calendar 23 May 13:51
eye 13
comments 0
comments Manba: zarnews

"Birorta viloyat, tuman yoki shahar hokimi sportning barcha turlari bo'yicha tizimli ishlashni yo'lga qo'ya olgani yo'q" — Prezident

image

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida sport taʻlimini yaxshilash, iqtidorli sportchilarni saralash va ularning zaxirasini yaratish hamda murabbiylarni tayyorlash bo'yicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig'ilishi bo'lib o'tmoqda.

Unda sport maktablari bilan olimpiya zaxiralari kollejlari va oliy sport mahorati maktablari o'rtasida selektsiya borasida uzviy "zanjir" yo'lga qo'yilmagani qayd etildi.

Misol uchun, respublikadagi 279 ta bolalar va o'smirlar sport maktabining 190 tasida 36 ta olimpiya sport turidan bor-yo'g'i 10 tasi o'rgatiladi.

Oqibatda, xalqaro musobaqalarda qatnashish uchun davlat barcha tashkiliy va moliyaviy sharoitlarni yaratib berayotganiga qaramasdan, Osiyo va jahon olimpiya sporti bo'yicha chempionatlarida 5-6 nafardan sovrindor chiqmoqda, xolos.

6 ta oliy sport mahorati maktabi, 32 ta olimpiya sport federatsiyasi olimpiya zaxiralari kollejlari bilan ishlashni o'z holiga tashlab qo'ygan.

Kollejlardagi 9 mingga yaqin sportchilarning 21 foizi milliy terma jamoaga kira olgan, xolos.

"Vaholanki, milliy terma jamoa tarkibini aynan shu kollejlardan chiqqan sportchilar tashkil etishi kerak emasmi? Bu masala qaysi viloyat hokimini qiynayapti?

Birorta viloyat, tuman yoki shahar hokimi sportning barcha turlari bo'yicha tizimli ishlashni yo'lga qo'ya olgani yo'q", deya davlat rahbari nutqidan iqtibos keltirmoqda (https://t.me/Press_Secretary_Uz/1776) Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov .


Doʻstlaringiz bilan ulashing

07 Mar 20:07
 
39
0
postda.uz

ORZULAR RO‘YOBI

Istiqlol tengdoshi bo‘lgan Madina Qarshi shahrida tug‘ilgan. U maktabni tamomlab, Shayxali maishiy xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejida elektron hisoblash markazi operatori yo‘nalishida o‘qidi. Madinaning onasi iste’fodagi katta serjant Luiza Husanova IIV jazoni ijro etish tizimida ishlagan. Otasi, iste’fodagi katta serjant Mahmud Turdiyev esa IIV Qorovul qo‘shinlari tarkibida 20 yildan ortiq xizmat qilib pensiyaga chiqqan. Turmush o‘rtog‘i Bekzod Abdusalomov ham 2016-

07 Mar 20:13
 
38
0
xs.uz

Beshariqlik gulchi gul koʻchatlari yetishtirib yiliga oʻrtacha 300 million soʻm sof daromad olmoqda

Botir Madiyorov/ 'Xalq soʻzi'. Beshariq tumanining 'Doʻstlik' MFY hududida istiqomat qiluvchi Shuhratjon Xoʻjaqulov xonadonidagi 10 sotixli issiqxonada bir va koʻp yillik gul koʻchatlari yetishtirish bilan shugʻullanadi.Ayni paytda issiqxonada 100 xildan ortiq gul koʻchatlari parvarish qilinadi. Shu tariqa oila aʼzolaridan tashqari, 20 nafar mahalladoshlari doimiy va mavsumiy ish oʻrni bilan taʼminlangan.2023-yili issiqxonada yetishtirilgan gul koʻchatlaridan 300 million soʻmdan ziyo

14 Mar 07:23
 
35
0
xs.uz

FAO Oʻzbekistonda RECSOIL tashabbusini ilgari suradi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) va Global tuproq hamkorligi (GSP) Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va bir qator hamkorlar bilan birgalikda Toshkentda 'Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligi yerlarini qayta karbonlashtirish (RECSOIL)' tashabbusining boshlanishiga bagʻishlangan kirish seminarini oʻtkazdi.Tashabbus Global Ekologik Jamgʻarmasi (GEF) tomonidan moliyalashtirilayotgan Oʻzbekistondagi FAOning ikkita loyihasi bila

14 Mar 07:23
 
39
0
xs.uz

Toshkentda ijara narxlarining pasayishi sekinlashdi

Fevral oyida Oʻzbekiston koʻchmas mulk bozori faollikning oʻsishi bilan ajralib turdi, uning asosiy omili iqtisodiy faoliyatning kengayishi boʻldi.Koʻrib chiqilayotgan davrda koʻchmas mulkni sotib olish va sotish boʻyicha 22,2 mingta shartnoma tuzilgan. Oʻtgan oyga nisbatan bu koʻrsatkich 2%ga oshgan.Hududiy reyting yetakchilariYil boshida bir qator hududlarda qayd etilgan faollikning pasayishi fevral oyida toʻliq tiklandi. Yuqori oʻsish surʼatlari Toshkent ' 14%, Andijon ' 16% va Fa