calendar 23 May 10:51
eye 23
comments 0
comments Manba: zarnews

Soliqchi tadbirkorga kredit olib beroladimi?

image

Keyingi vaqtlarda "Soliqchi — tadbirkorga ko'makchi" tamoyili asosida ishbilarmonga kredit olishda ko'mak berildi, degan xabarlarni ko'p o'qiyapmiz.

Ammo tadbirkorning tijorat bankidan kredit olishini soliqchining xizmati, deyish to'g'rimi? Umuman, soliq idorasi tadbirkorga kredit ajratilishida qanday ko'mak berishi mumkin?

Savolga Samarqand shahar DSI "Tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash"
sho'basi boshlig'i B.Ahmedov quyidagicha javob beradi:

- O'zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2020 yil 8 iyul kuni kengaytirilgan tarzda o'tkazilgan videoselektor yig'ilishi bayoniga asosan soliq idoralarida "Soliqchi — tadbirkorga ko'makchi" tizimi joriy qilingan.

U asosida mutaxassislarimiz, eng avvalo, yangi ish boshlagan tadbirkorning faoliyat yo'nalishiga qarab, qulay soliq rejimini tanlab beradi.

Shundan keyin, biznes subʻyektining "yashab ketishi", faoliyat ko'rsatmayotganlarining faoliyatini tiklash, buxgalteriyasini yuritish, hisobotlarni to'ldirish va topshirish, xullas, muammolarini hal etishda ko'mak beriladi.

Shuni taʻkidlash lozimki, endilikda soliq idoralarining faoliyati qancha qonun buzilishi holati aniqlangani yoki qo'shimcha soliq hisoblangani bilan emas, balki soliq qonunchiligini buzish holati qanchaga kamaygani, tadbirkorlarni ortiqcha xarajatlardan saqlab qolishga qancha hissa qo'shilgani bilan baholanadi.

Jumladan, xo'jalik yurituvchi subʻyektlar tijorat bankidan kredit olishda muammoga duch kelsa, soliq idorasi tomonidan tegishli bank rahbariyatiga tadbirkorga faoliyatini kengaytirish uchun zarur bo'lgan kredit mablag'ini ajratish yuzasidan amaliy yordam so'rab murojaat qilinadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

14 Mar 07:23
 
44
0
xs.uz

AQSHning Tayvanga qurol sotishi orolni “porox bochkasi”ga aylantirmoqda — Xitoy

AQSHning Tayvanga qurol sotishi orolni 'porox bochkasi'ga aylantirib, uning aholisini jiddiy xavf ostiga qoʻymoqda. Bu fikrlarni Xitoyning Vashingtondagi elchixonasi matbuot kotibi Lyu Penyuy aytib oʻtdi.'AQSHning Tayvanga qurol sotishi 'yagona Xitoy' tamoyili va Xitoy va AQSH oʻrtasidagi uchta qoʻshma kommyunikening jiddiy buzilishidir', dedi u.Uning qoʻshimcha qilishicha, Amerika Qoʻshma Shtatlarining bunday harakatlari 'Tayvan mustaqilligi' tarafdori boʻlgan kuchlarga notoʻgʻri signa

08 Mar 15:09
 
38
0
qalampir.uz

Ukraina va Xitoy vakillari Zelenskiyning “tinchlik formulasi”ni muhokama qildi

Kiyevda Xitoy hukumatining Yevroosiyo masalalari bo‘yicha maxsus vakili Li Xuy boshchiligidagi delegatsiya bilan Ukraina Prezidenti va hukumati devonidagi rasmiylarning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda kecha, 7 mart kuni Prezident idorasi saytida xabar berildi. Tomonlar Ukrainadagi xavfsizlik holati, jang maydonidagi vaziyat, Ukraina “tinchlik formulasi” va unga erishishda Xitoyning ishtirokini muhokama qilgan. “Biz Xitoy bilan hamkorlikni qadrlaymiz va bugun

11 Apr 13:56
 
44
0
qalampir.uz

Moskvadagi reyddan keyin 800 dan ortiq migrant deportatsiya qilindi

Moskvada noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash bo‘yicha o‘tkazilgan reyd davomida politsiya 6 mingdan ortiq qoidabuzarliklarni aniqlab, 800 dan ortiq noqonuniy migrantni Rossiyadan chiqarib yuborishga qaror qildi. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligi ma’lum qildi. Politsiyaning aniqlik kiritishicha, reyd davomida xavfsizlik kuchlari tomonidan uy-joy sektori, ulgurji va chakana savdo, umumiy ovqatlanish shoxobchalari, qurilish va boshqa ob’ektlardagi 10 mingdan ortiq ob’ekt ko‘zd

08 Mar 11:52
 
31
0
qalampir.uz

Buyuk Britaniya Ukrainaga 10 ming dron yetkazib beradi

Buyuk Britaniya Ukraina Qurolli kuchlariga 10 mingdan ortiq dron yetkazib beradi. Bu haqda kecha, 7 mart kuni mamlakat Mudofaa vaziri Grant Shapps Kiyevga tashrifi chog‘ida ma’lum qildi. “Dronlarning aksariyati razvedka uchun ishlatiladi, biroq yetkazib berish dengiz va hujumchi uchuvchisiz transport vositalarini ham o‘z ichiga oladi”, deydi u. Vazirga ko‘ra, Birlashgan Qirollik Ukrainaga 325 million funt sterling miqdoridagi harbiy yordam paketi doirasida dronl