calendar 23 May 15:31
eye 19
comments 0
comments Manba: qalampir

O'zbekistonda "blekaut" sabab isteʻmolchilarga qancha "tovon" to'langani aytildi

image
image

Joriy yilning 25-27 yanvar kunlari Markaziy Osiyoda sodir bo'lgan "Blekaut" jarayonidagi yagona elektr tarmog'ida yuz bergan avariya natijasida kuzatilgan uzilishlar sabab isteʻmolchilarga 4,5 mlrd so'm qayta hisob-kitob qilindi. Bu haqda bugun, 23 may kuni Isteʻmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi Matbuot xizmati rahbari Mohruxsor Tog'ayeva maʻlum qildi.

"Xabaringiz bor, joriy yilning 25-27 yanvar kunlari Markaziy Osiyo yagona elektr tarmog'ida avariya sodir bo'lishi natijasida Respublikaning barcha hududlaridagi elektr-energiya taʻminotida uzilishlar sodir bo'lgan. Uning oqibatida tabiiy gaz taʻminotida vujudga kelgan uzilishlar sababli "Toshissiqsuvquvvati" davlat unitar korxonasi tomonidan isteʻmolchilarga tartibga muvofiq belgilangan issiqlik taʻminoti yetkazib berilmaganlik holati aniqlangan. Natijada, agentlik tomonidan "Toshissiqsuvquvvati" davlat unitar korxonasiga belgilangan topshiriqlar asosan abonentlarga 4 mlrd 500 million so'm miqdordagi belgilangan tartibda qayta hisob-kitob qilishga erishilgan", deydi agentlik axborot xizmati rahbari.

Maʻlumotga ko'ra, xuddi shu kabi o'rganishlar Respublikaning 9 ta hududida ham amalga oshirilib, uning natijasida 1 mlrd 222 mln so'm miqdorda ortiqcha olingan mablag'lar aniqlanib, bugungi kunda ushbu mablag'larni isteʻmolchilarga qayta hisob-kitob qilishga erishilgan.

Qolaversa, karantin choralari joriy etilgani  munosabati bilan gaz hisoblagichlarni davriy qiyoslovdan o'tkazish kechiktirilishi va keyinchalik davlat dasturi doirasida ularning o'rniga yangi aqlli hisoblagichlar o'rnatilishi sababli, davriy qiyoslashdan o'tkazish bo'yicha to'langan 634 mln 700 ming so'm yig'imlarni 14 mingdan ortiq nafar isteʻmolchiga qaytarilishi bo'yicha choralar ko'rilmoqda.

Eslatib o'tamiz, joriy yilning 25 yanvar kuni soat 11:00 larda O'zbekistonning qator viloyatlarida elektr energiyasi taʻminoti uzilgan edi. Buning ortidan suv taʻminoti ham to'xtab qolgandi.

Keyinroq, qo'shni mamlakatlar — Qozog'iston va Qirg'izistonning qator hududlarida ham elektr energiyasi uzilgani malum bo'ldi. O'zbekistonda esa barcha aeroportlar faoliyati cheklandi.

O'zbekiston Energetika vazirligining maʻlum qilishicha, Qozog'iston Elektr tarmog'ida katta avariya bo'lishi oqibatida Olma-ota, Chimkent, Taras, Turkiston (viloyatlarida) va atrof hududlarida Elektr energiya taʻminotida o'chishlar yuzaga kelgan.

Keyinroq, "Energia" muvofiqlashtiruvchi dispetcherlik markazining uch davlat energiya tizimlari operatorlari vakillari ham kirgan maxsus komissiyasi tekshiruvi natijasida O'zbekiston, Qozog'iston va Qirg'iziston energotizimida yuz bergan avariyaga O'zbekiston energetika tizimidagi uzilish sabab bo'lgani maʻlum bo'ldi.

 


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Feb 05:01
 
33
0
xs.uz

Oʻzbekistonning ayrim hududlarida 8-fevral kuni vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik kuzatiladi

Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, kechasi va ertalab yomgʻir yogʻadi, tuman tushishi mumkin. Kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-5html5-dom-document-internal-entity1-deg-end iliq, kunduzi 12-14html5-dom-document-internal-entity1-deg-end iliq boʻladi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushi

08 Feb 21:40
 
32
0
qalampir.uz

“Baxti Tashkentskiy”ga yana bir ayblov qo‘yildi

Jinoyat olamida “Baxti Tashkentskiy” laqabi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayevga yangi ayblov qo‘yildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ’ga huquq-tartibot organlaridagi manbasi xabar berdi. Qayd etilishicha, O‘zbekistonda o‘tgan yil oxirida kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida o‘tkazilgan  “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari davomida qo‘lga olingan Baxtiyor Qudratullayevga  yana bir ayblov qo‘yilgan.  Manbaga

02 Feb 18:42
 
42
0
xs.uz

Bugun har bir deputat bilimini, vakillik organlaridagi ish tajribasini oshirishini zamonning oʻzi taqozo etmoqda — Sharapat Otemisov

Deputatlar dastlab Oliy Majlis Senati aʼzosi, Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov hamda xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi deputatlari ishtirokidagi amaliy uchrashuvda qatnashib, hududdagi mahalliy Kengashlar faoliyati boʻyicha Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi kotibiyatining taqdimoti bilan tanishdilar.Unda 2023-yil davomida xalq deputatlari Navoiy viloyati mahalliy Kengashlari deputatlari faoliyatida erishilgan yutuqlar, ochiqlik va shaffoflik yoʻlidagi amaliy ishlar, amal

12 Feb 17:12
 
33
0
xs.uz

Bog‘cha va maktablar qurish bo‘yicha buyurtmachi kompaniya tashkil etiladi

Qarorga ko'ra, Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi huzurida davlat muassasasi shaklida Infratuzilmani rivojlantirish injiniring kompaniyasi tashkil etiladi (Kompaniya).2024'2026-yillarda O'zbekistonning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida Kompaniya maktabgacha ta'lim tashkilotlari, umumta'lim va ixtisoslashtirilgan maktablarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta'mirlash bo'yicha buyurtmachi vazifasini bajaradi.Unga obyektlar uchun ma