calendar 23 May 17:31
eye 9
comments 0
comments Manba: qalampir

Toshkent viloyatidagi YTHda bir yoshga to'lmagan chaqaloq vafot etdi

image
image

Kecha, 22 may kuni Toshkent viloyati Bekobod tumanida "Vaz-2104" va Cobalt avtomobillari ishtirokida yo'l-transport hodisasi yuz berdi. Oqibatda ikki kishi, jumladan, bir yoshga to'lmagan chaqaloq vafod etdi. Bu haqda Yo'l harakati xavfsizligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea 22 may kuni soat 12:40 atrofida Bekobod shahar "Madaniyat" MFY hududidan o'tgan 4P-26 "Sirdaryo-Dehqonobod-Bekobod" avtomobil yo'lining 99-kilometrida sodir bo'lgan.

1985 yilda tug'ilgan haydovchi J.G. boshqaruvidagi "Vaz-2104" o'zidan oldinda bo'lgan avtomobilni quvib o'tish maqsadida qarama-qarshi harakatlanish uchun mo'ljallangan tomonga chiqqan vaqtida qarshisidan kelayotgan 1986 yilda tug'ilgan O.I. boshqaruvidagi Cobalt bilan to'qnashgan.

YTH oqibatida "Vaz-2104" haydovchisi J.G. va Cobalt avtomobilida bo'lgan, hali bir yoshga to'lmagan yo'lovchi S.A. og'ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

Shuningdek, Cobalt haydovchisi O.I., 1961 yilda tug'ilgan yo'lovchi N.I. hamda "Vaz-2104" salonida bo'lgan 2013 yilda tug'ilgan yo'lovchi A.S. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Xabarga ko'ra, mazkur holat yuzasidan Bekobod shahar IIB huzuridagi Tergov bo'limi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 Feb 22:03
 
46
0
xs.uz

O‘zbekiston Prezidenti Vengriyaning “OTP” guruhi bilan strategik sheriklikni kengaytirish rejalarini qo‘llab-quvvatladi

Uchrashuvda bank-moliya sohasidagi, shu jumladan 'OTP' guruhiga davlatning 'Ipoteka-bank'dagi ulushini sotish bo'yicha bitim doirasidagi hamkorlikning ijobiy sur'ati mamnuniyat bilan qayd etildi.Davlatimiz rahbari bank xizmatlarini raqamlashtirish orqali ularning sifatini oshirish, kichik va oilaviy biznes uchun innovatsion va hamyonbop moliyaviy mahsulotlarni joriy qilish, xodimlarni'Yevropaning eng namunali amaliyotlariga o'qitish muhimligini ta'kidladi.Vengriyaning yetakchi kompaniyalari bila

31 Jan 09:54
 
41
0
qalampir.uz

Qashqadaryoda qizni turmushga chiqishga undab, bosim qilgan yigit qamaldi

Avvalroq Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida erta unashtirilgan qizga yigit tomonidan turli bosimlar o‘tkazilgani, Bolalar ombudsmaniga undan murojaat kelib tushgani va holat o‘rganilib, qizga himoya ordepi berilganini xabar qilgan edik. Ma’lumotlarga ko‘ra, 29 yanvar kuni qiz Bolalar ombudsmaniga takroran murojaat qilib, himoya orderi berilgan bo‘lsa-da, O.B (yigit) unga tazyiq va ruhiy bosim qilishda davom etayotganini bayon etgan.  Holat  yuzasidan o‘rganishla

14 Mar 07:22
 
19
0
xs.uz

Toshkentda AQSHga ishga yuborishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

03 Feb 17:20
 
55
0
qalampir.uz

Vazir Hilola Umarovaga ikkita yangi o‘rinbosar tayinlandi

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarovaga ikkita yangi o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda vazirlik xabar berdi.  Bildirilishicha, 2 fevral kuni Rajabov Sardor Baxtiyorovich hamda Boqiyev Farhod Esonovich Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Ma’lumot uchun, Rajabov Sardor Baxtiyorovich tayinlovga qadar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining, Ta’lim sifatini baholash, litsenziyalash va akkreditatsiyalash departamenti direkto