calendar 03 Jul 09:31
eye 20
comments 0
comments Manba: qalampir

Diqqat feyk! Qoraqalpog'istonda ko'cha qonga to'lgani haqida yolg'on xabar tarqatildi

image
image

Ijtimoiy tarmoqlarda Nukus ko'chalari qonga to'ldi mazmunidagi feyk va provokatsion xabarlar tarqalmoqda. Aslida esa bu noqonuniy namoyishga chiqqanlarni tarqatish uchun sepilgan qizil rangdagi suv.

"Kecha internetda Nukus ko'chalari qonga to'ldi deb video tarqalgandi. Shu videoni faktchek qilishibdi. Ko'chadagi qon emas, balki olomonni tarqatish uchun sepilgan qizil rangli maxsus suv ekan.

Ammo afsuski, ushbu videoni juda ko'pchilik, ayniqsa, xorijdagilar "ko'cha qonga to'ldi" deb tarqatishdi.

Iltimos, bunaqa provokatsiyalarga uchmanglar. Hozir tarqatilayotgan videolarning aksariyati yoki yolg'on, yoki rost bo'lsa ham, umuman boshqa vaqtda va boshqa davlatda sodir bo'lgan voqealardir.

Qayerdadir biror mojaro bo'lsa, u haqida minglab feyk-yolg'on xabarlar tarqaladi. Qaysi davlatda va qaysi vaqtda bo'lishidan qatʻi nazar doim shunaqa bo'lgan. Shu sababli hozir ham axborot urushi boshlanib ketdi.

Biz o'z muammolarimizni o'zimiz hal qilishga qudratiga egamiz, chetdan kelayotgan provokatsiyalardan ehtiyot bo'lishimiz kerak", deb yozadi huquqshunos Hushnudbek Hudoyberdiyev. 

Maʻlum qilinishicha, bundan asosiy maqsad qizil rang tekkan tartibbuzarlarni tezda aniqlash va ularni qo'lga olish, agar qurolli namoyish bo'lsa, ularni qurolsizlantirish uchun qilinadi. Qizil rang tezda ko'zga tashlanadi va aniqlash oson bo'ladi.

Bundan tashqari qizil g'ayritabiiy rang, oddiy suv sepilganda namoyishchilar tarqalmasligi, xuddi yomg'ir yoqqanda ho'l bo'lganday oddiy qabul qilishi mumkin. Ammo rangli suv ommaviy tartibsizlik ishtirokchilarini tezroq tarqatib yuboradi, kamida yuz-qo'lidagi rangni tozalash uchun ham tarqalishadi.

Shuni alohida taʻkidlash joizki, polshalik jurnalist Agneshka Pikulitska ham shu kabi feyk xabarni Twitter sahifasiga joylagan. Keyinchalik esa postni o'chirib tashlagan va feyk xabar tarqatgani uchun uzr so'ragan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

23 Apr 03:35
 
15
0
xs.uz

Serra-Leonening Oʻzbekistondagi birinchi elchisi akkreditatsiyadan oʻtdi

'Serra-Leone Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Muhammad Yongavo janoblarini qutlashdan va uning ishonch yorliqlarini qabul qilishdan mamnunmiz, ' deb yozdi Oʻzbekiston TIV rahbari oʻzining telegram kanalida. ' Ikki tomonlama aloqalarimizni boyitish uchun hali foydalanilmagan ulkan salohiyat mavjud. Janob Elchiga mamlakatimizdagi faoliyati davomida barcha sohalardagi keng imkoniyatlarni oʻrganishda muvaffaqiyatlar tilaymiz'.Eslatib oʻtamiz, Oʻzbe

14 Mar 07:22
 
34
0
xs.uz

Tanzila Norboyeva BAA Gender tenglik kengashi vitse-prezidenti bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi

Maʼlumki, keyingi yillarda Oʻzbekiston va BAA oʻrtasida koʻp qirrali hamkorlik munosabatlari yangi bosqichga koʻtarildi. Davlatimiz rahbarining ushbu davlatga rasmiy tashrifi ikki mamlakatning doʻstlik hamda sheriklik munosabatlari tarixida yangi sahifa ochdi, keng qamrovli hamkorlikni kengaytirishga kuchli turtki berdi.Muloqot chogʻida Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish, xalqaro reytinglar, davlat boshqaruvi, shuningdek, xotin-qizlar huquqlarini kengaytirish va ayollar tadbirkorl

23 Apr 03:35
 
8
0
xs.uz

Surxondaryoda anʼanaviy “Kitobxonlik haftaligi” oʻz ishini boshladi

Farhod ESONOV / 'Xalq soʻzi'. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabr kungi '2020-2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida'gi qarori asosida 2021-yildan buyon mamlakatimizda har yili aprel oyida 'Kitobxonlik haftaligi' oʻtkazilib kelinmoqda.Har yili anʼanaga aylangan mazkur haftalik doirasidagi tadbirlarga bugun Surxondaryo viloyatida ham start berildi.Viloyat axborot va ommaviy kommunika

07 Mar 20:12
 
52
0
xs.uz

Fatvo markazi 2024-yil uchun zakot, fitr va fidya miqdorini eʼlon qildi

ZAKOTRamazon oyi uchun tillo qiymatidan zakot hisobi 40.000.000 (qirq million) soʻm etib belgilandi.Demak, kimda zaruriy ehtiyojidan tashqari 40 000 000 (qirq million) soʻm va undan ortiq pul mablagʻi yoki ushbu qiymatdagi savdo-tijorat moli boʻlsa, jami mablagʻining qirqdan biri (2,5 foizi)ni zakot niyatida haqdorlarga beradi.FITRFitr sadaqasining miqdori quyidagicha belgilandi:bugʻdoydan ' 14 000 (oʻn toʻrt ming) soʻm;arpadan ' 20 000 (yigirma ming) soʻm;mayizdan ' 110 000 (bir yuz o