calendar 23 May 19:10
eye 15
comments 0
comments Manba: daryo

2022-yilda eng ommalashgan dasturlash tillari ma’lum bo‘ldi

image

IT Park 2022-yilda qaysi dasturlash tillari eng mashhur ekanligini ma’lum qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

2021-yil oxirida ko‘plab nufuzli platformalar yil yakunlarini sarhisob qilib, keyingi 2022-yil uchun taxminiy reytingni tuzdi. Bu jarayon mashhur dasturlash tillari mavzusini ham chetlab o‘tmadi. 

Tiobe, GitHub va IEEE kabi uchta eng nufuzli tadqiqot platformalariga ko‘ra, eng mashhur dasturlash tillari aniqlandi.

Birinchi o‘rin —  Python

Python mashinani o‘rganish va katta hajmli ma’lumotlarda keng qo‘llaniladi. Bu sohalarda u o‘zini eng yaxshi vositalardan biri sifatida ko‘rsatdi. U veb-ilovalarda ham qo‘llaniladi. Python kichik va o‘rta loyihalar uchun ham juda qulaydir.

Ikkinchi o‘rin — Java

Java asosan backend va android loyihalarining server tomonida ishlatiladi. Dasturchilar ayrim hollarda Java’dagi ramkalar yordamida saytning frontend qismini yaratishadi. Assassin’s Creed va Minecraft kabi mashhur video o‘yinlar Java’da yozilgan.

Uchinchi o‘rin — C

O‘yinlar va ilovalar kabi amaliy dasturlar odatda C dasturlash tilida yozilmaydi. Lekin u o‘rnatilgan dasturiy ta’minot uchun javob beradi. Uning sintaksisi C++, C#, Java va Objective-C uchun asos bo‘lgan.

To‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarni mos ravishda C# va C++ dasturlash tillari egallagan.

Avvalroq IT Park rezidentlar soni va eksport hajmi keskin oshgani haqida xabar bergan edi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 Feb 22:03
 
113
0
xs.uz

Buxoroda barpo etilayotgan 2 ta shamol elektr stansiyasi uchun 73 ta turbina oʻrnatib boʻlindi

Mazkur loyihalar doirasida 'Envision' kompaniyasining (Xitoy) har birining quvvati 6,5 MVtdan boʻlgan shamol turbinalari oʻrnatilyapti. Hozirgi kunga qadar jami quvvati 474,5 MVtga teng boʻlgan 73 ta shamol turbinasi oʻrnatib boʻlindi.Har bir turbina minorasining balandligi 100 metr, shamol parraklarining har biri esa 84 metrni tashkil qiladi.Maʼlumot uchun, ushbu yirik loyihalar doirasida jami 158 ta mana shunday shamol turbinalari oʻrnatiladi.Mazkur elektr stansiyalarining dastlabki 400

30 Jan 22:56
 
52
0
xs.uz

Oʻzbekistonning sarmoyaviy va sayyohlik salohiyati Yaponiyada taqdim etildi

Yaponiyaning Fukushima shahrida Oʻzbekistonning sarmoyaviy va sayyohlik salohiyatiga bagʻishlangan seminar oʻtkazildi.Unda Yaponiya parlamentining Vakillar palatasi deputatlari, Fukushima prefekturasida faoliyat olib borayotgan ishbilarmon doira va turizm kompaniyalari vakillari, 'Fukushima ' Oʻzbekiston' madaniy-iqtisodiy aloqalar jamiyati aʼzolari, shuningdek, mahalliy hokimlik vakillari qatnashdi.'Dunyo' AA tomonidan xabar qilinishicha, tadbir avvalida ushbu mamlakat parlamentining Vakil

09 Feb 08:46
 
44
0
postda.uz

INTILGANGA TOLE YOR

Kasb fidoyisiUchtepa tumani IIOFMB 3-sonli IIB HPB xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektori, katta leytenant Gulora Xudjayeva tinib-tinchimaydigan xodimlardan. U IIOFMB 3-son IIB hududida istiqomat qiluvchi jami 31 ming nafardan oshiq xotin-qizlar oʻrtasida jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish, ularni ish bilan taʼminlashda hamkor tashkilotlar vakillari bilan keng qamrovli ishlarni amalga oshirib kelmoqda.Intiluvchan, oʻz ustida ishlaydigan xodimaning yutuqlar

07 Mar 20:07
 
15
0
postda.uz

PUL HAMMA ESHIKLARNI HAM OCHAVERMAYDI

Halollikni shior qilgan xodimlarDo‘stlik tumanidagi Paxtazor yo‘lining 1-kilometrida xizmat olib borayotgan viloyat IIB JXX YHXB YPX batalyoni uchinchi safarbar guruhi yo‘l-patrul xizmati inspektori, safdor Azamat Mamatov yuqori tezlikda kelayotgan «Nexia-3» avtomashinasiga to‘xtash ishorasini ko‘rsatdi. Haydovchining avtoulov harakatini keskin sekinlashtirgani xo­dimni sergak torttirgandi. YPX inspektori yaqinlashganda, haydovchi ko‘zini olib qochdi, uning xotirjam emasligi avtou