calendar 02 Jul 09:20
eye 25
comments 0
comments Manba: xs

Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga saralash imtihonlari 3-iyuldan boshlanadi

image

Illustrativ foto

Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga saralash imtihonlari 3-iyuldan boshlanib, 6 kun davom etadi. Bu haqda Prezident taʼlim muassasalari agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Test jarayonlari 3-iyul kuni 08:00 da boshlanadi.

Imtihonlar 3 smenada - 08:00 13:00 va 18:00 da boʻlib oʻtadi.

Imtihonga belgilangan vaqtdan 1 yarim soat oldin kelish talab etiladi.

 Imtihon joyi va boshqa zaruriy maʼlumotlarni “Shaxsiy kabinet” orqali olishni unutmang.

Talabgorlar tugʻilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi va ruxsatnoma bilan kelishlari kerak.

Imtihon kuni karantin qoidalariga amal qilish talab etiladi.

Sinflar kesimida imtihon fanlari quyidagicha:

– matematika, ingliz tili – 5–6-sinf aniq fanlar;

– matematika, ingliz tili, fizika – 7–11-sinf aniq fanlar;

– biologiya, ingliz tili – 7-sinflar tabiiy fanlar;

– biologiya, ingliz tili, kimyo tabiiy fanlar yoʻnalishida – 7-sinfdan yuqori sinf tabiiy fanlar yoʻnalishi.

Test savollari maktab darsliklari boʻyicha tuzilgan. Imtihonda oʻquvchining asosan mantiqiy fikrlash qobiliyatlari tekshiriladi.

Eslatib oʻtamiz, ayni kunlarda Prezident va ijod maktablariga kirish imtihonlari boʻlib oʻtmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

07 Mar 20:12
 
28
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev: Inson qadrini ulug‘lash avvalo azizu mukarrama ayollarni ulug‘lashdan boshlanadi

Marosimda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, ayollarga samimiy mehri va hurmatini izhor etdi.' Biz har yili bu kunni intiqlik, qalbimizda ajib iliqlik bilan kutamiz. Ushbu shukuhli ayyomda hammamiz bizni dunyoga keltirgan, oq sut berib, mehr va tarbiya berib voyaga yetkazgan buyuk ona siymosiga, moʻtabar ayol zotiga ta'zim qilamiz. Zero, inson qadrini ulug'lash avvalo azizu mukarrama ayollarimizni ulug'lashdan boshlanadi, ' dedi Prezident.Mamlakatimizda bu maq

14 Mar 07:22
 
33
0
xs.uz

“Qoʻyliq” dehqon bozori faoliyati tugatildi

Kompaniya ijroiya organining aksiyadorlarga axborot berishicha, jamiyatning hududida tadbirkorlar faoliyati 2024-yil 5-yanvardan toʻxtatilgan.'Oʻtgan ikki oy davomida bozor faoliyatini qay tartibda davom ettirish, taʼmirlash, rekonstruksiya qilish boʻyicha biror bir rasmiy yoki norasmiy'maʼlumotlar bugungi kunda mavjud emasligi, ayni paytda yer soligʻi, mulk soligʻi hisoblanishi davom etayotganligi, modomiki holat davom etsa, kompaniyaning moliyaviy ahvoli qiyinlashib qolishi kutilishi sa

07 Mar 20:12
 
26
0
xs.uz

Oʻzbekiston va Lixtenshteyn oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatildi

Ikki mamlakat hukumatlari nomidan hujjatni Oʻzbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulugʻbek Lapasov va Lixtenshteyn Knyazligining BMTdagi doimiy vakili Kristian Venvayzer imzoladi.Tomonlar xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari doirasida qoʻshma hamkorlikni kuchaytirishga oʻzaro tayyor ekanliklarini bildirdilar.Siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikning oʻzaro manfaatli yoʻnalishlarini topish uchun ikki tomonlama aloqalarni faollas

11 Apr 14:01
 
22
0
xs.uz

Mehnat migratsiyasidan qaytgan shaxslar va ularning oila aʼzolari bepul tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi

Mehnat migratsiyasidan qaytgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga har bir ishga olingan xodim uchun 12 oy davomida oyiga 500 ming soʻmdan subsidiya toʻlanadi (bundan byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar mustasno).Bunda:' subsidiya 2024-yil 1-iyundan 2026-yil 1-yanvarga qadar ishga qabul qilingan shaxslarga nisbatan toʻlanadi;' mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxs bilan tuzilgan va Yagona m