Elizavetta II shahzoda Charlzga vakolatlaridan bir qismini topshiradi

image

Buyuk Britaniya qirolichasi Elizaveta II taxt vorisi, Uels shahzodasi Charlzga davlat rahbari sifatidagi vakolatlaridan bir qismini topshiradi. Bu haqda " The Sunday Times" nashri xabar berdi. 

Qayd etilishicha, 10 yildan ortiq vaqt ichida birinchi marta Bukingem saroyi tomonidan eʻlon qilingan monarxning rasmiy vazifalari ro'yxatiga jiddiy o'zgartirishlar kiritilgan. Biroq nashrning saroydagi manbasi bu hujjatning faqat "kichik yangilanish" ekanligini maʻlum qilgan.

Ilgari vazifalar 13 banddan iborat ro'yxatini o'z ichiga olgan bo'lib, ular orasida Bosh vazirni rasmiy tayinlash, parlamentning yangi sessiyalarining ochilishida ishtirok etish, davlat tashriflari va Buyuk Britaniyaga bunday tashriflar bo'yicha tashrif buyuradigan boshqa davlatlar oliy mansabdor shaxslari bilan uchrashuvlar o'tkazish bo'lgan. 

Endi hujjatda faqat umumiy matn mavjud bo'lib, unga ko'ra qirolicha "qator parlament va diplomatik vazifalar"ga ega.

Maʻlumot o'rnida, may oyida 73 yoshli shahzoda Charlz parlament sessiyasining ochilishida birinchi marta Elizaveta II ning o'rniga nutq so'zlagandi Qirolicha 59 yil ichida birinchi marta ushbu marosimda qatnashmadi.