calendar 03 Jul 06:31
eye 7
comments 0
comments Manba: qalampir

Davlatning birligi uchun kurashayotganlarga tosh otish vaqti emas – Rabbimov Qoraqalpog'istondagi vaziyat haqida

image
image

Har bir millatning, davlatning tarixida, taqdirida murakkab davrlar bo'ladi. Bugun, O'zbekiston davlatining, o'zbek va qoraqalpoq yagona xalqining imtihon kunlari hisoblanadi. Bu haqda siyosatshunos va tahlilchi Kamoliddin Rabbimov Telegram sahifasida yozib qoldirgan. 

"Kelajakda, sizning farzandlaringiz o'zini qanday his qilishi - bugungi kundagi siz-u bizning qanday o'ylashimiz va qanday harakatlar qilishimizga bog'liq! 

Sizning farzandlaringiz parchalangan va ihotalangan, boshqalarga bo'ysundirilgan davlatchada yashaydimi, yoki mintaqa bilan birlashib, borgan sari qudratli davlatda yashaydimi – bugungi fikrlashimizga va harakatlarimizga bog'liq! 

Sizni davlatingizni parchalab tashlashni, o'zlariga bo'ysundirishni istaydilar! Sizni esa o'zlariga tobe yoki ikkilamchi millat sifatida ko'rishni istaydilar. Yana kimlardir sizni timsolingizda o'zlari uchun raqib ko'radilar. Sizda raqib ko'rganlar, ular aql bilan emas, hasad va ehtiros bilan o'ylaydilar. Sizni tobe ko'rishni istaganlar, sizda o'zlari uchun mardikor va xizmatkor ko'radilar. 

Bu qiyin kunlar o'tadi. Birodarlar o'rtasidagi ehtiroslar ketib, iymon va huquq asosidagi birlik qaytadi. Lekin, bugun davlatning va millatning birligi uchun kurashish kerak. Davlatning birligi uchun kurashayotganlarga tosh otish vaqti emas. Davlatning birligi uchun harakat qilayotganlarni qo'llab-quvvatlash vaqti. Bugun davlatingiz va millatingiz birligi uchun, kelajak avlodlaringizni birligi, xavfsizligi va g'ururi uchun kurashadigan kunlar!", deb yozgan Rabbimov. 

Eslatib o'tamiz, joriy yilning 1 iyul kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi Nukus shahrida ayrim fuqarolar O'zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlarni noto'g'ri talqin qilib, kutilmaganda namoyishlar uyushtirdi. 

Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi holatni Nukusda davlat boshqaruvi organlarini egallashga urinish deb baholadi.

Shundan so'ng, kecha, 2 iyul kuni O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog'istonga yetib bordi va qoraqalpoq xalqi bilan muloqot qildi. 

Shuningdek, Prezident Konstitutsiyaga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish muhokamasi hali davom etayotganini inobatga olib hamda Qoraqalpog'iston aholisi bildirayotgan fikr va mulohazalarni o'rgangan holda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 70, 71, 72, 74, 75-moddalarini amaldagi tahrirda o'zgarishsiz qoldirish zarurligini maʻlum qildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

30 Jan 15:22
 
42
0
xs.uz

Elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilganligi holati boʻyicha dalolatnomani yoʻq qilib berishni vaʼda qilgan muhandis ushlandi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

30 Jan 05:01
 
36
0
xs.uz

Ohangarondagi 23 gektar va Yangiyoʻldagi 37 gektarda joylashgan sobiq chiqindi poligonlari hududida “yashil bogʻlar” tashkil qilish boshlanadi

Atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligiga viloyat hokimlari bilan birga 'noqonuniy kesilgan har bir daraxt oʻrniga 100 ta koʻchat ekish' tizimini joriy qilish topshirildi.Ohangarondagi 23 gektar va Yangiyoʻldagi 37 gektarda joylashgan sobiq chiqindi poligonlari hududida 'yashil bogʻlar' tashkil qilish boshlanadi.Suvga zararli tashlanmalarni oqizayotgan va oʻzidan zararli chiqindilarni koʻp chiqarayotgan korxonalar bilan ishlash boʻyicha alohida dastur amalga oshiriladi.

04 Feb 05:00
 
35
0
xs.uz

Oʻzbekistonning ayrim hududlarida 4-fevral kuni vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi

Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, kechasi va kunning birinchi yarmida biroz qor yogʻishi, tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-2html5-dom-document-internal-entity1-deg-end sovuq, kunduzi 3-5html5-dom-document-internal-entity1-deg-end iliq boʻladi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamo

05 Feb 19:07
 
60
0
qalampir.uz

Bloger Otabek Sattoriy qamoqdan ozod qilindi

Bugun, 5 fevral kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi tuman sudida 6 yilga qamalgan bloger Otabek Sattoriyning sudga kiritgan iltimosnomasi ko‘rib chiqilib, qanoatlantirildi va u ozod etildi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati sudlari ma’lum qildi.  Jinoyat ishlari bo‘yicha Muzrabot tuman sudining 2021 yil 10 may kunidagi hukmi, Samarqand viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyatsiya  instansiyasining 2021 yil 15 iyuldagi ajrimi va Oliy sud jinoyat ishlari