calendar 23 May 18:31
eye 11
comments 0
comments Manba: qalampir

Daxshat! Sirdaryodagi YTHda besh kishi vafot etdi

image
image

Bugun, 23 may kuni Sirdaryo viloyatida Lacetti va Nexia avtomobillari ishtirokida yo'l-transport hodisasi yuz berdi. Oqibatda 5 kishi, jumladan ikki nafar go'dak halok bo'ldi. Bu haqda Yo'l harakati xavfsizligi xizmati Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea bugun, 23 may kuni soat 12:45 atrofida Xovos tumani hududidan o'tgan A-376 avtomobil yo'lining 234-kilometrida sodir bo'lgan.

Mazkur yo'lda harakatlanib ketayotgan 1988 yilda tug'ilgan haydovchi Sh.A. boshqaruvidagi Lacetti hamda 1970 yilda tug'ilgan haydovchi U.N. boshqaruvidagi Nexia avtomobillari to'qnashgan.

Oqibatda Lacetti avtomobili haydovchisi Sh.A. va ushbu avtomobil salonida bo'lgan 27 yoshli yo'lovchi A.A. og'ir tan jarohati olib voqea joyida, shuningdek, mazkur avtomobil salonida bo'lgan yana ikki nafar yo'lovchi: olti yoshli N.A. va uch yoshli T.A. hamda Nexia avtomobili haydovchisi N.U. tan jarohati olib shifoxonada vafot etgan.

Nexia avtomobilida bo'lgan 30 yoshli yo'lovchi T.J. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Xabarga ko'ra, mazkur holat yuzasidan Xovos tumani IIB huzuridagi Tergov bo'limi tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Apr 13:59
 
28
0
qalampir.uz

Hayit namozining o‘qilish vaqtlari e’lon qilindi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 2024 yil Ramazon hayiti (Iydul fitr) 10 aprel (shavvol oyining 1 kuni) chorshanba kuniga to‘g‘ri kelayotgani munosabati bilan hayit namozi vaqtlarini belgilab chiqdi. Shunga ko‘ra, 2024 yil 10 aprel kuni Ramazon hayiti namozi quyidagi vaqtlarda o‘qiladi: Andijon viloyati   06:00 Namangan viloyati   06:00 Farg‘ona viloyati   06:00 Toshkent viloyati   06:10  Toshkent shahri   06:10 Sirdaryo viloyati  

07 Mar 20:12
 
56
0
xs.uz

“Talabalar bahori” festivali: “Har bir yoshga — bir nihol” aksiyasida yoshlar katta ishtiyoq bilan qatnashmoqda

Farhod Esonov/'Xalq soʻzi'. 'Talabalar bahori' yoshlar festivali doirasida Termiz tumanidagi Afgʻoniston fuqarolarini oʻqitish markazida 'Hashar ' biz yoshlarga yarashar' shiori ostida 'Har bir yoshga ' bir nihol' aksiyasi oʻtkazilmoqda.Tadbir avvalida davlatimiz rahbari tashabbusi bilan bugungi kunda Oʻzbekiston va Afgʻoniston oʻrtasida turli yoʻnalishlarda, shu jumladan taʼlim sohasida ham hamkorlik mustahkamlanib borayotgani alohida taʼkidlandi. Sohada ilk hamkorlikning debochasi si

11 Apr 14:00
 
23
0
xs.uz

2024-yilning dastlabki 3 oyida “Tez yordam”ga eng koʻp yolgʻon chaqiriq qaysi hududdan kelib tushdi?

Biroq baʼzan tibbiy brigada yordamga muhtoj bemorlar oldiga oʻz vaqtida yetib bora olmagan holatlar kuzatiladi. Bunga esa koʻpincha fuqarolar tomonidan boʻladigan yolgʻon chaqiriqlar sabab boʻladi.' 2024-yilning dastlabki 3 oyida '103' xizmatiga jami 686 ta yolgʻon chaqiriq kelib tushdi, ' deydi Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori Abduvoitjon Gafurov. ' Taqqoslash uchun aytsak, mazkur koʻrsatkich 2023-yilning ayni shu davrida 893 tani tashkil etgan.Toʻgʻri, yildan yilga bu k

14 Mar 07:22
 
32
0
xs.uz

Tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash va eksportga jalb etish boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi

Bu haqda davlatimiz rahbari 2023-yil 18-dekabrda boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishida aytgan edi. Shundan soʻng, ekspertlar ishtirokida tadbirkorlarning takliflari asosida yangi yondashuvlar ishlab chiqildi.Tahlillarga koʻra, oʻtgan yili eksportchi korxonalarga 665 milliard soʻmlik yordam koʻrsatilib, 3 milliard 200 million dollarlik eksport taʼminlangan. Lekin ayrim tarmoq va hududlarda bu mablagʻlardan samarali foydalanilmagan. Elektr texnikasi, qishloq xoʻjaligi, farmatsevtika,