calendar 23 May 17:31
eye 20
comments 0
comments Manba: qalampir

Rossiya Italiyadan Ukrainadagi urushni tugatish rejasini oldi – TIV

image
image

Rossiya hukumati Italiyadan Ukrainadagi vaziyatni tinch yo'l bilan hal qilish rejasini oldi. Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Andrey Rudenko hozir bu reja ko'rib chiqilayotganini maʻlum qildi.

Vazir o'rinbosarining taʻkidlashicha, Rossiya rejani o'rganishni tugatgandan so'ng unga munosabat bildiradi. 

"Biz buni yaqinda oldik, ko'rib chiqyapmiz", degan diplomat rejaning tafsilotlariga to'xtalmay.

Italiya rasmiylari tomonidan ishlab chiqilgan strategiya o'tgan hafta maʻlum bo'ldi. "La Repubblica" gazetasining yozishicha, rejada o't ochishni to'xtatish va rus qo'shinlarini Ukrainadan to'liq olib chiqib ketish, Rossiyaga qarshi sanktsiyalarni bosqichma-bosqich olib tashlash, Ukrainaning Evropa Ittifoqiga tez kirishi va NATO bilan aʻzo bo'lishdan bosh tortish, Rossiya va Ukraina o'rtasida Donbass va Qrim yarim orolining "bahsli hududlari"ga egalik qilish to'g'risida kelishuvga erishish, shuningdek, Evropada yangi xavfsizlik shartnomasini imzolash ko'zda tutilgan.

Ushbu strategiya BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishga ham topshirilgan. 

Rossiya-Ukraina urushi

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o'zini mustaqil deb eʻlon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to'g'risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegarasida tan olganini taʻkidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSh, EI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanktsiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini eʻlon qildi va rus qo'shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so'rov yuborgani bilan oqladi.

Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga "na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas"ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko'p o'tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat eʻlon qildi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik eʻlon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.

Rus qo'shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og'ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aktsiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o'tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo'qotishlarga uchradi.

Hujum boshlangach, Evropa davlatlari va AQSh Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanktsiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, "Rossiya" banki, "Otkritiya", "Novikombank", "Promsvyazbank", "Sovkombank" va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSh va Evropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.

Evropa davlatlari, AQSh, Kanada Rossiya uchun o'z havo hududini yopdi. Bu sanktsiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveytsariya ham qo'shildi. Urush fonida Ukrainani Evropa Ittifoqi aʻzoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Apr 20:33
 
51
0
qalampir.uz

Roza Otunboyeva “Tolibon” bilan muzokara o‘tkazish uchun Qobulga boradi

BMT Bosh kotibining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili, BMTning Afg‘onistonga yordam ko‘rsatish missiyasi rahbari Roza Otunboyeva Afg‘onistonda “Tolibon” harakati tomonidan tuzilgan muvaqqat hukumatni xalqaro miqyosda tan olish ehtimoli bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish uchun Qobulga boradi. Bu haqda manbalariga tayanib “The Express Tribune” xabar berdi.  Qayd etilishicha, Otunbayevaning safari fevral oyida Dohada bo‘lib o‘tgan BMT homiyligidagi kon

11 Apr 20:33
 
48
0
qalampir.uz

Orenburgda Ural daryosining yana ko‘tarilishi kutilmoqda

Rossiyaning halokatli toshqindan jabr ko‘rgan Orenburg viloyatida Ural daryosidagi suv sathi ko‘tarilishda davom etmoqda, yaqin 24 soat ichida mintaqadagi yana 3,5 mingga yaqin turar-joy binolari suv ostida qolishi mumkin. Bu haqda bugun, 11 aprel kuni viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. “Yaqin 24 soat ichida Ural daryosida suv sathining yanada oshishi va 7 ta munitsipalitetning 25 ta aholi punktida 3580 ta turar-joy binolari, 3950 ta tomorqa yerlarini suv bosishi progn

11 Apr 20:33
 
46
0
qalampir.uz

Rossiya Ukrainaning to‘rt viloyatidagi energetika ob’ektlariga zarba berdi

Bugun, 11 aprelga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning Xarkov, Zaporoje, Lvov va Kiyev viloyatlaridagi energetika infratuzilmasiga hujum qildi. Bu haqda Ukraina Energetika vaziri German Galushenko o‘zining Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi. Kiyev viloyati harbiy boshqarmasi boshlig‘i Ruslan Kravchenkoning aytishicha, Rossiyaning 40 dan ortiq raketa va 40 ta droni uchirilishi oqibatida Kiyev viloyatidagi muhim infratuzilma ob’ektida yong‘in sodir bo‘lgan. Ene

11 Apr 20:33
 
47
0
qalampir.uz

Ukraina Amerika dronlarini Xitoyniki bilan almashtirdi – WSJ

Amerikada ishlab chiqarilgan dronlar Rossiyaga qarshi urushda samarasizligini isbotladi. Bu Ukrainani Xitoydan dronlar va ular uchun ehtiyot qismlar sotib olishni boshlashga majbur qildi. Bu haqda “The Wall Street Journal” xabar berdi. Nashr keltirgan PitchBook ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi ikki yil ichida AQSHning 300 ga yaqin dron kompaniyalari jami 2,5 milliard dollarga yaqin venchur kapital to‘plagan. Biroq ular ishlab chiqargan dronlarning aksariyati Rossiya armiyasig