calendar 23 May 20:20
eye 12
comments 0
comments Manba: xs

“Apple” “iPhone 14” smartfonlarida klassik kameradan voz kechmoqda

image

Foto: Technizo Concept

Amerikaning “Apple” kompaniyasi “iPhone 14” smartfonlari uchun Xitoy yetkazib beruvchilarining klassik old kamerasidan foydalanishdan bosh tortgan.

Koreyaning “ETNews” nashrining yozishicha, “Apple” giganti yangi avlod smartfonlari ishlab chiqarishda “LG”ning shoʻba korxonasi boʻlgan “LG Innotek” bilan hamkorlik qiladi.

Qayd etilishicha, “Apple” birinchi marta Janubiy Koreya kompaniyasining yangi old kamerasidan foydalanadi. Amerika kompaniyasi “LG Innotek”ni ishlab chiqarishda qoʻllaydigan butlovchi qismlarning sifati yuqori boʻlgani uchun tanlagan.

Avval “Apple” Xitoy ishlab chiqaruvchisi va Yaponiyaning “Sharp” kompaniyasining old kameralariga buyurtma berishni afzal koʻrgan. Ammo “iPhone 14”ni yigʻishda old kameralar yetkazib berishni “LG” va “Sharp” oʻrtasida taqsimlashga qaror qilingan.

Avvalroq Xitoyning “BOE” displey ishlab chiqaruvchisi “Apple” kompaniyasidan “iPhone 14” smartfonlari uchun OLED panellar ishlab chiqarish boʻyicha buyurtma olmagani haqida xabar berilgan edi. Bunga “iPhone 13”ning displey dizaynidagi oʻzgarishlarni “Apple” bilan kelishmagani sabab sifatida koʻrsatilgan edi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

02 Feb 16:29
 
29
0
xs.uz

JSST prognozi: 26-yildan soʻng saratonga chalinish holatlari 77 foizga koʻpayadi

Oʻsish dinamikasiga taʼsir koʻrsatuvchi qator omillar mavjud. Ular orasida tamaki isteʼmoli, spirtli ichimliklar, semirish va havo ifloslanishi asosiy oʻrinni egallaydi.Xususan, hisobotda inson taraqqiyoti indeksi juda yuqori boʻlgan mamlakatlarda har 12 ayoldan biri koʻkrak bezi saratoniga chalinishi prognoz qilingan. Shuningdek, har 71 nafar bemor ayoldan biri bu xastalik oqibatida vafot etadi.Inson taraqqiyoti indeksi past davlatlarda esa vaziyat boshqacharoq tus olishi mumkin. Yaʼni

05 Feb 18:41
 
37
0
qalampir.uz

Arab dengizida qaroqchilar hujumi kuchaymoqda

Dengiz qaroqchiligi hodisalari nafaqat Somali qirg‘oqlarida, balki Arab dengizida ham Yamandagi husiylar harakati va AQSH boshchiligidagi harbiy-dengiz kuchlari koalitsiyasi o‘rtasidagi mojaroning kuchayishi sababli ko‘paydi. Bu haqda Braziliya dengiz floti kontr-admirali Antonio Brash de Souzga tayanib,  “Folha de S.Paulo” gazetasi xabar berdi.  Joriy yilning yanvar oyida Braziliya harbiy-dengiz kuchlari Somali qirg‘oqlari yaqinidagi dengiz liniyalariga qaroqchi

07 Mar 22:43
 
17
0
qalampir.uz

Rasman: bugundan Shvetsiya NATOga a’zo bo‘ldi

Shvetsiya 7 mart kuni rasman NATOga qo‘shildi va alyansning 32-a’zosiga aylandi. Bu haqda Oq uy bergan bayonotda ma’lum qilindi. 5 mart, seshanba kuni ertalab Vengriya Prezidenti Tamash Shuyok Shvetsiyaning NATOga a’zoligini ratifikatsiya qilish bo‘yicha hujjatni imzoladi. Shunday qilib, Vengriya Shvetsiyaning ittifoqqa qo‘shilishiga to‘sqinlik qilib, nihoyat rozi bo‘lgan NATOning so‘nggi a’zo davlati bo‘ldi. Oq uy Shvetsiyaning alyansga kirishi AQSH va uning ittifoqc

07 Mar 23:05
 
17
0
qalampir.uz

“Gazprom” gazini O‘zbekistonga qanchaga pullagani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston har 1000 kub metr gazni taxminan 160 AQSH dollaridan sotib olmoqda. Bu haqda “Kommersant’” nashri xabar berdi.  Nashrning yozishicha, O‘tgan yili O‘zbekiston jami 1,22 mlrd kub metr rus gazini import qilgan. Bu esa Ukrainadagi urush sabab Yevropaga gaz yetkazib berishning to‘xtashi fonida Markaziy Osiyo davlatlari “Gazprom” uchun yagona yo‘nalish bo‘lib qolayotganini bildiradi. Jumladan, kompaniya 2023 yilda