calendar 02 Jul 07:31
eye 17
comments 0
comments Manba: qalampir

Nukusda davlat boshqaruvi organlarini egallashga urinish qayd etildi – Rasmiy bayonot

image
image

Qoraqalpog'istonda sodir bo'layotgan voqealar yuzasidan Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi rasmiy bayonot berdi. Unda qayd etilishicha, Nukusda davlat boshqaruvi organlarini egallashga urinishda ifodalangan g'ayriqonuniy harakatlar sodir etilgan. 

"O'zbekiston Respublikasida olib borilayotgan ochiqlik va xohish-irodani erkin ifoda qilish siyosatiga qaramay, 2022 yil 1 iyul kuni Nukus shahrida bir guruh jinoyatchi shaxslar Qoraqalpog'iston Respublikasining davlat boshqaruvi organlarini egallashga urinishda ifodalangan g'ayriqonuniy harakatlarni tashkil etdi.

Populistik shiorlarni niqob qilib olib, fuqarolarning ongi va ishonchini manipulyatsiya qilib, tartibsizliklar tashkilotchilari hokimiyat vakillarining qonuniy talabalariga bo'ysunmay, respublika fuqarolarini Qoraqalpog'iston Respublikasining maʻmuriy binolari oldidagi maydonga yig'dilar.

Ig'vogarlar yig'ilgan fuqarolarga tayangan holda ushbu davlat muassasalarini egallab olishga va shu orqali jamiyatda ixtilof keltirib chiqarish, O'zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat barqarorligini izdan chiqarishga urindilar", deyiladi bayonotda.

Qayd etilishicha, huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan qabul qilingan qatʻiy choralar bilan tashabbuskorlarning g'ayriqonuniy xatti-harakatlari to'xtatilib, ommaviy tartibsizlik uyushtirishga urinishlar tarqalishiga chek qo'yilgan.

"Shuni ishonch bilan aytamizki, davlatimiz vaziyatni yanada beqarorlashtirilishiga yo'l qo'ymaslik uchun barcha zarur salohiyatga ega. Ommaviy tartibsizliklar tashkilotchilarining bir guruhi hamda huquqni muhofaza etuvchi organlarga faol qarshilik ko'rsatgan shaxslar qo'lga olingan. Hozirda ularga nisbatan tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. Barcha ig'vogarlarning shaxsi aniqlanadi va ular amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortilishi taʻminlanadi.

Respublikadan tashqaridagi nosog'lom kuchlarning Qoraqalpog'istondagi vaziyat rivojiga, shu jumladan aniq yo'naltirilgan axborot xurujlari va ro'y berayotgan voqealarni qasddan buzib ko'rsatish orqali taʻsir qilishga urinishlari qayd etilmoqda.

Yuzaga kelgan vaziyatda jamoat xavfsizligi va barqarorligini taʻminlashda, fuqarolarni g'ayriqonuniy xatti-harakatlardan ogohlantirib, yuzaga kelgan masalalarni qonun doirasida hal qilishda birgalikda saʻy-harakat qilishga chaqiramiz", deyiladi qo'shma bayonotda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

14 Mar 07:22
 
33
0
xs.uz

Oliy Majlis Senati Vyetnam Sotsialistik Respublikasi vitse-prezidenti bilan uchrashuv oʻtkazdi

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Nyu-York shahrida BMT Ayollar holati boʻyicha komissiyasining 68-sessiyasi maydonida Vyetnam Sotsialistik Respublikasi vitse-prezidenti Vo Txi An Suan bilan uchrashuv oʻtkazdi.Ikki mamlakat oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlikning amaliy jihatlari muhokama qilindi.Vo Txi An Suan Ostona shahrida boʻlib oʻtgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari boʻyicha kengashning navbatdagi sammiti doirasida Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan

07 Mar 20:12
 
31
0
xs.uz

Oʻzbekiston va Lixtenshteyn oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatildi

Ikki mamlakat hukumatlari nomidan hujjatni Oʻzbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulugʻbek Lapasov va Lixtenshteyn Knyazligining BMTdagi doimiy vakili Kristian Venvayzer imzoladi.Tomonlar xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari doirasida qoʻshma hamkorlikni kuchaytirishga oʻzaro tayyor ekanliklarini bildirdilar.Siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikning oʻzaro manfaatli yoʻnalishlarini topish uchun ikki tomonlama aloqalarni faollas

07 Mar 20:12
 
41
0
xs.uz

Mahallalarda aholi daromadini oshirish masalalari koʻrib chiqildi

Mamlakatimizda ishsizlikni kamaytirish maqsadida koʻplab iqtisodiy dasturlar amalga oshirilmoqda. Kichik biznes va tadbirkorlik qoʻllab-quvvatlanib, hududlarda korxonalar ochilmoqda. Professional taʼlim muassasalari va 'Ishga marhamat' monomarkazlarida aholiga zamonaviy kasb-hunarlar hamda xorijiy tillar oʻrgatilmoqda.Bu yil 5 million aholining bandligini taʼminlash, 2 million kishini tadbirkorlikka jalb etish maqsad qilingan. Buning uchun davlat tomonidan barcha tashkiliy va moliyaviy imko

07 Mar 20:11
 
45
0
qalampir.uz

Buxorodagi tug‘uruqxonada fohishaxona tashkil etgan ayol ushlandi 

Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida tug‘uruqxonada fohishaxona tashkil etgan ayol ushlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’lum qildi. Joriy yilning 27 fevral kuni soat taxminan 19:00 atrofida Shofirkon tuman IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida tumanning Savrak mahallasida yashovchi 1983 yilda tug‘ilgan ayol o‘zi ishlaydigan Qalmanoq mahallasida joylashgan tibbiyot birlashmasi tug‘uruq bo‘limining xonalaridan birida bir erkak va ayolning ji