calendar 23 May 19:11
eye 12
comments 0
comments Manba: daryo

Superliga. “Paxtakor” derbida “Lokomotiv”ni mag‘lub etdi, “Qizilqum” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” so‘nggi daqiqalardagi gol evaziga g‘alabani ilib ketdi

image

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 10-turidan o‘rin olgan bir qator o‘yinlar 23-may, dushanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: “Paxtakor”

“Lokomotiv” o‘z maydonida “Paxtakor”ni qabul qildi. Uchrashuvning 28-daqiqasida Dragan Cheran hisobni ochdi. 48-daqiqada Oliver Sharkich “sherlar”ning ikkinchi goliga mualliflik qildi.

“Paxtakor” ushbu g‘alabadan so‘ng ochkolari sonini 17 taga yetkazib, 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Temiryo‘lchilar” esa 12 ochko 8-pog‘onada bormoqda.

“Surxon” safarda “Qizilqum” bilan bahs olib bordi. Mezbonlar Pol Komolafe va Temurxo‘ja Abduxoliqovning gollari evaziga ishonchli g‘alabaga erishdi.

“Qizilqum” 10-turdan so‘ng 17 ochko bilan 6-o‘rinni band etgan bo‘lsa, “Surxon” 6 ochko bilan 14-o‘rinda bormoqda.

“Dinamo” esa “OKMK”ga qarshi o‘ynadi. Uchrashuvning 35-daqiqasida Shohmalik Komilov hisobni ochdi. 58-daqiqada Xurshid G‘iyosov muvozanatni tikladi. uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida Martin Boakye gol urib, “OKMK”ning g‘alabasini ta’minladi.

“OKMK” ushbu g‘alaba orqali ochkolarini 17 taga yetkazdi va musobaqa peshqadamiga aylandi. Samarqandliklar 6 ochko bilan 13-o‘rinni egallab turibdi.

Superliga

10-tur bahslari

23-may, dushanba

“Lokomotiv” — “Paxtakor” 0:2

Gollar: 0:1 — 28 Dragan Cheran, 0:2 — 48 Oliver Sharkich.

“Lokomotiv”: 1. Abdumavlon Abdujalilov, 3. Islom Qobilov, 4. Dilshod Komilov (6. Alisher Salimov, 59), 8. Nurmuhammad Toshpo‘latov, 11. Kaxi Maxaradze, 14. Xurshid Muxtorov, 17. Sanjar Qodirqulov (98. Ma’ruf Jumayev, 83), 19. Etame Jerome (18. Ali Abdurahmonov, 83), 21. G‘ulom Haydar G‘ulomov (27. Islom Rashidxonov, 73), 22. Muhammadanas Hasanov (9. Javohir Alijonov, 59), 44. Samuel Opex.

“Paxtakor”: 35. Sanjar Quvvatov, 3. Hojiakbar Alijonov, 7. Odiljon Hamrobekov, 8. Azizbek Turg‘unboyev (36.Abbos Ergashboyev, 90), 10. Dragan Cheran (6. Ikrom Aliboyev, 68), 11. Sardor Rashidov (18. Hojimat Erkinov, 68), 14. Oliver Sharkich (77. Mirjahon Mirahmadov, 86), 21. Kamen Hojiyev, 23. Sherzod A’zamov, 27. Sardor Sobirxo‘jayev (42.Abbosbek Fayzullaev, 86), 34. Farrux Sayfiyev.

Ogohlantirishlar: Xurshid Muxtorov (30), Farrux Sayfiyev (41), G‘ulom Haydar G‘ulomov (43), Kamen Hojiyev (78), Odiljon Hamrobekov (90+2).

“Qizilqum” — “Surxon” 2:0

Gollar: 1:0 — 22 Pol Komolafe, 2:0 — 51 Temurxo‘ja Abduxoliqov.

“Qizilqum”: 1. Ignatiy Nesterov, 4. Boburbek Yo‘ldoshev (25. Azizbek Usmonov, 14), 7. Sanjar Shoahmedov, 10. Temurxo‘ja Abduxoliqov, 11. Aleksandar Stanisavlevich (17. Salim Mustafoyev, 72), 14. Fayzulla Qambarov, 20. Islom To‘xtaxo‘jayev, 23. Sherali Jo‘rayev, 28. Shuhrat Muhammadiyev, 43. Shon Pol Komolafe, 87. Alisher Sanoyev.

“Surxon”: 35. Shohruh Eshbo‘tayev, 3. Bobirjon Akbarov, 4. Javohir Sohibov, 5. Serxio Rodriges, 10. Murodbek Bobojonov (55. Sharafiddin Shobirov, 79), 11. Luis Migel Kezada (7. Islom Toshpo‘latov, 46), 20. Iqbol Malikjonov, 23. Abdul Aziz Yusupov (19. Nuriddin Hasanov, 65), 33. Tohir Shamsitdinov (26. Ulug‘bek Abdullayev, 46), 66. Behruz Shaydulov, 99. Kamron Saydazimov (2. Zoir Jo‘raboyev, 72).

Ogohlantirishlar: Javohir Sohibov (53), Iqbol Malikjonov (53) Islom Toshpo‘latov (56).

Chetlatish: Iqbol Malikjonov (54).

“Dinamo” — “OKMK” 1:2

Gollar: 1:0 — 35 Shohmalik Komilov, 1:1 — 58 Xurshid G‘iyosov, 1:2 — 89 Martin Boakye.

“Dinamo”: 12. Miloe Prekovich, 5. Mixaylo Yovanovich, 6. Ibrohim Yo‘ldoshev, 7. Temur Ismoilov (19. Islom Sharipov, 65), 10. Shohmalik Komilov, 11. Sahob Rashidov (17. Muzaffar Muzaffarov, 65), 15. Jo‘rabek Mannonov, 22. Abdujamol Isroilov, 30. Jasur Umarov, 31. Saydullo Rahmatov, 70. Oybek Nurmatov (97. Faxriddin Alimov, 83).

“OKMK”: 1. Botirali Ergashev, 70. Mirg‘iyos Sulaymonov (22. Shohruh Gadoyev, 76), 3. Sardor Rahmonov, 5. Anzur Ismoilov, 2. Akrom Komilov, 8. Abdulla Abdullayev, 4. Mirjamol Qosimov, 63. Alisher Jalilov (88. Siyavush Haqnazariy, 46), 7. Dilshod Ahmadaliyev, 23. Aleksandr Kasyan (27. Martin Boake, 70), 10. Xurshid G‘iyosov (11. Murod Toshmatov, 87).

Ogohlantirishlar: Muzaffar Muzaffarov (69), Martin Boake (81).


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Apr 13:58
 
33
0
qalampir.uz

Verner “Tottenxem“da qolmoqchi

Londonning ”Tottenxem” klubida o‘ynayotgan Timo Verner “shporlar” tarkibida qolishni istamoqda va jamoa uni to‘liq sotib olishini kutish niyatida. Bu haqda jurnalist Fabritso Romano o‘z X sahifasida ma’lum qildi. “Bu jamoa va jamoadoshlar bilan, hozirgi uslubda va shu stadionda o‘ynash menga juda yoqadi!”, deydi futbolchi. Qayd etish joiz, shu yil yanvar oyida “Tottenxem” safiga kelib qo‘shilgan 28 yoshli germaniyalik huj

11 Apr 13:58
 
35
0
qalampir.uz

MYU Maguayr va Varanga o‘rinbosar topdi

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi “Benfika” ximoyachisi Antoniu Silvaga jiddiy qiziqib qoldi. Bu haqida insayder Rudi Galetti xabar berdi. Manbaga ko‘ra, “qizil iblislar” markaziy ximoyachini yozda jamoani tark yetishi kutilayotgan Rafayel Varan va Garri Maguayr o‘rniga munosib o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. 20 yoshli futbolchi Yevropa Chempionlar ligasida ham o‘tgan mavsumda ajoyib taassurot qoldirgan edi va o‘sha paytiyoq ko‘

11 Apr 13:58
 
29
0
qalampir.uz

Messi yoki Ronaldu? Palmer o‘z javobini aytdi

“Chelsi” yarim himoyachisi Koul Palmer hujumchilar Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu o‘rtasida tanlov qildi. “Shubhasiz, Messining o‘yin uslubi va qo‘lga kiritgan barcha shaxsiy sovrinlarini hisobga olsak u barcha davrlarning eng yaxshi futbolchisi. Messi yaqqol Ronaldudan oldinda, lekin Krishtianu ham eng zo‘rlar ro‘yxatida”, deydi Palmer. Ma’lumot uchun, Palmer “Manchester Siti” jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Yari

11 Apr 13:58
 
33
0
qalampir.uz

Ronaldu “Al-Nasr”ga yangi direktor olib kelishni so‘radi

“Al-Nasr” klubi “Real Madrid” sobiq futbolchisi Fernando Yerroni jamoaga olib kelmoqchi. Bu haqda “Marca” nashri xabar berdi. Manbaga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis “Al-Nasr” klubi sport direktori bo‘lishi mumkin. Fernandoga taklif tashabbuskori jamoa yulduzi Krishtianu Ronaldu hisoblanadi. 39 yoshli portugaliyalikning fikricha Yerro “Al-Nasr”ga yetishmayotgan chempionlikni olib berishni uddalaydi. Hozirda Yerro Mek