calendar 23 May 16:31
eye 12
comments 0
comments Manba: qalampir

To'rt davlat EIdan Rossiya aktivlarini musodara qilishni talab qilmoqda

image
image

Litva, Slovakiya, Latviya va Estoniya Evropa Ittifoqidan (EI) Rossiyaga qarshi yangi sanktsiyalar tayyorlashni boshlashni so'rayapti. Shuningdek, to'rt davlat Ukrainani qayta tiklashni moliyalashtirish uchun Evropa Ittifoqidan muzlatilgan Rossiya aktivlarini musodara qilishni talab qilmoqda. Mazkur talablar yozilgan maktubni "Reuters" nashri eʻlon qildi.

Ular maktubda Evropa Ittifoqi rossiyalik jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli aktivlarni hamda Rossiya bankining 300 milliard dollarga yaqin zaxiralarini allaqachon muzlatib qo'yganini eslatgan.

"Endi biz Ukrainaning Rossiya tajovuziga qarshi kurashdagi saʻy-harakatlarini davom ettirish va mamlakatni urushdan keyingi qayta qurish xarajatlarini qoplash uchun moliyaviy manba sifatida maksimal darajada foydalanishning qonuniy yo'llarini aniqlashimiz kerak", deyiladi hujjatda.

Bu to'rt davlatga ko'ra, agar aktivlarni musodara qilishning qonuniy yo'llari topilmasa, ulardan vosita sifatida foydalanish kerak. Rossiya mulklaridan Ukrainaga yetkazilgan barcha zararni qoplangandan keyingina foydalanishi lozim.

Shuningdek, maktubda Rossiyaga qarshi Evropa Ittifoqining yangi sanktsiyalarini joriy etish zarurligi haqida bayonot berilgan. 

"Bizning moliyaviy resurslarimiz, mahsulotimiz yoki xizmatlarimiz Rossiya urush mashinasiga hissa qo'shmasligini taʻminlash uchun Evropa Ittifoqi va Rossiya o'rtasida umuman iqtisodiy aloqalar qolmasligi kerak", deyiladi hujjatda.

Eslatib o'tamiz, Evropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel 9 may kuni muzlatilgan Rossiya oltin-valyuta zaxiralarini Ukrainani tiklash uchun ishlatishni taklif qilgan edi. 18 may kuni Evrokomissiya vitse-prezidenti Valdis Dombrovskis rossiyaliklarning Evropa Ittifoqidagi muzlatilgan aktivlari taqdiri, jumladan, musodara qilinishi ushbu aktivlar joylashgan mamlakatlar qonunchiligi asosida hal qilinishini maʻlum qildi.

Rossiya-Ukraina urushi

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o'zini mustaqil deb eʻlon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to'g'risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegarasida tan olganini taʻkidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSh, EI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanktsiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini eʻlon qildi va rus qo'shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so'rov yuborgani bilan oqladi.

Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga "na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas"ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko'p o'tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat eʻlon qildi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik eʻlon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.

Rus qo'shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og'ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aktsiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o'tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo'qotishlarga uchradi.

Hujum boshlangach, Evropa davlatlari va AQSh Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanktsiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, "Rossiya" banki, "Otkritiya", "Novikombank", "Promsvyazbank", "Sovkombank" va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSh va Evropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.

Evropa davlatlari, AQSh, Kanada Rossiya uchun o'z havo hududini yopdi. Bu sanktsiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveytsariya ham qo'shildi. Urush fonida Ukrainani Evropa Ittifoqi aʻzoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 Jan 17:27
 
46
0
qalampir.uz

Imron Xon va uning rafiqasi 14 yilga qamaldi 

north_east Imron Xon yana saylovda ishtirok etadi Pokiston sudi sobiq bosh vazir va “Adolat harakati” partiyasi asoschisi Imron Xon va uning rafiqasi Bushra Bibini korrupsiya ishi bo‘yicha 14 yillik qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda mahalliy “Dawn” gazetasi xabar berdi.   Sobiq bosh vazirga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi Toshaxona davlat g‘aznasida saqlanayotgan qimmatbaho buyumlarni sotish bi

07 Feb 12:22
 
70
0
qalampir.uz

To‘qayev Charlz III ning xastaligidan xavotirda

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Buyuk Britaniya Qiroliga Charlz III ning saratonga chalinganidang xabar tochgach, unga maktub yozib, Qirolga tezroq sog‘ayib ketishini tiladi. Bu haqda Prezident Administratsiyasi xabar berdi.   “Qosim-Jomart To‘qayev Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qiroli Charlz III ga tez va xavfsiz sog‘ayib ketishini tilagan telegramma yo‘lladi”, deyiladi xabarda. Eslatib o‘tamiz, kecha, 6 fevral kuni Qirol Charlz III

07 Feb 05:01
 
80
0
xs.uz

NATOning Polshada oʻtkaziladigan harbiy mashgʻulotlarida 20 ming nafarga yaqin askar qatnashadi

Polshada oʻtkaziladigan NATOning 'Dragon-2024' oʻquv mashgʻulotlarida 20 mingga yaqin askar va 3,5 ming dona texnika ishtirok etadi. Bu haqda Polsha Qurolli kuchlari Bosh shtabi maʼlum qildi.'Dragon-24' mashgʻulotlari 25-fevralda boshlanadi. Unda Polsha va ittifoqdosh davlatlardan 20 ming nafarga yaqin askar, 3,5 ming birlik texnika ishtirok etadi', ' deyiladi xabarda. Harbiylarning taʼkidlashicha, 'Dragon-2024'da Polsha Qurolli kuchlarining potensial koʻp qirrali qurolli inqirozga javob

30 Jan 16:03
 
74
0
qalampir.uz

Sadir Japarov yana prezidentlikka nomzodini qo‘yadi 

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov navbatdagi saylovlarda ikkinchi muddatga o‘z nomzodini qo‘yish niyatida. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Askat Alagozov ma’lum qildi.  “Mamlakatimiz uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan uzoq muddatli xalqaro loyihalar yo‘lga qo‘yilayotgani va rejalashtirilayotganini inobatga olsak, Sadir Japarovning ikkinchi muddatga saylovda ishtirok etishi siyosatdagi izchil qadam bo‘ladi”, deydi u. Shuningdek, Qirg‘iziston