calendar 23 May 21:11
eye 14
comments 0
comments Manba: daryo

“Kanizak Izaura” seriali yulduzi — Luseliya Santush 65 yoshda: Aktrisaning hayoti qanday kechdi? (foto)

image

2022-yil 20-may kuni braziliyalik aktrisa — “Kanizak Izaura” seriali yulduzi 65 yoshga to‘ldi. Mashhur loyihadan keyin uning hayoti qay darajada o‘zgardi, hozirda u nimalar bilan band va nima bilan shug‘ullanayotgani haqida “Lisa.ru” nashri ma’lum  qildi.

Foto: “Lisa.ru”

Braziliyalik aktrisa Luseliya Santush “Kanizak Izaura” teleserialida suratga tushganidan so‘ng mashhurlikka erishgan. O‘tgan asrning 70-yillari oxirida namoyish etilgan kartina tomoshabinlarga shu qadar ma’qul keldiki, ular birorta qismni o‘tkazib yubormaslik uchun ishdan uyga shoshildi. Shundan so‘ng taqdiri og‘ir kechgan qiz haqidagi ushbu serial yana bir necha bor efirga uzatilgan.

Aktrisalik orzulari

Foto: “Lisa.ru”

Luseliya San-Paulu yaqinida — Santa Terezinyada tug‘ilgan. Bo‘lajak aktrisaning ota-onasi oddiy ishchilardan bo‘lib, ular yana ikkita bolani — o‘g‘li Maurilio va qizi Kristinani tarbiyalashdi, keyinchalik ular ham kino sohasida faoliyat olib bordi. Luseliya to‘qqiz yoshida, radioda kasting haqidagi xabarni eshitib, aktrisalik karyerasini qurish haqida orzular qila boshlagan.

Foto: “Lisa.ru”

Uning onasi bu kasb oddiy oiladan chiqqan qiz uchun emas, deb hisoblab, bunga qarshi chiqdi. Ammo sinfdoshlari bilan teatrga borganida uning istagi yanada kuchaydi. 14 yoshida qiz “Don Kixot” asari asosidagi bolalar spektaklida rol o‘ynadi.

Foto: “Lisa.ru”

Bunga parallel ravishda u aktyorlik kurslarida tahsil oldi va kastinglarga bordi. Unga Stanislavskiy tizimi bo‘yicha rus tili o‘qituvchisi dars bergan. O‘qishni tugatgandan so‘ng Luseliya Rio-de-Janeyroga ko‘chib bordi va u yerda amerikancha musiqiy filmda ishtirok etdi.

Dunyo yulduzi

Foto: “Lisa.ru”

Luseliya 19 yoshga to‘lganida “Kanizak Izaura” teleserialidagi mashhur roliga tasdiqlangan. Bu Sovet Ittifoqida namoyish etilgan birinchi xorijiy serial edi. Qizig‘i shundaki, o‘shandan beri kanizak Izaura mashhur ismga aylandi,  odatda kimdir ko‘p va qattiq mehnat qilishiga to‘g‘ri kelsa, shunday deyishadi.

Foto: “Lisa.ru”

Ma’lum bo‘lishicha, ilk serial namoyishida odamlar uni o‘z vaqtida tomosha qilish uchun ishdan ta’til olishgan yoki tushlik tanaffuslarini kechiktirishgan. Kartina 80 ga yaqin davlatda namoyish etilgan. Ammo Luseliya esa buni eslashni istamaydi va undan ham ko‘proq uni faqat Izaura bilan bog‘lashlarini yoqtirmaydi.

Foto: “Lisa.ru”

Bundan tashqari, Santush suratga tushish ishlari juda qiyin va mashaqqatli kechganini ma’lum qilgan. “Biz tashlandiq xonadonda, hojatxona va dushsiz suratga tushdik, kiyim almashtirdik va konditsionersiz avtobuslarda grim qildik. Juda qattiq ishladik... Men doimo ko‘ylagim etagini bosib olar edim, qattiq bog‘langan korset esa nafas olishimni qiyinlashtirardi”, — deb eslaydi aktrisa.

Foto: “Lisa.ru”

Ammo bunday muvaffaqiyatdan keyin Luseliyaning ota-onasi u bilan faxrlana boshladi va uning tanlagan kasbiga rozi bo‘ldi. “Ular uchun kutilmagan muvaffaqiyatim haqiqiy baxt edi. Ota-onam tom ma’noda xursand bo‘ldi! Men o‘rtancha qiz edim va birdan mashhur bo‘lib qoldim. O‘ylaymanki, men filmning treyleridayoq mashhurlikka erishdim. Bu shunchalik tez yuz berdiki, kino yulduzi sifatida uyg‘onganimni tushunishga ham ulgurmaganman”, — dedi Santush.

Foto: “Lisa.ru”

Shuningdek, u “Tropik yo‘l”, “To‘g‘ri chiziq”, “Umidsiz uy bekalari” (Braziliya versiyasi), “Karmen”, “Senyorita” kabi loyihalari bilan ham tanilgan. 2018-yilda aktrisa Portugaliyaga ko‘chib ketdi va u yerda suratga tushish ishlarini boshladi.

Shaxsiy hayot

Foto: “Lisa.ru”

Aktrisa mashhurlikka erishmasidan bir yil oldin, 18 yoshida dirijyor Jon Nesling bilan turmushga qurgan va ularning Pedro ismli o‘g‘li dunyoga kelgan. Oradan 12 yil o‘tib, ularning nikohi buzildi, ammo u ikkinchi marta turmush qurishga shoshilmadi. Faqat 1999-yilda 43 yoshli Santush ismini hech qachon ommaga oshkor qilmay, yangi turmush o‘rtog‘i bilan munosabatlarni qonuniylashtirdi.

Foto: “Lisa.ru”

Ma’lum bo‘lgani shuki, aktrisa u bilan teatrda tanishgan va u akustik muhandislik bilan shug‘ullangan. Biroq bu nikoh ham uzoqqa bormadi. Shundan keyin aktrisa erkaklarga moslashish qiyinligini tushunib, mustaqillik va erkinlikni yaxshi ko‘rishini anglab yetdi, turmushga chiqmaslik va erkaklar bilan jiddiy munosabatlar o‘rnatmaslikka qaror qildi.

Foto: “Lisa.ru”

“Mening eng yaxshi sevgilim — ishim va mening eng yaxshi do‘stim — o‘g‘lim”, — deydi Luseliya.

Aytgancha, 2000-yilda u o‘g‘li bilan birgalikda “Sharqiy Timor: hech kim ko‘rmagan zo‘ravonlik” filmini suratga oldi. Santush merosxo‘ri bilan juda faxrlanadi va uning sevimli nabirasi uchun minnatdor. Bugungi kunda u ekranlarda ko‘p ko‘rinish bermasa-da, o‘z sahifasini faol ravishda olib boradi.

Foto: “Lisa.ru”

Aktrisa makiyajsiz suratda ko‘rinishdan qo‘rqmaydi va ko‘plab hamkasblari kabi yoshidan uyalmasligini hamda plastik jarrohlik qildirishni xohlamasligini ochiq aytadi.

Foto: “Lisa.ru”

Luseliya yoga bilan shug‘ullanadi, sayohat qilishni yaxshi ko‘radi va buddizmga sig‘inadi. “Hozirda men yoga, e’tiqodim, sevimli o‘g‘lim va nabiramdan tasalli topaman”, — deb xulosa qiladi Luseliya Santush.

Foto: “Lisa.ru”


Doʻstlaringiz bilan ulashing

07 Mar 20:07
 
20
0
postda.uz

AYOLLARNING BAXTI – XALQIMIZ, JAMIYATIMIZNING BAXTIDIR

Ma’naviyat va ma’rifat darsiO‘zbek ayollari o‘zining matonati, sabr-toqati, metin irodasi-yu mislsiz jasorati bilan hamisha mavqeyini sarbaland ushlagan. Mamlakatimiz xotin-qizlari tarixning turli davrlarida, suronli yillarida, har xil qiyinchilik va jang-u jadallarda ham matonat va jasorat namunasini ko‘rsatgan. Bunga moziy ham guvoh. Masalan, olis tarix sahifalaridan joy olgan massagetlar malikasi To‘maris miloddan avvalgi 529-yilda Ahamoniylar podshohi Kir II ni jang maydonida yen

07 Mar 20:09
 
22
0
qalampir.uz

Kirkorov “qora ro‘yxat”ga tushdi

Avstraliya hukumati Ukrainani qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor e’lon qilib, sanksiya qo‘llanilgan Rossiya fuqarolari va tashkilotlari ro‘yxatini e’lon qildi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligi ma’lum qildi.  Unga ko‘ra, 55 nafar Rossiya fuqarosi va 37 tashkilotga kiritilgan ro‘yxat tarkibida Federatsiya Kengashi va Davlat Dumasi deputatlari, Rossiyaning bir qancha viloyatlari rahbarlari, san’atkorlar, muassasa va idoralar rahbarlari o‘rin olgan. Qayd etilis

07 Mar 20:09
 
16
0
qalampir.uz

HammAli & Navai 10 ming metr balandlikda konsert berdi

Rossiyalik qo‘shiqchilar HammAli & Navai va Seville Moskva-Sochi reysi davomida uchayotgan samolyot bortida yo‘lovchilar uchun chiqish qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” nashri xabar berdi. Qayd etilishicha, joriy yilning 1-7 mart kunlari bo‘lib o‘tadigan noodatiy konsertlar “VK Muzika” va “Aeroflot” kompaniyalari tomonidan tashkil etilgan. Ushbu konsert ko‘pgina yo‘lovchilar uchun kutilmagan syurpriz bo‘ldi. Samolyot havoga ko‘tarilganidan bir

08 Feb 08:18
 
31
0
postda.uz

Mahmudxo'ja Behbudiy

Jadidlar g'oyalari Yangi O'zbekistonni barpo etish strategiyasi bilan hamohang. Shavkat MIRZIYOYEVXX asrning boshida o'zining ma'rifatparvarlik faoliyati, fidokorona xizmatlari bilan milly ta'lim-tarbiya yaratish va yurtimiz istiqloli, xalqimizning ozodligi va erkinligi, kelajak avlodlarning obod va farovon hayotini ta'minlashni ezgu maqsadi deb bilgan insonlardan biri Mahmudxo'ja Behbudiy bo'gan. U 1875-yilning 30-yanvarida Samarqand yaqinidagi Baxshitepa qishlog'ida ruhoniy oilasida dunyo