgangan holda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 70, 71, 72, 74, 75-moddalarini amaldagi tahrirda o'zgarishsiz qoldirish zarurligini maʻlum qildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

07 Mar 20:13
 
31
0
xs.uz

Turkiya boy yevropalik sayohatchilar uchun muhim sayyohlik manziliga aylandi

Yaxshi tashkil etilgan mehmonxonalari, sifatli xizmati va mehmondoʻstligi bilan Turkiya nafaqat oilaviy dam olish uchun juda mashhur joy, balki soʻnggi investitsiyalar va samarali yangi strategiyalar tufayli badavlat sayohatchilar uchun muhim madaniy manzildir.Ushbu muhim rivojlanishda xususiy sektor har doim muvaffaqiyatli va innovatsion yondashuvga ega boʻldi va odatda aniq rahbarlik qarorlari bilan harakat qiladigan Turkiya Madaniyat va turizm vazirligi muhim rol oʻynadi.Tajribali turizm

07 Mar 20:08
 
28
0
qalampir.uz

Devid Kemeron Markaziy Osiyoga keladi

Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron Markaziy Osiyoga kelishni rejalashtirmoqda. Bu haqda u 5 mart kuni parlamentning Lordlar palatasida bo‘lib o‘tgan tinglovda ma’lum qildi. “Biz butun dunyo bo‘ylab ittifoq va sheriklik tarmog‘imizni mustahkamlash tarafdorimiz. Markaziy Osiyo biz yaxshiroq ishlashni istagan tarmoqlardan biridir. Men u yerga borishni rejalashtiryapman. U yerda qaysi soha va korxonalar, ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilishimiz kerakligin

11 Apr 13:56
 
22
0
qalampir.uz

Germaniya Isroilga qurol sotgani uchun genotsidda ayblanmoqda 

Nikaragua BMTning oliy sudidan Germaniyada ishlab chiqarilgan qurollarni Isroilga sotishni to‘xtatishni so‘radi. Ish qonuniy pretsedentga aylanishi mumkin. Bu haqda BBC xabar berdi. Berlin Isroilga harbiy texnika jo‘natib, genotsidning oldini olish bo‘yicha BMT konvensiyalarini buzganlikda va BMT yordam agentligiga ajratiladigan mablag‘ni to‘xtatganlikda ayblanmoqda. 2023 yilda Isroil uchun umumiy qiymati 300 million yevroga teng harbiy texnika xaridining 30 foizi Germaniyadan

07 Mar 20:08
 
33
0
qalampir.uz

Erdo‘g‘an Isroilni ogohlantirdi

Agar Isroil falastinliklarning Quddusdagi muqaddas joylariga borishini cheklash yoki taqiqlashga qaror qilsa, bu jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bu haqda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an kecha, 5 mart kuni Anqarada Falastin Prezidenti Mahmud Abbos bilan o‘tkazgan qo‘shma matbuot anjumanida ma’lum qildi. “Isroillik radikal siyosatchilarning falastinliklarning muqaddas joylarga kirishiga cheklov qo‘yish haqidagi so‘rovlari mutlaqo bema’nilikdir. Bunday ha